Terminal” filmi syujetida axloqiy kategoriyalar, axloqiy tanlov, nikoh va oilada axloqning o’rni


Download 17.42 Kb.
Sana22.09.2020
Hajmi17.42 Kb.
#130846
Bog'liq
Qodirberganova Yorqinoy essay


Terminal” filmi syujetida axloqiy kategoriyalar, axloqiy tanlov, nikoh va oilada axloqning o’rni

Bu shedevr Stiven Spilberg tomonidan ishlangan bo’lib, haqiqatdan ham insonni o’ylashga majbur qiladi.Ya’ni qiyin vaziyatda ham umidsizlikka tushmasdan yorug’ kunlar kelishiga intilish, qo’l qovushtirib o’tirmasdan oldinga harakat qilish kabilar. Film ilk daqiqalardanoq o’ziga jalb qila oladi.Filmni tomosha qilish davomida to’xtamasdan kulishga majbur qilmasa-da, qandaydir quvnoq va takrorlanmas film. Bu film bizni yaxshilikka ishonishga undaydi va yaxshiliklar shunchaki bor emas,balki ular bizga juda yaqinligini uqtiradi.Viktor Navorskiyning aeroport ichidagi holati Forrest Gampning hayotdagi holatiga o’xshaydi. Ammo u bu sinovlarga juda yaxshi qarshi tura oldi. o’ziga begona joyda , umuman o’ziga notanish bo’lgan tilni o’rganish har qanday odamning qo’lidan ham kelavermaydi.

Terminal- xuddi kichkina shaharchaga o’xshaydi, derazasidan tashqarida esa turli voqeA-hodisaalrga boy bo’lgan dunyo bor. Viktor Navorskiy aynan shu dunyoga chiqishni juda xohlaydi. Ammo ma’lum sabablar tufayli u terminalni tark eta olmaydi. Bu film menga aynan insoniy his-tuyg’ularga boyligi bilan juda yoqdi. Bu film ssenariysi ishonarli, aktyor ham o’z ishini uddasidan chiqqan film davomida uni boshidan kechirganlarini xuddi o’zimda bo’layotgandek his qildim va menga bu film haqiqatdan ham juda yoqti, chunki “Hayot bu-kutish”. Bu so'zning ma’nosi g'ayrioddiy.

Barcha voqealar aeroportda bo'lib o'tadi,kundalik hayotimizda ammo aeroport ichidagi hayot haqida biz hatto o'ylamaymiz, kuniga qancha odam u yerda vaqtini kutish bilan o’tkazadi bu bizga xattoki qiziq ham emas. Aynan shuning uchun ham filmning shiori aynan shunday: "Hayot bu kutish". Bu film bizga aynan biroz to’xtab o’ylab olishimizga yordam beradi.

Film rejissyori Spilberg bizga insoniy munosabatlarni yangi ko'rinishda taqdim etadi, va yana muhabbatni ham taqdim etadi - barchamiz ko'rib odatlanganimizdek, faqat romantikadan iboraat muhabbat emas. Insonning taqdiri va ularning o'zaro bog'liqligi haqida to'liq hikoyani ko'rsatadi va bizga bu dunyoda hech narsa tasodifiy emasligini uqtiradi. Filmdagi oddiy insoniy mehr va muruvvatga qaratilgan e'tibor tahsinga loyiq! Bunday odam oldida tiz cho'ksa arziydi, chunki u hozirgi dunyoning haqiqiy boyligidir.

Film oxirida ushbu shaxsning mohiyati va uning qalbiga xos bo'lgan ichki kuch ko'rsatilgan. Bosh qahramonga bo'lgan hamdardlik tufayli g'ayrioddiy tuyg’ular va hissiyotlar oqimini boshdan kechirdim va u sevgi va adolatli insoniy mehrga tayyorligini tushundim. Film mehr bilan to'yingan.Bu odam qanchalik mehnatkash va sodda, halolligini ko’rib, mening ko'zlarimga yosh keldi.



Umuman olganda, filmni tomosha qilishni maslahat beraman. Tom Xenksning aktyorlik mahorati, Stiven Spilbergning mukammal iste'dodi bilan uyg'unlashib mukammal film yaratilgan.
Download 17.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling