Teri tuzilishi, xossalari Pat. Tuzilishi va rivojlanishi, rangi
Download 36.05 Kb.
|
QUSHLAR SINFINI O\'RGANISHNI ZAMONAVIY USULLARI
Qushlarning sistеmatikasi.
Qushlar - biozararlanish manbai. Yuqori umurtqali hayvonlarni biozararlanishdagi ishtirok faoliyati nuqtai nazaridan xarakterlaganda, biz bir tomondan ularni evolyusion taraqqiyotidagi yuqori holatini, biotsenotik jarayonlardagi katta ahamiyatini, boshqa tomondan biosferadagi alohida о‘rnini inobatga olishimiz zarur. Shu bilan bir vaqtda ta’kidlash zarurki, biozararlanishlar manbai sifatida asosiy rolni qushlar sinfining shunday vakillari bajarayaptiki, ular ichida alohida turkum, oila va avlod vakillari mavjuddir. Asosiy biozararlantiruvchi turlar amaliy jihatdan doimo ommaviy, sinantrop, kosmopolit tarqalgan, о‘zining miqdoriy jihatidan esa kо‘p sonli, progressiv xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning bilan bir qatorda ularni birlashtirib turuvchi xarakterli xususiyatlari yana shundan iboratki, qushlar odatda zararlantiradigan obyektlarni biologik maqsadlar uchun foydalanmaydilar, shuning uchun ham ularning bu zararidan obyektlarni himoyalashda qushlarning fe’l-atvoriga ta’sir etuvchi etologik vositalardan foydalanish lozim. Yer qurrasida uchraydigan qushlarning 8800 turidan taxminan 1%, ya’ni 100 yaqin turi biozararlantiruvchilar hisoblanadi. Ular xom ashyoga, materiallarga, texnika va inshootlarga zarar yetkazadi. Bir xil turlar muntazam sur’atda samolyotlar bilan tо‘qnashadi, boshqalari elektr uzatish liniyalari ustunlaridan uya qurish va kо‘payish davrining keyingi pallalarida, hamda dam olish uchun foydalanish davomida energotarmoqlarda avariyalar keltirib chiqaradi, uchinchilari axlatlari bilan xiyobonlar, kо‘chalar, yodgorliklar, binolar, ishlab chiqarish korxonalarini ifloslantiradi, metallar korroziyasini kuchayishini tezlashtiradi. Respublikamiz hududlarida biozararlantiruvchi turlarga qoravoylar, qarqaralar, laylaklar, kо‘l baliqchisi, kulrang baliqchi qush, kumushsimon baliqchilar, kо‘k kaptarlar, qumrilar, g‘urraklar, kurkunaklar, qaldirg‘ochlar, chug‘urchiqlar, qarg‘alar, chumchuqlar kiradilar. Ular kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, rjankasimonlar, kaptarsimonlar, uzunqanotlar, kо‘kqarg‘asimonlar, chumchuqsimonlar turkumlarining vakillaridir. Qushlar zararlantiradigan o’bektlar.Materiallar, texnik qurilmalar, me’morchilik va sanoat inshootlari, yodgorliklar, obidalar, va nihoyat xom ashyo resurslari yetishtirish, saqlash, ularni transportirovka qilish, qayta ishlov berish bosqichlarida qushlar tomonidan zararlantirish kabi qator amaliy jahatdan salbiy muammolarni qamrab olgan. Quyida shularning eng muhimlariga tо‘xtalib о‘tamiz. 1. Qushlar teri - mо‘yna buyumlarini bilvosita zararlantirishda ishtirok etib, ularni sifatini pasaytiradi. Chorva fermalarida hayvonlarga tegishli oziqaning bir qismini yeb, jiddiy zarar keltirishini ham aytib о‘tish о‘rinlidir. Bu zarar asosan ola qarg‘alar, maynalar, chumchuqlar tomonidan yetkaziladi. Negaki, mо‘yna fermalarida ayniqsa qish faslida oziqa miqdorining mо‘l-kо‘l bо‘lishligi qishlovchi qushlar populyatsiyasini bunday obyektlar о‘ziga kо‘proq jalb etadi. Chorva fermalari sharoitida ularni chо‘chitib haydash juda qiyin, butunlay yо‘qotish esa undan ham qiyinroq kechadi. Qanchalik darajada samarali chо‘chitib haydash usullari qо‘llanilmasin qushlar bunday joylarga tez-tez galalashib turadi va mо‘ynali hayvonlar uchun beriladigan oziqaga sherik bо‘ladi. Lekin, qushlarning (qarg‘alar) bir qismini tutish va otish yо‘li bilan sonini qisqartirish katta samara bermaydi, chunki qushlar soni atrofda yashayotgan populyatsiya hisobidan tezda tiklanadi. Garchand bu yetkazilayotgan zararlarni miqdoriy kо‘rsatkichlarini hozircha baholash qiyin bо‘lsa ham, uning ancha yuqori ekanligiga shubha yо‘q. Chorva fermalari sharoitida hozirgacha qushlar zararini kamaytirishning samarali chora tadbirlari mavjud emas. Bu borada birdan bir eng istiqbolli usullardan biri о‘rgatilgan yirtqich qushlardan foydalanish mumkin. 2. Qushlarning energetik qurilmalardagi ziyoni. О‘zbekiston sharoitida oq laylaklarning yuqori kuchlanishli elektr ustunlariga uya qо‘yishlari Farg‘ona vodiysi elektr tarmoqlari ishiga juda katta zarar yetkazmoqda. Masalan, faqatgina Namangan elektr tarmoqlari korxonasida 1994 yilda oq laylaklarning uya qо‘yishlari tufayli 92 marotaba qisqa tutashuvlar sodir etilgan. Shundan 40 tasi oq laylaklarning suyuq axlatlari orqali, 52 tasi esa bevosita oq laylaklarning о‘zlari orqali yuzaga kelgan. 1995 yilning yanvar, fevral, mart va aprel oylari ichida 4 marotaba ana shunday qisqa tutashuvlar qayd etilgan. 1995 yil 25 mayda Namangan viloyatining Pop tumani hududigagi “Obi hayot” stansiyasidagi oq laylaklar tomonidan yetkazilgan moddiy zarar bir necha о‘n ming sо‘mni tashkil etdi (Jabborov, Mamashukurov, 1997). Download 36.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling