Termik va kimyoviy shikastlanishlar. Reja: 1


 Turli hayvonlarda kuyishlarning kechish  xususiyatlari


Download 463.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana08.01.2022
Hajmi463.31 Kb.
#250653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
termik shikastlanishlar

2. Turli hayvonlarda kuyishlarning kechish  xususiyatlari. 

Kuyishning  birinchi  darajasida  ot  va  qoramollar  20  daqiqadan  so’ng 

bezovtalanib yotmoqchi bo’ladi va oyoqlari bilan yerni tirnaydi. 



Qo’yishning ikkinchi darajasida go’shtxo’r hayvonlarda har xil kattalikda seroz 

suyuqligi bilan to’lgan pufaklar  paydo bo’ladi.  Ot, qoramol va cho’chqalarda teri 

osti  kletchatkasining  tarqalgan  shishi  kuzatiladi.  Pufaklar  yorilgandan  so’ng 

o’rinlarida yara hosil bo’ladi. 



Oqibati.  Birinchi  va  chegarallangan  ikkinchi  va  uchinchi  darajali  kuyishlarda 

kuyish  jarayoni  bitib,  hayvonlar  sog’ayib  ketadi.  Yirik  kuyishlarda  (tana 

yuzasining 50 % i va kattaroq) kasallik oqibati gumon yoki yomon.  

Juda  yosh  va  qari  hayvonlar  kuyishni  og’ir  kechiradilar.  Qoramollar  otlarga 

nisbatan kuyishlarga chidamliroq bo’ladi.  Qoramollar ikkinchi – to’rtinchi darajali 

kuyishlarda,  tana  yuzasining  50  %  dan  ko’p  kuyganda  ham  tegishli  davolashda 

sog’ayib  ketishi  mumkin.  Cho’chqalarda  keng  kuyishlar  ko’pincha  chuqur  torpid 

shokning rivojlanishi va o’lim bilan tugashi mumkin. 




Download 463.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling