2.3.Rivojlanayotgan davlatlarda bank inqirozi
Hozirgi davrgacha misol sifatida ko‘rsatiladigan mashhur og‘ir moliyaviy inqirozlar AQSHdan tashqarida sodir bo‘lgan edi. Xususan rivojlanayotgan davlatlar juda xam kuchsiz bo‘lib, 1990-yillarda kambag‘allikni yo‘qotish va tezkor iqtisodiy o‘sishni ta’minlash umidida o‘z moliyaviy bozorlarini tashqi dunyoga ochib berishdi. Aksincha, AQSHda sodir bo‘lgan Buyuk Depressiyaning salbiy ta’siri natijasida ushbu millatlarning ko‘pchiligi moliyaviy inqirozni boshdan kechirdi.
1994-yilda boshlangan Meksika inqirozi, 1997-yilning iyulida boshlangan Sharqiy Osiyo inqirozi va 2001 -yilda boshlangan Argentina inqirozi eng og‘ir moliyaviy inqirozlar hisoblanishadi. Rivojlanayotgan davlatlar, xususan Meksika, SHarqiy Osiyo mamlakatlaridan Tailand, Malayziya, Indoneziya, Filippin va Janubiy Koreyada juda yuqori o‘sish suratlari ta’minlanayotgan sharoitda iqtisodiy faoliyatning keskin pasayishini sodir bo‘lishi iqtisodchilar uchun turli jumboqlarni keltirib chiqardi.
Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning dinamikasi bozor iqtisodiyoti rivojlanishining dastlabki bosqichlaridagi iqtisodiy tuzumlar xisoblanib, dunyoning boshqa davlatlaridan tovarlar, xizmatlar va kapital oqimini liberallashtirishga erishishgandir. Qaysidir jihatdan ushbu davlatlarning mazkur iqtisodiy siyosati rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSHning tovalar, xizmatlar, va kapital oqimiga nisbatan erkinliklar berish siyosatiga o‘xshasada biroq ayrim muhim jihatlari bilan farqlanadi.
Birinchi bosqich. Moliyaviy inqirozlarning boshlanishi.
Rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqiroz bir nechta omillar hisobiga sodir bo‘lgan. Ammo rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqiroz ikkita asosiy yo‘lda rivojlanib borgan: moliyaviyliberallashuv va globallashuvni noto‘g‘ri boshqarilishi yoki kuchli fiskal dizbalans.(1-rasm)
Moliyaviy liberallashuv/globallashuvni noto‘g‘ri boshqarishning birinchi yo‘li eng umumiy jinoyat hisoblanib, 1994 -yilda Meksikada va 1997- yilda ko‘plab SHarqiy Osiyo davlatlarida moliyaviy inqirozlarni keltirib chiqargandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |