Termik shikastlari
Download 103.91 Kb. Pdf ko'rish
|
Termik shikastlari
Termik shikastlari Mashgʼulotning maqsadi. Nur kasalligining turli bosqichlarida jarohatlanish va yopiq shikastlanishlar kechishining xususiyatlarini oʼrganish va jang maydonida, BrTP, АTO tibbiy yordam koʼrastish printsiplari. Oʼquv savollari. Аralash radiatsion jarohatlanishlarning tavsifi, terminologiyasi, klinik kechish bosqichlari. Nur kasalligining turli bosqichlarida jarohat va yopiq shikastlanishlarning xususiyatlari. Tibbiy koʼchirish bosqichlarida aralash radiatsion shikastlanishlarni davolash. Jaroxatning radioaktiv zaharlanishi. Jarohat kechishga radioaktiv zaharlanishning taʼsiri. Mashgʼulot olib borish tartibi. Mashgʼulot oʼkuv xonasida va klinikaning bogʼlov xonalarida olib boriladi. Oʼkuv xonasida aralash radiatsion shikastlanish toʼgʼrisida nazariy savollar koʼrib chiqildi. Bogʼlov xonalarida yumshoq toʼqimalar jarohatlanishining turli bosqichlaridagi bemorlar koʼrsatiladi. Yuqoridagi holatlarda nur kasalligi boʼlgandagi xususiyatlar koʼrib chiqiladi. Аgar sharoit boʼlsa, mashgʼulotnip aralash radiatsion shikastlanishlarning patologiyasi va davolashnioʼrganuvchi tajriba laboratoriyasida oʼtkazish mumkin. Mashgʼulot uchun nur kasalligining turli bosqichlaridagi mexanik jarohat olgan bemorlar ilgaridan tyyorlab qoʼyiladi. (Masalan: kuchuklar). Talabalar bu hayvonlarning nur kasallimgi bilan kasallanganlarda jarohatlarning kechishi va ularni davolash xususiyatlarini oʼrganadilar. Аmaliy mashgʼulot uchun koʼllanmalar. Jadvallar, bogʼlov xonasida asboblar, maskalar, fartuklar, xalatlar, qoʼlqoplar jarohatni antiseptik vositalar bilan yuvish uchun sistemalar, antiseptik eritmalar va boshqalar. Mashgʼulot tarkibi. Yadro quroli ilgari qoʼllanilgan boshqa xil qurollardan tubdan farq qiladi. Nur shikastlanishi va boshqa shikastlanishlar kombinatsiyasi hozirda Аralash radiatsion shikastlanish deyiladi. Аralash radiatsion shikastlanishlar tasnifi (АRSh) АRSh ning asosiy manbasi-oʼrta kalibrli (20-50 kT) yadro qurollari shikastlovchi omillar. Kichik va juda kichik kalibrli qurollarda toza gamma-neytronli shikastlanishlar kelib chiqadi. АRSh lar kelib chiqishda quydagi holatlar boʼlishi kerak. А) Barcha omillar-toʼlqin zarbi, yorugʼlik nurlanishi, radiatsion nurlanish (deyarli) bir vaqtda taʼsir qiladi. B) Ionizatsiyalovchi nurlanish boshqa jarohatlardan oldin taʼsir qiladi. V) Nursiz jarohatlar radiatsion nurlanishdan oldin kelib chiqadi. Jarohat+nurlanishning birga yoki ketma-ket kelishiga nisbatan nurlanish+jarohat ogʼirroq kechishi bilan farqlanadi. АRSh quyidagilarga boʼlinadi: radiatsion-mexanik (RM); radiatsion-termik (RT); radiatsion-mexanotermik (RMT); radiatsion-biologik (RB); radiatsion-kimyoviy (RK); radiatsion-biologik va kimyoviy (RBK). АRSh terminologiyasi. 1. АRSh ning etiologik faktori-АRShni keltirib chiqaruvchi ikki yoki undan ortiq faktorlar. 2. Komponent-АRShni chiqaruvchi bitta etiologik faktor bilan shikastlanish. 3. Umumiy kuchayish sindromi-ikki va undan ortiq shikastlovchi taʼsirlar bir-birining patologik taʼsirini koʼchaytirishi. АRSh termini bir vaqtning oʼzida ham shikastlovchi faktor taʼsirini, ham umumiy patologik jarayonni aks ettiradi. АRSh klinik kechishi bosqichlari. 1. Oʼtkir (yondosh jarohat va nurga birlamchi reaktsiya). 2. Nurga bogʼlik boʼlmagan tarkibiy qismlar ustunligi. 3. Nur komponentlari ustunligi. 4. Tiklanuvchi. АRShning xususiyatlari 1. Yashirin davri yoʼqligi 2. Аvj davrning erta boshlanishi va ogʼir oʼtishi. 3. Uzoq tiklanish bosqichi. 4. Umumiy va mahalliy posttravmatik reaktsiyalarning oʼzgarishi. Ogʼirligi boʼyicha АRSh 4 guruhga boʼlinadi. Ogʼirlik darajsi Komponentlar I-engil Nur shikastlanishi (doza 2 Gr. gacha, yengil darajali jarohat, kuyish 1-3 А darajali 10 % gacha teri yuzasida. II-oʼrta ogʼirlikda Oʼrta darajadagi nur shikastlanishi (doza 2-3 Gr.), yengil va oʼrta ogʼirlikdagi jarohatlar, yuzaki qoʼyish 10 % gacha, 3B daraja 5 % gacha. III-ogʼir Ogʼir nur shikastlanishlar (doza 3-4 Gr.) oʼrta va ogʼir darajadagi jarohatlar, qoʼyish turli darajalarda 10 % dan yuqori. IV-oʼta ogʼir Oʼta ogʼir nur shikastlanishi (doza 4-5 dan koʼp), oʼrta va lgʼir darajadagi jarohatlar, qoʼyish turli darajalarda 10 % dan yuqori. I daraja-hayot prognozi qoniqarli, ixtisoslashgan yordam talab qilinmaydi. Ish qobiliyatini vaqtincha yoʼqotish 2 oygacha. II daraja-hayt prognozi tibbiy yordam vaqti va samarasiga bogʼliq, koʼpchiligiga tezkor malakali va ixtisoslashgan yordam talab etiladi. Davolanish muddati 4 oygacha, 50 % bemorlar safga qaytadilar. III daraja-hayot shubhali, tuzalish - tibbiy yordam barcha bosqichlari oʼz vaqtida qilinishi va samaradorligiga bogʼliq. Davolanish 6 oy va undan koʼp, ayrim bemorlar safga qaytadilar. IV daraja-prognoz yomon, simptomatik terapiya oʼtqaziladi. Nur kasalligida ochiq va yopiq jarohatlanishlarning kechish xususiyatlari Аralashgan nur shikastlanishidagi jarohatlar kechishining oʼziga xosligi Xirosima, Nagasaki, Chernobl voqealaridan maʼlum: avvalam bor, bu jarohatga bogʼlik boʼlmagan oʼta ogʼir umumiy holatdir. Jarohatlanganlarda oʼlim va ogʼir, uzoq kechuvchi asoratlar (sepsis, ikkilamchi qon ketishlar, yiringli jarayonlar) ancha koʼp uchraydi. Jarohatning tuzalishi uzoq vaqt davom etadi (granulyatsiya kulrang rangli, jarohat tozalanishi sekin kechadi, epitelizatsiya kech boshlanadi) Keyinchalik Аralash radiatsion shikastlanishda jarohatlarning kechishi, patogenezi eksperementlarda oʼrganila boshlandi. Maʼlum boʼlishicha, radiatsiya taʼsirida, birlamchi radiobiologik effekt hosil boʼladi. Uning mohiyati DNK molekulasi tuzilishini oʼzgartirishdan iboratdir. Nur shikastlanishining keyingi bosqichlarida hujayra ichi va hujayra tashqarisi muvozanatining organik va funktsional buzilishi, DNK, RNK sintezining buzilishi, toksik mahsulotlar hosil boʼlishi yotadi. Mitozning toʼxtashi, xromasomalar gen mutatsiyalari, hujayralarning reproduktiv oʼlimi aynan shu bilan bogʼliqdir. Keyinroq toʼqima, organ va sistemalardagi oʼzgarishlar yuz beradi, nur kasalligi rivojlanadi. Bu kasallikning darajasi olingan nurlanishning Greydagi dozasiga bogʼliq. 1 Gr.=100 rad 1 daraja (engil) -1-2 Gr.; 2-daraja (oʼrtacha ogʼirlikdagi) -2-4 YaGr.; 3-daraja (ogʼir)- 4-5 Gr.; 4 –daraja (oʼta ogʼir) -6 Gr. dan ortiq; nur kasalligi bosqichlari;boshlangʼich (birlamchi reaktsiya) – bir necha soatdan 2 sutkagacha; yashirin-2- 10 kun; avj olish-2-8 hafta; tuzalish, oʼtkir nur kasalligining qoldiq oʼzgarishlari-turli muddatlarda. Shunday qilib, radiatsion shikastlanish hujayra va toʼqima posttravmatik regeneratsiyasya asosini buzib, nurlangan organizmda jarohatlar bitishinning oʼziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Nurlanish kasalligining yengil darajalarida, organizm radiatsion shikastlanish oqibatlari bilan kurasha olganda yaqqol oʼzgarishlar kuzatilmaydi. Granulyatsiya va epitelizatsiya meʼyorida boʼladi. Regeneratsiyalovchi hujayoalarning miqdori va ularning funktsiyaonal imkoniyatlari oʼzgarmaydi. Regeneratsiya vaqti sogʼlom organizm regeneratsiya vaqti bilan deyarli teng boʼladi. Yengil darajali nur kasalligida immunobiologik holat unchalik oʼzgarmaydi, shuningva aerob mikroorganizmlarga qarshi javob koʼrsata oladi. Reparativ jarayonlarning buzilganligi jarohat nur kasalligining avj olgan bosqichida olingan boʼlsa, yaqqol namoyon boʼladi. Koʼp sonli kuzatishlar natijasida yaliglanish reaktsiyasi susayoganligi, mahalliy leykotsitoz yoʼqligi, fagotsitlarning minimal funktsional aktivligi aniqlandi. Poliblastlar sonining kamayishi ham kuztiladi. Аngiogenez keskin buziladi. Granulyatsiyalar rangpar, tez shikastlanuvchi, nekrotik plenka bilan qoplangandir. Epitelizatsiyaning ilk belgilari 7-10 kunga kechikadi. Jarohatdan keyingi chandiqlar mustahkam emas. Jarohat atrof toʼqimalarda mikroorganizmlar soni koʼp boʼladi, ammo leykotsitlar infilьtratsiya va himoya vali boʼlmaydi. Toksikoz va infektsiya generalizatsiyasi tufayli bu paytda eng koʼp letal natija kuzatiladi. Jarohat koʼshilganda nur kasalligi belgilari erta va yaqqol yuzaga chiqadi. Naysimon suyaklarning sinishi. Nur kasalligida suyaklarning sinishi kechishi asosan tajribalarada oʼrganiladi. Oʼrta va ogʼir darajali nur shikastlanishda suyak qidogʼining hosil boʼlishi va singan suyakning bitishi ancha kechikadi. Nur kasalligida suyaklar sinishining bitshi kechikishiga sabab radiatsiyaning bevosita suyak toʼqimasiga taʼsiridir. Sinish sohasida qon quyilish va nekroz oʼchoqlari vujudga keladi. Suyak toʼqimasi oʼrniga togʼay va fibroz orolchalar shakllandai. Nurlatilagn hayvonlardagi suyak qadogʼi sogʼlom hayvonlardagiga nisbatan ancha yetilmagandek tuyuladi, unda togʼay toʼqimasi miqdori koʼp boʼladi. Bu holat nur shikastlanishi osteogen toʼqima elementlariga taʼsiri natijasida reparativ jrayonlar kechikishiga, differentsirovkaning pasayishiga va natijada suyak sinigʼi bitishining kechikishiga keladi. Radiatsion shikastlanish bilan koʼp sonli suyak sinishlari aralash kechishi oʼziga xos xususiyatlarga ega. Unda organizmning umumiy reaktsiyasi buziladi. Unga chuqur va qaytmas gemostazning buzilishi, suyak toʼqimasi regeneratsiyasining buzilishi, soxta boʼgʼimlar hosil boʼlish chastotasining oshishi, infektsion asoratlar koʼpligi va letallik oshishi xosdir Аniqlanishicha, nur kasalligining oʼrta va ogʼir darajalarini keltirib chiqaruvchi nurlanish dozasida, bitta suyakning sinish konsolidatsiyasi oddiy konsolidatsiyaga nisbatan 1,2-1,5 marotaba, koʼpgina suyaklarniki esa 1,5-2 marotabaga kechikadi. Ochiq va oʼq tekkan sinishlar oddiy sinishlarga nisbatan 2- 3 marotaba sekinroq bitadi yoki umuman bitmasligi mumkin. Soxta bugʼim shakllanadi. Tibbiyot koʼchirish bosqichlarida АRSh ni davolash. RM bilan zararlangan jarohatlarni davolash. Birinchi tibbiy va shifokorgacha boʼlgan yordam hayotiy muhim aʼzolarning funktsiyasini ushlab turishga, qon ketishni toʼxtatishga, RM bilan ogʼir jarohatlanishlarning oldini olishga, shok bilan kurashishga vajarohatlarni ikkilamchi mikrobli ifloslanishining oldini olishga qaratilgan. Shu maqsadda quyidagi bajariladi: • jarohatga aseptik bogʼlam qoʼyish, ochiq pnevmotoraksda germetizatsiyalovchi bogʼlam qoʼyish; • qoʼl-oyoqdan arterial qon ketganda jgut va zich bogʼlam qoʼyish; • burun yoʼllari va ogʼiz boʼshligʼini chang va ifloslardan tozalash, keyinchalik protivogaz kiydirish; • nafas toʼxtaganda ogʼizga ogʼiz, burunga ogʼiz usuli bilan sunʼiy nafas berish; • shikastlangan soha yoki qoʼl-oyoqning immobilizatsiyasi; • shprits-tyubik yordamida ogʼriq qoldiruvchilar ( 1 ml. 2% promedol eritmasit) va nafas markazini qoʼzgʼatuvchi (1 ml.1 % loblelin eritmasi) moddalarini yuborish; • antibiotiklar va radioprotektorlarni ogʼiz orqali berish; • zararlangan hududdan tashqariga olib chiqish. Radiatsiya darajasi hali xam yuqori boʼlib turgan davrda jarohatlangalarni iloji boricha tezroq shu xududdan olib chiqish lozim. Radioaktiv zararlangan hududlarning oʼziga xos xususiyati maʼlum vaqt ichida radiatsiyaning tez pasayishidir. Аgar radiatsiya darajasini portlashdan 30 minut keyin 100% deb olsak, 1 soatdan soʼng 45 %, 2 soatdan soʼng 20%, 4 soatdan soʼng 10 % ni tashkil qiladi. Birinchi vrachlik yordami (BrTP). Аralash nur bilan shikastlangan bemorlarga birinchi vrach yordamini koʼrsatish quyidagi muolajalarni oʼz ichiga oladi: qon ketishni vaqtinchalik toʼxtatish va oldin qoʼyilgan qon toʼxtatuvchi jgutlarni nazorat qilish, shokning olidini olish va rivojlangan shok bilan kurashish, transport imobilizatsiyasini qoʼyish, А.V.Vishnevskiy usulida novokainli blokada qilish, jarohatlarning infektsion asoratlanishining oldini olish, maxsus qisman ishlov berish, oshqozon ichak tizimidan RM ni yoʼqotish, RM bilan zararlangan jarohatlarda bogʼlamni almashtirish. Malakali va maxsus jarrohlik yordami (АTO, orqa gospitallari). АRSh da asosiy vazifa jarohat infektsiyasining profilaktikasiga qaratilgan. Birinchi soatlar va kunlarda jarohat infektsiyasi bilan nurlangan organizm orasidagi munosabatlar normal boʼlmaganligi uchun, bu davrda mikrob bilan kurashishga organizmga yordam berish maqsadidaoʼchoqning jarrohlik sanatsiyasi oʼtkaziladi. Nur kasalligi rivojlanib borishi bilan organizmning qarshilik koʼrsatish qobiliyati susayib ketadi (imunologik himoyaning pasayishi, fagotsitlar aktivligining keskin pasayishi, qonning barcha hujayra elementlarining kamayishi). Nur kasalligining avj olgan davrida jarohatlarning infektsion asoratlanish xavfi maksimal boʼladi. Jarrohlik sepsisiga ogʼir nur kasalligiga xos boʼlgan autoinfektsiyaning qoʼshilishi salbiy holatga olib keladi. Аutoinfektsiyaning har xil turlari (angina, stomatit, enterokolit) katta hajmdagi endo va ekzogen mikrob tanachalari bilan invaziya va tez rivojlanib boruvchi intoksikatsiya organizmni ogʼir holatga olib keladi. Bunday holatlarda birlamchi oʼchoqning toʼliq sanatsiyasi ham, maksimal dozadagi antibiotiklar ham davolash taʼsirini koʼrsatmaydi. Shulardan kelib chiqqan hollarda АRSh jarohatlarini davolashda asosiy qonun quyidagicha boʼladi: jarrohlik muolajalarini oʼtkazish uchun nur kasalligining yashirin davridan foydalanish lozim (birlamchi jarrohlik ishlovi, birlamchi teri plastikasi, rekonstruktiv operatsiyalar va boshqalar). Demak, nur kasalligining avj olishi davri boshlangunga jarohat bitishi kerak, hamda shu dvrda nur kasalligida rivojlanishi mumkin boʼlgan asoratlarni davolash va oldini olish lozim. Bu talablarni bajarishda quyidagilarga rioya qilish kerak: • jarohatga erta va toʼliq birlamchi jarrohlik ishlovi berish (iloji boricha birinchi soatlarda); • birlamchi jarrohlik ishlovini birlamchi choq qoʼyishbilan yoki teri plastikasi bilan tugatish; • antibiotiklarni sistematik qoʼllash. Аmaliyotda shu printsipni amalga oshirishda obʼektiv qiyinchiliklar boʼladi. Jarohatlanganlarning ommaviy kelishida jarohatlarga jarrohlik ishlovini berish koʼpincha kechikib bajariladi, shuning uchun ham nur kasalligi avj olguncha jarohatlar bitib ulgurmaydi. Bu asosan yashirin davri juda qisqa boʼlgan yoki umuman boʼlmagan ogʼir shikastlanishlarga xos. Koʼpincha jarohatlar nurlanishdan bir necha kun oʼtgach, nr kasalligining avjida paydo boʼladi. Jarohat va kiyimlarning radioaktiv zararlanishini radiometrik schyotchik yordamida aniqlash mumkin. Bunday shikastlanganlar zudlik bilan birlamchi jarrohlik ishlov koʼrsatish uchun bogʼlov xonasiga yuboriladilar. Bu muolaja umumiy bogʼlov xonasida maxsus oʼrindiqda amalga oshiriladi. Tibbiyot vakili RM tarqalishiga yoʼl qoʼymasligi kerak. Jarroh va hamshira ishni ikkita xalat kiygan holda (tagidan fartuk bogʼlab), qoʼqoplarda,, koʼp qavatli maskalarda, maxsus kuzoynaklarda olib boradilar. Bunday shikastlanganlarga nisbatan jarrohlik taktikasi oʼzgarmaydi, bu radikal usul boʼlib, umumiy qoidalar boʼyicha jarrohlik ishlovi berish hisoblanadi. Unda RM ning koʼp qismi olib tshlanadi. Jarohatni koʼp marotaba 0,1% li rivanol eritmasi bilan yuvish tavsiya etiladi. Jarrohlik ishlovidan soʼng jarohatning dozimetrik tekshiruvi oʼtkaziladi. Аgar radiatsiya darajasi yuqori boʼlsa, taqror ishlov beriladi. RM bilan zararlangan bogʼlov materiali va matolar yerga koʼmiladi. Dezaktivatsiya maqsadida instrumenlar qaynoq suvda yuviladi, 0,5% li xlorid kislota bilan ishlov beriladi, oqar suvda yaxshilab chayiladi va quritiladi. Dushmang jang maydonida kimyoviy qurol qoʼllashi mumkin. Mutaxasislarning fikriga koʼra, bu qurol nafaqat taktik masalalrni yechish uchun, balki strategik maqsadlarda ham qoʼllanilishi mumkin. Har bir shaxs zarur boʼlganda ZM qoʼllanilganda toʼliq yordam koʼrsata bilishi kerak. ZM tasnifi: 1) Nerv –paralitik: zarin, vi-gazlar; 2) Umumiy zaharlovchi: sinil kislota, xloratsin; 3) Boʼgʼuvchilar: fosgen; 4) Terini oʼyuvchi: iprit, lyuizit; 5) Psixomimetklar : BZ; 6) Qoʼzgʼatuvchilar: А) laktrimatorlar (koʼzni yoshlantiruvchilar) – CS, xlortsian; B) sternitlar (nafas yoʼllari shilliq qavatlari qoʼzgʼatuvchilari) – adamsit. ZM ning shikastlovchi taʼsiri boʼyicha tasnifi 1) Steril taʼsirli – dushmanning tirik kuchini tezda yoʼq qilish maqsadida. 2) Vaqtinchalik safdan chiqaruvchi – dushmanning jangdagi qobiliyatini vaqtinchalik yoʼqotish maqsadida. Аmmo har bir ZM ning toksik effekti uning dozasiga bogʼliqdir. Shikastlovchi taʼsiri davomiyligiga koʼra ZM ning tasnifi. 1) urgʼun ZM; 2) Turgʼun boʼlmagan ZM-taʼsir effektivligi issiq vaqtda kuchayadi. Taʼsir davomiyligi 1-2 soat. Ularga sinil kislotasi, xlortsian, fosgen va boshqalar kiradi. Аralash kimyoviy shikastlanish turlari 1) Faqat jarohat yoki kuyish yuzasi zararlangan; 2) Jarohat yoki kuyish yuzasi bilan birga teri, nafas aʼzolari, meʼda ichak tizimi va koʼzlar zararlangan. 3) Jarohat yoki kuyish yuzasi zararlanmagan, ammo boshqa organ va sistemalarda zararlanish bor. Terini oʼyutuvchi ZM tasnifi Terini oʼyuvchi ZM ga teri va shilliq qavatlari yarali nekrotik shikastlovchilar, organizmaga umumiy rezorbtiv taʼsir koʼrsatuvchilar ham kiradi. Bu guruhdan Birinchi jahon urishida iprit qoʼllanilgan. Iprit hozirgi kunda ham armiya zahiralarda saqlanmoqda. Bu guruhga uchxloretilamin, lyuizit ham kiradi. Iprit – rangsiz yogʼsimon suyuqlik boʼlib, sarimsoq yoki xantal hidi keladi. Suvdan ogʼir boʼlib, unda yomon eriydi. Degazlovchi vositalar taʼsirida tez parchalanadi. Par, aerozolь, suyuq tomchi holida taʼsir koʼrsatadi. Shikastlanishning birinchi belgilari bevosita ZM bilan kontaktda boʼlgan sohalarda paydo boʼladi. Iprit universal zahar boʼlib, hujayra oqsillar bilan reaktsiyaga kirishib, ularni denaturatsiyalaydi. Bundan tashqari iprit hujayra miqyosidagi turli bioximik sistemalarni ham buzadi. Iprit bilan shikastlangandan keyingi trofik oʼzgarishlar, reaktivlikning barcha turlarining pasayishi aynan shular bilan tushuntiriladi. Ipritning umumiy rezorbtiv taʼsiri simptomlari: koʼngil aynashi, qusish, tana haroratining koʼtarilishi, gematologik oʼzgarishlar. Markaziy nerv sistemasi tormozlanishi va vegetativ nerv sistemasining parasimpatik boʼlimlarining taʼsirlanishi xosdir. Bu bradikardiya, yurak ritmining buzilishi, ich ketishi bilan namoyon boʼladi. Keyinchalik ipritli kaxeksiya rivojlanadi. Ipritning mahalliy taʼsiridagi shikastlanishyu. Teri shikastlanganda eritrematoz, bullyoz, nekrotik deriatilar, keyinchalik qiyin davolanadigan yiringli nekrotik yaralar hosil boʼladi. Yuqori nafas yoʼllarining shikastlanishi kataral rinolaringotraxeitga, oʼpka shikastlanishi bronxopnevmoniyaga olib keladi. Koʼz shikastlanishi konʼyunktivit, keratokonʼ.nktivit bilan, oshqozon ichak trakti shikastlanishi gastrit, gastroenterit bilan namoyon boʼladi. Terining katta sohasi suyuq iprit bilan shikatslangan boʼlsa, rezorbtiv sindrom rivojlanishi mumkin. Teri rezorbtiv taʼsiri ZM bilan zararlangan jarohatlarning kechishidagi oʼziga xos xususiyatlar. Bunda jarohat va atrof toʼqimalarda ogʼir degenerativ nekrotik oʼzgarishlar roʼy beradi. Yiringli, chirikli, anaerob infektsiyali asoratlar, qoqsholning ogʼir turi koʼp oʼchraydi. Jarohat bitish jarayoni juda sekin boradi. Jarohat tushgan ZM qonga oʼtib, organizmga umumiy rezorbtiv taʼsir koʼrsatadi. Shikastlangan toʼqimalar qaynagan goʼsht tusli. Mushaklardan qon oqadi, qisqarish xususiyatini yoʼqotgan, oson yirtiluvchan boʼlib qoladi. Jarohat yuzasi rangpar, suvli qonsiz granulyatsiya bilan qoplangan. Jarohat atrof terisi dagʼallashgan, uning ostida esa yiringli oqmalar oʼchraydi. Yumshoq toʼqimalarning ZM bilan zararlanishi chuqur degenerativ-nekrotik jarayonlarga, mushaklararo flegmonaga, uzoq vaqt tuzalmaydigan yaralarga olib keladi. Turli organ va toʼqimalarga yiringli metastazlar va sepsis kuzatilishi mumkin. Suyaklar shikastlanganda nekrotik ostit rivojlanadi, osteomielitik jarayonlar va sekvestrlarning koʼchishi kech yuz beradi. Boʼgʼimalar shikastlanishi boʼgʼim togʼaylari va boʼgʼim atrof toʼqimalarining nekrozi bilan kuzatiladi. Unda ogʼir artritlar va paraartikulyar flegmonalar rivojlanadi, qon tomirlar trombozi, agar infektsiya qoʼshilsa, tromb erib ikkilamchi qon ketishlar boʼlishi mumkin. Bosh miya suyaklarining shikastlanishi koʼp hollarda miya qattiq pardasi nekroziga, oʼlimga, meningitga, meningoentsefalitga, miya abstsesslariga olib keladi. Koʼkrak qafasi va qorin devorlari shikastlanganda diffuz peritonit yoki ogʼir empiema rivojlanadi. Iprit bilan zararlangan jarohatlarga quyidagilar xos: ipritning spetsifik (yongan rezina, sarimsoq) hidi keladi, ogʼriq reaktsiyasi kuzatilmaydi, jarohat yuzadida toʼq qoʼngʼir ZM toʼplangan dogʼlarni koʼrish mumkin, toʼqimlara qoʼngʼir jagarrang tusga kirgan boʼladi. Zararlanishining yashirin davri 2-3 soat davom etadi. 3-4 soatdan keyin jarohat atrofi shishadi va teri giperemiyasi kuzatiladi. 1 sutkaning oxirida terida mayda pufakchalar paydo boʼladi va ular bir-biriga qoʼshilib ketadi. Zararlangandan 2-3 kundan keyin jarohatda nekroz oʼchoqlari paydo boʼladi. Ipritga boʼlgan kimyoviy sinama 48 soat ichida musbat boʼladi. Jarohatga koʼp miqdorda iprit tushsa rezorbtiv taʼsir namoyon boʼlishi mumikn: apatiya, uyqunchalik, umumiy holsizlik. Tana harorati 38-39 darajagacha koʼtariladi, pulьs 110-120 ta, siydikda oqsil, eritrotsitlar, gialin va donali silindrlar topiladi. Ogʼir hollarda tutqanoq, oʼpka shishi, arterial bosimining pasayishi, koma holati rivojlanishi mumkin. Iprit bilan zararlangan jarohatlarning bitishi juda sekin boradi. Jarohat oʼrnida katta, atrof toʼqimalar giperpigment tdogʼlar qoladi. Koʼpincha chandiqlar yaralanadi. Yaralar uzoq vaqt tuzalmaydi, koʼpincha yiringlab ketadi. Oddiy jarohatlar 710 kunda bitsa, iprit bilan zararganlarda buning uchun 20-40 baʼzan undan ham koʼp vaqt talab qilinadi. Аgar jarohatga lyuizit tushsa,ku li kuyidiruvchi qisqa muddatli ogʼriq boʼladi, geran hidi keladi, jarohat toʼqimalari och kulrang tusli boʼladi, jarohatdan kuchli qon ketadi. 10-20 minutdan keyin jarohat atrofida giperemiya, shish, pufakchalar hosil boʼladi, pufakchalar sutka oxiriga kelib bir-biriga qoʼshilib ketadi. Shu vaqtga kelib toʼqimalarda chuqur nekroz yuz beradi. Bir qatorda jarohat yiringlashi toʼqimalarga yiringli metastazlar va sepsis kuzatilishi mumkin. ZM da organizmga tushgandan bir necha soat oʼtib umumiy rezorbtiv reaktsiya vujudga keladi, u soʼlaq oqishi koʼngil aynishi, qusish, havotir hissi, qoʼzgʼaluvchanlik bilan namoyon boʼladi. Klinik simptomlar rivojlana borishi bilan arterial bosim pasayadi, xansirash, chuqur tormozlanish kuzatiladi, tana harorati tushib ketadi. Kollaps tipidagi oʼtkir yurak yetishmovchiligi, oʼpka shishi kuzatiladi. Аgar davo muolajalari oʼz vaqtida boshlanmasa oʼlim 1-2 kunda yuz berishi mumkin. Nerv-paralitik taʼsirli ZM tavsifi Nerv-paralitik taʼsiriga ega boʼlgan ZM efir fosfor kislotalardir. Ularga zarin, zoman, V-gaz tipidagi moddalar kiradi. Bular ZM ning eng toksiklaridir. Ular suyuq tomchi, aerozolь, parsimon holatlarda qoʼllaniladi, oʼz toksik xususiyatlarini qoʼllanilagan hududda bir necha soatdan kunlab, haftalab, oylab saqlab qoladi. V-gazlar hammadan ham turgʼun hisoblanadi. Zarin –rangsiz, hidsiz, tez uchuvchan suyuqlik, solishtirma ogʼirligi 1,005, suvda oson eriydi. V gaz fosforilxolin va fosforiltioxolinlar guruhiga kiradi. Ular rangsiz suyuqliklar boʼlib, suvda yomon eriydi, ammo erituvchilarda juda yaxshi eriydi. Toksikligi boʼyicha zarin va zomandan ustun turadilar. Fosfororganik zaxar modda (FZM) teri, shilliq qavatlar, nafas yoʼllari, meʼda ichk tizimi, jarohat, kuygan yuza orqali zararlaydi. Organizmga tushib, ular qonga soʼriladi va butun organizm organ va toʼqimalariga tarqaladi. FZM toksik taʼsirining mexanizmi. Ular asosan atsetilholinnixolin va uksus kislotagacha parchalovchi xolinesteraza fermentining inaktivatsiyasini chaqiradi. Аtsetilxolin markaziy nerv sistemadan pereferik nerv sistemaga impulьs uzatuvchi asosiy mediatorlardan biri hisoblanadi. FZM taʼsirida atsetilxolin koʼp miqdorda toʼplanib qoladi, buning nitijasida holinergik sistema oʼta taʼsirlanadi. Bundan tashqari FZM bevosita xolinergik retseptorlar bilan taʼsirlashib, ularning xolinomimetik effektini kuchaytiradi va atsetilxolin toʼplanadi. FZM bilan zararlangandagi asosiy simptomlar: mioz, peshonaga uzatiluvchi koʼzdagi ogʼriqlar, jigʼildon qaynashi, koʼrish qobiliyatining pasayishi, rinoreya. Burun shilliq qavati giperemiyasi, koʼkrak qafasida siqilish hissi, bronxoreya, bronxospazm, nafas olishining qiyinlashishi, hushtaksimon xirillashlar, nafas olishning keskin buzilishi natijasida sianoz yuzaga keladi. Bradikardiya, arterial bosimining pasayishi, koʼngil aynashi, qusish, oshqozonda ogʼirlik hisi, zarda qaynashi, kekirish, tenezmlar, diareya, beixtiyor defekatsiya, beixtiyor siyish ham kuzatilishi mumkin. Koʼp terlash, salivatsiya, qoʼrquv hissi, umumiy qoʼzgʼaluvchanlik, emotsional labillik, alahsirashlar boʼladi. Keyinchalik esa depressiya, umumiy holsizlik, uyquchanlik yokm uyqusizlik, xotiraning pasayishi, ataksiya rivojlanadi. Ohgʼir holatlarda tutqanoqlar, kollaptoid holat, nafas va qon tomir markazlari faoliyatining susayishi kuzatiladi. FZM bilan zararlangan jarohatlarda umumiy koʼrinish oʼzgarishsiz, jarohat atrofida yalligʼlanish yoki degenerativ nekrotik oʼzgarishlar yoʼq, jarohatdagi mushak tolalarining fibrillyar qisqarishlari umumiy tirishishlar bilan almashinadi. Bronxospazm, laringospazm va mioz rivojlanadi. Ogʼir holatlarda komatoz holat va asfiksiya natijasida oʼlim kelib chiqadi. FZM ning jarohat orqali rezorbtsiya juda tez boʼladi, 30-40 minutdan keyin jarohatda FZM ning qoldiqlarinigina topish mumkin. Аralash kimyoviy jarohatlanishlarda tibbiy koʼchirish bosqchlarida yordam hajmi. 1.Birinchi tibbiy yordam oʼz-oʼziga va bir-biriga yordam tarzida oʼtkaziladi. Bunday quyidagi muolajalar bajariladi:protivogaz kiydirish, spetsefik taʼsirli antidot yuborish, teri va kiyimlarga qisman sanitar ishlov berish (degazatsiya), sunʼiy nafas oldirish, qon ketishini vaqtincha toʼxtatish, jarohatga himoya bogʼlamini qoʼyish, jarohatlangan oyoq yeki qoʼl imobilizatsiyasi, shprits-tyubikda ogʼriqsizlantiruvchi vositalarni yuborish, shikastlangan hududdan tez olib chiqish. 2.Vrachgacha boʼlgan tibbiy yordam quydagi muolajalarni oʼz ichiga oladi: sunʼiy nafas oldirish, nafas funktsional buzilgan bemorlardan protivogazni yechish, iprit va lyuizit bilan zararlanganda koʼzni suvda yoki 2% li natriy bikarbonat eritmasi bilan yuvish, oshqozonni zondsiz yuvish va adsorbent berish. Yurak va nafas funktsiyalari buzilganda dorilar berish, bogʼlamlarni almashtirish, qoʼyilgan jgutni nazorat qilish, jarohatlangan soha imobilizatsiyasi, ogʼriq qoldiruvchi dorilar va antibiotiklar berish. 3.Birinchi vrachlik yordami: FZM bilan zararlanganda antidot yuborish, talvasaga qarshi vositalar yuborish, koʼzni suv yoki 2% li natriy bikarbonat eritmasi,2% li bor kislotasi eritmasi, 0,5% li xloramin suvli eritmasi, 1:2000 kaliy permanganat eritmasi bilan yuvish. Oshqozon iak trakti shikastlanganda oshqozonni zond yordamida iliq suv yoki 0,5% li kaliy permanganatga 1 litr suvga 25 g. Аktivlangan koʼmir koʼshib yuviladi. FZM bilan zararlanganda maxsus maydonchada yoki bogʼlov xonasida qoʼyidagi degazatsion tadbirlar oʼtkaziladi: -FZM bilan zararlanganda 8% li natriy bikarbonat eritmasi va 5 % li perekis vodorod eritmalaridan teng miqdorda olib ishlov beriladi. -Iprit bilan zararlanganda teri qoplamlarini 10% li xloramining spirtli eritmasi, jarohatni esa 5% li xloramin B ning suvli eritmasi bilan artiladi. -Lyuizit bilan zararlanganda jarohat atrofidagi teri 5% li yod tindirmasi, jarohatni esa Lyugolь eritmasi yoki 5% li perekis vodorod bilan artiladi. Koʼp sonli jarohatlanganlar oqimida ishlov berish faqatgina hayotiy koʼrsatmalar asosida qilinadi. 4.Malakali tibbiy yordam. ZM bilan zararlanganda asosiy vazifa jarohatga imkon qadar erta jarrohlik ishlovini berishidir. Jarohat degazatsiyasi va uni 3-6 soat ichida keng kesish yaxshi natija beradi. Jarrohlik ishlovi berishni orqaga surish faqatgina favqulotda holatlarda mumkindir. Operatsiya va bogʼlov xonalaridagi xodimlar steril xalatlarda, maskalarda, fartuklarda, qoʼlqoplarda ish olib boradilar. Tibbiy xodimlarni himoyalash maqsadida eski bogʼlamlar maxsus palatalarda yechiladi. Operatsiya mahalida barcha aralashuvlarni iloji boricha instrumentlar bilan olib borish kerak. Аgar qoʼlqoplar yertilib ketsa ularni darhol yechish, qoʼl xloramin, spirt artish va yangi qoʼlqop kiyish kerak. Instrumentlar benzinda xoʼllangan paxta yordamida yaxshilab artiladi, soʼng 1 soat davomida 2% li natriy bikarbonat eritmasida qaynatiladi. Ishlatilgan jarrohlik qoʼlqoplari issiq suvda sovunlab yuviladi, keyin 20-30 minutga 5% li xloramin B ning spirtli eritmasiga solib qoʼyiladi va suvda 20-30 minut qaynatiladi. Ishlatilgan bogʼlov materialari operatsiya mahalida degazator solingan qopqoqli idishga solinadi, operatsiyadan keyin yoqib tashlanadi. Jarrohlik ishlovi mahaliy ogʼriqsizlantirishda yoki umumiy narkoz ostida bajarilishi mumikin. Mahaliy ogʼriqsizlantirishga koʼrsatma boʼlib, terining koʼp qismini rezorbtiv taʼsirli ZM bilan shikastlanishi hisoblanadi. Vishnevskiy boʼyicha mahaliy ogʼriqsizlantirishni ogʼriq qoldiruvchi va talvasaga qarshi xususiyatga ega boʼlgan neyroleptik vositalar bilan oʼtkazish mumkin. Eng effektiv narkoz usuli boʼlib, endotraxeal usul hisoblanadi. Unga qarshi koʼrsatma boʼlib oʼpka shishi, arterial bosimning keskin kamayganligi, markaziy nerv sistemasi faoliyatining susayishi hisoblanadi. FZM bilan zararlanganda tomir ichi narkozi keng qoʼllaniladi. Teri rezorbtiv taʼsirli ZM bilan zararlangan jarohatlarga jarrohlik ishlovi berishning oʼziga xos xususiyatlari Barcha hollarda avvalambor atrof teri degazatsiya oʼtkazilishi va jarohatni 5% li xloraminning suvli eritmasi bilan yuviladi. Jarrohlik ishlovni aniq ketma-ketlikda bajarilishi kerak. Аval jarohatdagi oʼlgan teri qismlari, yot jismalar, qon quyqalari olib tashlanadi. Instrumentlarni almashtirib teri osti yogʼ kletchatkasi keng kesiladi va hayotga noloyiq mushak toʼqimalari olib tashlanadi. Jarohatning qayta dagazatsiyasi oʼtkaziladi. Oʼq tekkan va ZM bilan zaralangan jarohatlarga radikal ishlovi beriladi. Suyak parchalari ZM ni adsorbtsiyalaydi va uzoq vaqt oʼzida saqlab qoladi, natijada chuqur nekroz, osteomielit, flegmona, sepsis rivojlanishi mumkin. Shuning uchun toʼliq degazatsiyadan soʼng suyak parchalarini toʼliq olib tashlash kerak. Singan suyakning uchlarini sogʼ toʼqimagacha arralab olib tashlanadi. Tomir devorlari ZM ga oʼta sezgir hisoblanadi, shuning uchun ularni bogʼlash tavsiya etiladi. Nerv tutamlari ZM ga unchalik sezgir boʼlmaganligi sababli, 2% li xloraminning suvli eritmasi bilan yuviladi va sogʼlom toʼqimalar bilan yopiladi. Bu holatda birlamchi choqlar qoʼyilmaydi. Operatsiya jarohatni yuvish, yakunlovchi degazatsiya, antibiotiklar bilan infilьtratsiya, rezina trubkalar va aseptik bogʼlam qoʼyish bilan yakunlanadi, qoʼl va oyoqlar immobilizatsiyai shinalari va gips langetalarini qoʼyish bilan amalga oshiriladi. Zich sirkulyar bogʼlamlar qoʼyish birinchi kunlarda man etiladi, chunki toʼqimalar shishib, ishemik buzilishlar ruy berishi mumkin. Аgar bemor kech olib kelingan boʼlsa va toʼqimalari shishgan boʼlsa, u holda faqat degazatsiya va jarohatni kengaytirish bilan cheklanish mumkin. ZM bilan zararlangan boʼshliqlardagi jarohatlarga jarrohlik ishlovi berish. Аgar jarohat miya boʼshligʼida boʼlsa, opernatsiya maxsus gospitallarda bajariladi. Hayotiy koʼrsatmalar boʼyicha malakali vrachlik yordami bosqichida ham operatsiya qilish mumkin. Kalla suyagi shikastlanganda xirurgik ishlov berish qoʼyidagicha bajariladi. Degazatsiyadan soʼng jarohat chetidagi teri va suyak qoldiqlari olib tashlanadi. Suyudural gematoma boʼlsa, miya qattiq pardasi ochiladi va gematoma asta olib tashlanadi. Аgar jarohat zararlangan boʼlsa, yumshoq kateter yordamida 1% li xloramin B eritmasi, 0,1% li rivanol yoki izotonik eritma bilan yuviladi, soʼng kanamitsin antibiotiki yuboriladi. Koʼkrak qafasi jarohatlarida jarrolhlik ishlovi umumiy qoidalar boʼyicha bajariladi. Ochiq pnevmotoraks sohasidagi jarohat degazatsiya qilinadi, jarohatlangan toʼqimalar kesib olinadi va 2% li xloraminning suvli eritmasida yuviladi. Qovurga suyaklari parchalari olib tashlandi, ZM bilan zararlangan qovurgʼalar rezek qilinadi. Oʼpka shikastlanish xarakteriga qarab lobektomiya yoki pnevmonektomiya bajariladi. Plevra boʼshligʼi 5%li perikis vodorod eritmasi, keyin 1% li xloramin eritmasi bilan yuviladi. Ochiq pnevmotoraksngi tikish umumiy qoidalar boʼyicha amalga oshiriladi. Teriga choqlar qoʼyilmaydi. Plevra ichiga antibiotiklar yuborib turiladi. Аgar jarohatni tikishning iloji boʼlmasa, boshqa toʼqimalar bilan plastika qilish mumkin. Gemotoraks boʼlgan hollarda qon aspiratsiyasi oʼtkaziladi va plevraga antibiotiklar eritmasi yuboriladi. Qorin boʼshligʼi jarohatlarining ZM bilan zararlanishi kechiktirib boʼlmaydigan malakali jarrohlik yordamini talab qiladi. Parenximatoz aʼzolar ZM ga nisbatan chidamliroqdir. Shuning uchun bu organlar jarohatida degazatsiyadan soʼng jarrohlik ishloi oddiy jarohatlar ishlovidan farq qilmaydi. Ingichka ichakning ayrim qismi zararlangan boʼlsa degazatsiyadan soʼng shu soha olib tashlanadi, katta sohalarda esa rezektsiyadan soʼng anastomoz qoʼyiladi. Yoʼgʼon ichak shikastlanganda anastomoz qoʼyilmaydi. Yoʼgʼon ichak uchlari qorin devoridan tashqi muhitga notabiy anus sifatida ochib qoʼyiladi. Qorin boʼshligʼi 1% li xloramin B ning suvli eritmasi bilan yuviladi. Katta miqdorda antibiotiklar yuboriladi. Qorin boʼshligʼiga antibiotiklar yuborish maqsadida rezina naycha qoʼyiladi. Jarohat qavatma-qavat tikiladi (teri tikilmaydi). Jarohatlangan boʼgʼimlarda birlamchi jarrohlik ishlovi jarohat degazatsiyasi, oʼlgan toʼqimalarni olib tashlash, qon quyqalari va yot jismlarni olib tashlashdan iborat. Boʼgʼim boʼshligʼi 2%li xloramin b ning suvli eritmasi bilan yuviladi, antibiotiklar yuborildadi. Boʼgʼim massiv shikastlangan boʼlsa, boʼgʼim rezektsiyasi yoki amputatsiya oʼtkaziladi. FZM bilan zararlangan jarohatlarga biolamchi jarrohlik ishlovi berish. Jarohatga FZM ning tushishi hayot uchun oʼta xavfli, chunki u tez rezorbtsiyalanadi, shuning uchun birlamchi jarrohlik ishlovi ZM taʼsirini toʼxtatuvchi dorilar yuborilgandan keyin amalga oshiriladi. Bemor malakali tibbiy yordam bosqichiga yetib kelguncha jarohatda ZM qolmaydi, shuning uchun oddiy jarohat singari jarrohlik ishlovi oʼtkaziladi. Аralash kimyoviy shikastlanishlarda shok rivojlansa, umumiy shokka qarshi vositalar bilan bir qatorda antidotlar yuboriladi. ZM ning qondagi miqdorini kamaytirish maqsadida qon yoki qon oʼrnini bosuvchi suyuqliklar qoʼyish tavsiya etiladi. Qon oʼrnini bosuvchi suyuqliklar sifatida past molekulyar poliglyukin keng qoʼllaniladi. Аralash kimyoviy shikastlanishlarida koʼp hollarda yiri ngli asoratlar rivojlanadi. Shu sababli antibiotiklar va sulьfanilamid preparatlarini keng ishlatig maqsadga muvofiqdir. 5. ixtisoslashgan jarrohlik yordami gospitallarda koʼrsatiladi. Bu bosqichga yetib kelganda bemorlarda ZM natijasida umumiy intoksikatsiya belgilari yuzaga chiqadi. Shu sababli jarrohlik yordami bilan bir qatorda ilk kunlardanoq intoksikatsiyaga qarshi choralarni ham koʼrish darkor. Download 103.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling