Teri va uning hosilalarning tuzilishi hamda topografiyasi


Download 33.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi33.72 Kb.
#1797139
1   2   3
Teri qoplami 
A-tuzulish sxemasi,1- sonderimis, II-terining asos, III-teri osti qavati,
IV-sezuvchi jun, V-qoplovchi jun uning folikulasi, 1-jun poyachasi, 2- jun ildizi, 3-
jun ildizi, 4-jun so’rg’ichi, 5-jun g’ilofchasi, 6-ildiz xaltachasi, 7-yog’ bezi, 8-ter 
bezi, 9-junni ko’taruvchi muskul, 10-jun xaltachasi bo’shligi, 11- yangi
jun, 12-almashuvchi jun, 13- nerv, 14- terining sezuvchi nervi, 15-
arteriya, 16-vena, 17-kapilyarlar, 18-limfa tomirlari, 19-teri usti yog’i;
B-boshdagi sezuvchi jun I,-cho’chqa, II-qo’y, III-sigir, IV-otlardagi sezuvchi 
jun.  
Teri tananing tashqi yuzasini qoplab, tashqi muhit ta’sirlaridan to’liq 
himoyalaydi. 
Terining funksiyalari: 
1. Himoyalovchi – tananing asosiy strukturalarini himoyalaydi, maxsus 
joylarda (masalan, barmoqning yumshoq tovoni) u qalinlashib, fizik shikastlardan 
qo’shimcha himoyalaydi. Undan tashqari, teri organizmga mikroblar kirib 
borishidan himoyalaydi, uning yog’ bezlari esa antiseptik ta’sir qiladi. Teri suvni 
o’tkazmaydi. 
2. Sensorli – teri yuzasidagi har xil turdagi nerv uchlari harorat, bosimni va 
ogpriqni aniqlaydi hamda taktil sezuvchanlikka egadir. Bu xislatlar tashqi muhitni 
kuzatish uchun xizmat qiladi.
3. Sekretsiyali – terining bezlari yog’ va terni ishlab chiqaradi. It va 
mushuklarda ter bezlari barmoq yumshoqlarida va burun uchida bo’ladi; terining 
maxsus bezlari feromonlarni ajratadi.


4. 
Ishlab 
chiqaradigan 
– ultrabinafsha nurlar teri yog’idagi
7- dihydrocholesterolni D vitaminga aylantiradi. U esa jigar va buyrakda to’planib 
faollashadi, kalsiy organizmga singishini va metabolizmini kuchaytiradi.
5. Zaxiralovchi – yog’ teri ostida yog’ to’qimasi shaklida yotadi. U energiya 
zaxirasi va issiq o’tkazmaydigan qavat funksiyalarini bajaradi. 
6. Termoregulyatsiya – issiq ajralishini kamaytirish uchun teri 
vazokonstriksiya hisobidan qonni tashqi yuzaga qo’ymaydi, xurpaygan junlar esa 
havo almashinishini sekinlashtiradi, bunga yog’ qatlami ham yordam beradi. 
Tanani sovitish uchun ter ajraladi. 
Teri epidermisi doim yangilanadigan ko’p qavatli yassi epiteliydan tuzilgan 
bo’lib, bir nechta qavatlardan iborat.
1. Bazal qavat – bir qavat bo’linadigan hujayralardan tuzilgan. pigmentli 
hujayralarda melanin pigmenti mavjud. 
2. Donador qavat – bu qavatning hujayralari nisbatan yassi bo’lib, keratin 
oqsili bilan infiltratsiya qilingan.
3. Stratum Lucidum qavati – bu qavatning hujayralari yadrolarini yo’qotgan. 
4. Muguzli qavat – epidermisning eng yuza qavati. Uning hujayralari oplgan 
va to’liq keratinlashgan bo’ladi. Epidermisda qon tomirlar bo’lmaydi, uning 
oziqlanishi dermaning qon tomirlari hisobidan amalga oshiriladi.
Derma terining eng chuqur qavati bo’lib, zich, tartibsiz joylashgan kollagen 
va elastik tolalari mavjud biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan.
Dermatit – terining yallig’lanishi. Hamma hayvonlarda, ammo it va mushuklarda 
ayniqsa ko’p uchraydigan kasallik. Kasallikni qator sabablar chaqiradi, ammo 
asosiyini aniqlash qiyin bo’ladi. Allergik (atopik) dermatit ozuqali allergiyada 
rivojlanadi, uni burga, kanalar, xonaning changi va opsimliklar gulchangi
chaqiradi. Kontaktli dermatitni kimyoviy qo’zg’atgich tanaga tekkanda hosil 
bo’ladi. 
Teri hosilalariga quyidagilar kiradi: 
Jun – pilus - qattiq shoxsimon organ bo’lib, epidermisning o’zgarishidan 
kelib chiqqan, cho’ziluvchi va egiluvchan tolalardan tashkil topgan bo’ladi. Jun 
tolalari tananing ko’pchilik qismini qoplaydi. U ba’zi joylarda juda zich, ba’zi 
joylarda esa siyrak bo’ladi. Jun terida joylashishiga qarab bir necha xilga bo’linadi: 
a) qoplovchi jun - mahsulot tayyorlash uchun foydalanilmaydi, faqat hayvonlar 
tanasini qoplab turadi. Otlar, qoramol va cho’chqalar juni ana shunday jundir; b) 
dag’al jun - tuzilishi jihatdan anchagina yo’g’on bo’ladi va tananing ayrim 
joylarida uchraydi. Bularga boshdagi kokil, yol, dum, oyoqdagi uzun junlar kiradi; 
v) mahsulot beruvchi jun - anchagina ingichka bo’ladi, bularga qo’y, echki va 
tuyalar juni kiradi; g) ta’sirni sezuvchi jun - juda siyrak bo’lib, og’iz, burun va ko’z 
atrofida joylashadi. . 
Terida bir qancha bez bo’lib, ularning tuzilishi va fiziologik vazifasi har
xildir. Bularga yog’, ter bezlari hamda sut bezlari kiradi. 
Yog’ bezlari – glandulae sebaccae - alpveolyar (katakcha holida) tuzilgan 
bo’ladi. Bu bezning chiqarish yo’li jun, jun ildizining qiniga ochiladi. Bez ishlab 
chiqargan quyuqlik teri yuzasiga chiqib, uni moylab turadi, surishdan saqlaydi, 
teri doim elastik holda bo’ladi. 


Ter bezlari – glandulae sudoriferae - kalava shaklida bo’lib, jun ildizining 
qiniga yoki to’g’rirogpi epidermisga ochiladi. Ter bezlari yog’ bezlaridan ancha 
chuqur joylashgan. Bu bezlar ter – sudor, u bilan birga, har xil tuzlar, oqsil 
moddalar ajratib chiqaradi. Terda oqsil borligi sababli u ko’piradi. Ter chiqqanda 
organizm har xil keraksiz moddalardan tozalanadi, jun namlanadi, organizm 
soviydi. 
Sut bezlari – glandulae lactiferae - juda muhim organ bo’lib, faqat sut 
emizuvchi hayvonlarda rivojlangan. Sut bezlari har ikkala jinsda ham bo’ladi, 
ammo urg’ochi hayvonlarda yaxshi rivojlanadi, chunki ular tug’ib, bolasini sut 
bilan boqadi. Sut bezlarining har qaysi bo’lagi tana – corpus uberis va so’rg’ich – 

Download 33.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling