Termi davlat universiteti tarix fakulteti 3-bosqich 302-guruh talabasi yangiboyev ilhomning o`rta osiyo m`morchiligi fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 1.1 Mb.
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1467314
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ME`MORCHILIK

Otasi Ali ibn Hasan bilimdon muhaddis olim boʻlgan, ilm izlab Bagʻdodga borgan, oʻsha davrning taniqli olimlari bilan xadisning turli masalalari borasida ilmiy munozaralarda faol ishtirok etgan. Volidai muhtara-masi hamda togʻasi ham hadisi nabaviyyaning durust bilimdonlari hisoblanishgan. Binobarin, Hakim at-Termiziy oʻz dunyoqarashiga ulkan taʼsir koʻrsatgan bilimli va ilmiy muhitda voyaga yetgan.Yozma manbalarda Hakim at-Termiziy ustozlari haqida ishonchli maʼlumotlar keltirilgan. Uning dastlabki ustozi otasi Ali ibn al-Hasan at-Termiziy boʻlgan. Al-Xotiyb al-Bagʻdodiyning "Tarixi Bag`dod" asarida bir muncha maʼlumot keltirilgan. Ustozlari orasida Qutayba ibn Saʼid as-Saqafiy al-Balxiy (798 — 888 yillar), Ibn Xib-bonning "Mashxur kishilar to`g`risida kitob" asarida ancha dilbar gaplar aytilgan Solih ibn Abdulloh at-Termiziy, bir qancha vaqt Termiz qozisi boʻlgan Solih ibn Muhammad at-Termiziy, Sufyon ibn Vakiy` (vafoti 860 yil), Hasan ibn Umar ibn Shafiq al-Bahriy (vafoti 840 yil), Ahmad ibn Hadravayh (vafoti 854 yil), Abu Turob al-Naxshabiy, Yahyo ibn Maoz ar-Roziylar (vafoti 875 yil) boʻlishgan.

Hakim at-Termiziy xayoti va faoliyatini tavsiflovchi yozma manbalar maʼlumotiga asoslangan holda uning uzun hayotini quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin.

Hakim at-Termiziy xayoti va faoliyatini tavsiflovchi yozma manbalar maʼlumotiga asoslangan holda uning uzun hayotini quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin.

Birinchi bosqich — sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalik yillari. Taassuflar boʻlsinki, uning hayotining bu davri haqida aniq maʼlumotlarga ega emasmiz. Shunday boʻlsa-da, u oʻz tengdoshlaridan farqli ravishda, shu yoshga xos turli oʻyinlarga koʻngil koʻymagan, balki oʻzini istiqboldagi ilmiy hayotga tayyorlab borgan — ustozlaridan koʻproq dars olgan, turli ilmlarni (ayniqsa kalom ilmini) oʻrgangan, sirli maʼnaviy hayotga oʻzini chogʻlagan, deb aytish mumkin.

Ikkinchi bosqich Hakim at-Termiziyning sakkiz yoshdan yigirma sakkiz yoshgacha boʻlgan hayotini oʻz ichiga oladi. Bu davrda u turli shayxlardan bilim oʻrgangan. Ilm izlab Sharqning boshqa shaharlariga borgan, Makkada boʻlib, Baytullohni ziyorat qilgan. Hayotining shu davrida u hadis oʻrganishga hamda fiqh masalalariga koʻproq eʼtibor bergan.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling