Termez davlat universiteti kimyo va texnologiya fakulteti kimyo ta’lim yo’nalishi talabasi 306-guruh talabasi abdurasulova shirinoyning noorganik kimyo fanidan tayyorlagan kurs ishi taqdimoti mavzu: rux oksidining olinishi va xossalari
Download 20.64 Kb.
|
shirinoy slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rux oksid ZnO
- Rux gidroksid Zn(OH)2
- Rux sulfid ZnS
Rux och kul rang geksagonal shaklda kristallanadigan metall, nam havoda oksidlanib, sirti oksid parda bilan qoplanadi, hosil bo’lgan parda ruxni yana oksidlanishdan saqlaydi. Rux kislotalar, kuchli ishqorlar, yuqori haroratda suv bilan reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda galogenlar, oltingugurt, fosfor va boshqa metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Rux suyultirilgan nitrat kislotada erib, HNO3 ni NH3 ga, konsentrlangan kislotada esa azotni oksidlariga qadar qaytaradi: 0 +5 +2 -3 4Zn + 10HNO3(suyul) = 4Zn(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O 0 +5 +2 +2 3Zn + 8HNO3(kons) = 4Zn(NO3)2 + 4H2O + 2NO
Rux oksid ZnO
Rux gidroksid kuchsiz elektrolit, shuning uchun rux tuzlari suvli muhitda gidrolizlanadi. ZnF2, ZnCO3, ZnS, Zn3(PO4)2 kabi tuzlari suvda amalda erimaydi. Temir tunukalarni korroziyadan saqlash uchun sirti rux bilan qoplanadi. Rux turli qotishmalar tarkibiga kiradi, galvanik elementlarda va laboratoriyalarda turli reaksiyalar uchun ishlatiladi. Rux sulfid ZnS – rux tuzlarining neytral eritmalariga vodorod sulfid ta’sir ettirilishidan hosil bo’ladi. Suvda va sirka kilotada erimaydi. Rux sulfid tabiatda uchraydi va rux olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Rux xlorid ZnCl2 – suvsiz holatda olish juda qiyin bo’lgan oq gigroskospik modda. U uch molekula suv bilan birga kristallanadi. Ruxni yoki rux oksidni xlorid kislotada eritib ZnCl2∙3H2O olinadi. Rux xloridning suvdagi eritmasi kislota xossasiga ega, uning konsentrlangan eritmasi tolani eritadi.
Download 20.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling