qichishadigan jarayonlar kuzatiladi. Bunda teri va chuqur joylashgan to’qimalarda
destruktiv o’zgarishlar bo’lmaydi, faqat teri oqaradi va sezuvchanligini yo’qotadi.
2 – darajali sovuq urishlarda teri qon tomirlarida turg’unlik hosil bo’ladi,
teri ko’kimtir – qizg’ish tusda, shishgan bo’lib, pufaklar rivojlanadi va ichida
quyuq ekssudat to’planadi.
3 – darajali sovuq urishda terida destruktiv–degenerativ o’zgarishlar bilan
nekroz kuzatiladi. Teri qora rangda bo’lib, kuchli shish rivojlanadi, katta pufaklar
ichida to’q qo’ng’ir rangli suyuqlik to’planadi, zararlangan joyda keyinchalik nam
gangrena boshlanadi.
4 – darajali sovuq urishda jarayon teri ostidagi yumshoq to’qima va
suyaklargacha yetadi. Sovuq urgan organ sinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: