Termiz – 2023 yil Kirish I bob
Download 231.97 Kb.
|
BAHOR
Х U L О S А
Har qanday san’at turi insonga o’z ta’sirini o’tqazib unda dunyo qarashini shakllantiradi. Tasviriy san’at insonda xayotdagi ko’rsatgan jasoratini, fikr va ichki xissiyotlarini aks ettiradi. O’zbek tasviriy san’atini dastlabki rivojlanishi bosqichida rassomlar xaqiqatni yarim manzara shaklida tasvirlashdi. Ularni sharqona hayot, yodgorlik, obidalar fonida, gala – bozor hayoti, choyxonada hordiq chiqarayotgan rang – barang liboslardagi odamlar qiziqtirdi. Xalqning yangi turmush – tarzi, qishloq hayoti, paxta dalalaridagi mehnat jarayoni, o’zbek rassomlarining asosiy mavzusi bo’lib qoldi, O’zbekiston tasviriy san’ati hozirgi bosqichda “Professionalizm” – mahorat jihatidan o’zining yuqori mavqeyiga ega bo’ldi. Hozirgi zamon san’ati rivojlanishiga, rassomning ijodiy izlanishni yangi mazmunli g’oya, insonlarining ma’naviy – ma’rifiy talablarini qondirish bilan bog’liqdir. Shuning uchun kartina kompozitsiyasi yechimi, murakkab ruhiy holatini topish, rassomdan kundalik hayotidagini aks ettirish muammolarini, zamondoshlarning ichki his – tuyg’ularini sezishni, to’gri chuqur tasavvur etishni talab qiladi. Rassomlar zimmasiga o’z asarlariga badiiy obrazlarni yaratish vositalarini boyitish, taraqqiy etgan jahon ilg’or rassomlari bilan dunyo qarashlari ko’lamini kengaytirish kabi ma’suliyatlar qo’yilgan. Mustaqillik tufayli boshlangan buyuk tarixiy taraqqyot elidan va olg’a rivojlanib borayotgan O’zbekiston Respublikasi oldida endilikda bir qancha muhim vazifa va muammolar turibdi. Ilm – fan, madaniyat va ma’rifat har qanday mamlakatni yuksaklikka ko’taradi, uni taraqqiyotini ta’minlaydi. Darhaqiqat, bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichda kirganki unda xarbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat aql – idroq fikr ilg’or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Endilikda har qaysi davlat, har qaysi millat, birinchi navbatda, o’zining yuksak madaniyat va ma’naviyatli bilan kuchidir. Mamlakatimiz kelajagi so’zsiz kadrlar tayyorlashga bevosita bog’liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo’lish uchun, ta’lim – tarbiya tuzumini tubdan o’zgartirish, uni davr talaba darajasiga ko’tarish, jamiyatimizning, har birimizning oldimizdagi eng muhim vazifalaridan biri bo’lmog’i kerak. Download 231.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling