Termi davlat universiteti tarix fakulteti 3-bosqich 302-guruh talabasi yangiboyev ilhomning o`rta osiyo m`morchiligi fanidan tayyorlagan taqdimoti

Download 1.1 Mb.
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1467314
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ME`MORCHILIK

Ikkinchi bosqich Hakim at-Termiziyning sakkiz yoshdan yigirma sakkiz yoshgacha boʻlgan hayotini oʻz ichiga oladi. Bu davrda u turli shayxlardan bilim oʻrgangan. Ilm izlab Sharqning boshqa shaharlariga borgan, Makkada boʻlib, Baytullohni ziyorat qilgan. Hayotining shu davrida u hadis oʻrganishga hamda fiqh masalalariga koʻproq eʼtibor bergan.

Alloma hayotining uchinchi bosqichida Qur`oni karimni chuqur oʻrganish bilan mashgʻul boʻlgan. U kalomullohni, uning mohiyatini chuqur oʻrganish, roʻza tutish, ibodat qilish, taqvo va hokazolar bilan shugʻullangan. Al-Antokiyning "Qalb muolajasi" falsafiy-tasavvufiy asari unga ayniqsa qattiq taʼsir koʻrsatgan.

Hakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlar soni toʻgʻrisida yozma manbalarda turli raqamlarkeltirilgan. Baʼzi mualliflar uning asarlari adadi toʻrt yuzga boradi, deyishgan. Biroq koʻpchilik mualliflar uning asarlari soni saksonga yaqin, deb hisoblashadi. Abdulfattox Abdulloh Baraka yozishicha, Hakim at-Termiziyshshg toʻrt yuz asaridan oltmishga yaqini yetib kelgan. Eng muhimi, bizgacha allomaning ilmiy-maʼnaviy merosining asosini tashkil qiluvchi asarlari yetib kelgan (2). Ular orasidan, eng avvalo, 291 hadisni oʻz ichiga oluvchi "Navodir al-usul fi ma`rifat axbor ar-Rasul" nomli asarini koʻrsatib oʻtish zarur. Bu asarda Hakim at-Termiziy dunyoqarashi muayyan darajada bayon etilgan. "Navodir al-usul"ning bir qo`lyozma nusxasi Toshkentda, O`zbekiston musulmonlari diniy idorasining kutubxona fondida saqlanadi. Allomaning nashr etilgan boshqa asarlaridan "Kitob xaqiqat al-odamiya", "Adab an-nafs"ni sanab o`tish lozim.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling