Teri va uning hosilalari Gipoderma bu ?


To'g'ri ichakning pastki qismida joylashgan ustunli zonaning shilliq qavati qanday relyefga ega?


Download 88.77 Kb.
bet14/62
Sana16.06.2023
Hajmi88.77 Kb.
#1503517
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
Bog'liq
Gista 2-umumiy

9. To'g'ri ichakning pastki qismida joylashgan ustunli zonaning shilliq qavati qanday relyefga ega?
A. Kriptalar mavjud.
B. Rektal sinuslar.
C. Mikrovorsinkalar.
D. Dumaloq burmalar.
E. Uzunasiga joylashgan burmalar va ular orasida chuqurchalar. *
10. To'g'ri ichakning qaysi zonasida lakunalar joylashgan?
A. Ustunsimon va oraliq zonalarida.
B. Ustunsimon zonasida. *
C. Oraliq zonasida.
D. Ustunsimon, oraliq va teri zonalarida.
E. Teri zonasida.
11. O'n ikki barmoqli ichak mikrovorsinkasi nima?
A. Shilliq pardaninig barmoqsimon bo'rtmasi. *
B. SHilliq qavat va submukozadan hosil bo'lgan o'simta.
C. Epiteliyning xususiy plastinkaga botib kirishidan hosil bo'ladi.
D. Qon tomirlari va biriktiruvchi to'qima qatlamlari bilan chegaralangan shilliq qavat.
E. Mushak qavatdan hosil bo'lgan bo'rtma.
12. O'n ikki barmoqli ichak devorida quyidagi bezlar mavjud:
A. Pilorik bezlar.
B. Duodenal. *
C. Seroz.
D. Aralash.
E. Shilliq bezlar.
13. Chuvalchangsimon o'simta shilliq pardasi qanday epiteliydan tuzilgan?
A. Ko'p qatorli kiprikli prizmatik.
B. Ko'p qavatli yassi muguzlanmaydigan.
C. Ko'p qavatli yassi muguzlanadigan.
D. Bir qavatli prizmatik. *
E. Kubsimon epiteliy.
14. Ingichka ichakning kriptlari nima?
A. Epiteliyning xususiy plastinkaga botib kirishidan hosil bo'ladi. *
B. Shilliq qavatning burmalar hosil qilishi.
C. Xususiy plastinkasining epiteliyga barmoq shaklida o'sishi.
D. Shilliq qavat va submukozadan hosil bo'lgan o"simta.
E. Mushak platinkadan hosil bo'ladi.


15. Yo'g'on ichak shilliq pardasining mushak plastinkasi qanday tuzilgan?
A. Ichki-sirkulyar, tashqi-bo'ylama ko'ndalang-targ'il mushak tutamlaridan.
B. Ichki-uzunasiga va qiyshiq, tashqi- aylana yo'nalgan silliq mushak tutamlaridan.
C. Bo'ylama yo'nalgan ko'ndalang-targ'il mushak tutamlaridan.
D. Ichki-sirkulyar, o'rta-qiyshiq, tashqi-bo'ylama silliq mushak tutamlaridan.
E. Ichki-aylana, tashqi-uzunasiga va qiyshiq yo'nalgan silliq mushak tutamlaridan.*

Download 88.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling