Termiz-2022 Bank inqirozlari I. Kirish. II. Asosiy qism


Kuchli fiskal dizbalans valyuta inqirozini keltirib chiqaradi


Download 1.01 Mb.
bet9/15
Sana08.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1443473
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Bank inqirozlari

Kuchli fiskal dizbalans valyuta inqirozini keltirib chiqaradi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, kuchli fiskal dizbalans bank balansining yomonlashuviga olib keladi, o‘z navbatida yuqorida tasvirlanganidek valyuta inqirozini yuzaga kelishiga olib keladi. Fiskal dizbalans bevosita valyuta inqirozini keltirib chiqaradi. Davlat byudjeti defitsiti nazoratdan chiqib ketsa, xorijiy va maxalliy investorlarda davlat qarzini to‘lash borasida muammolar mavjudligi to‘g‘risida shubhalanisha boshlaydi. Bu holat xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan mamlakatdan pulni olib chiqib ketish va milliy valyutani sotish jarayoni boshlanadi. Fiskal holatning nazoratdan tashqarida ekanligini tan olinishi valyutaga nisbatan spekulyativ hujumni keltirib chiqaradi. Natija valyutaning sinishiga olib keladi.
Uchinchi bosqich. To‘liq moliyaviy inqiroz.
Odatda qarzdorlikni milliy valyutada ifodalovchi ko‘plab rivojlangan iqtisodiyotlarga qaramaqarshi rivojlanayotgan davlatlar ko‘pgina qarzdorlik shartnomalarini valyuta nomuvofiqligiga olib keluvchi xorijiy valyutada ifodalashadi. Rivojlanayotgan davlatlarda milliy valyutaning kutilmaganda qadrini oshishi yoki tushishi (masalan, peso)milliy valyutaga nisbatan hisoblanganda mahalliy firmalarning qarzdorlik yukini oshiradi. Qiymati dollarda ifodalangan qarzlarni qaytarishda ko‘p peso talab qilinadi. Ko‘plab firmalar o‘zlari ishlab chiqargan tovar va xizmatlarini milliy valyutada baholashganligi sababli firmalarning aktivlari pesoga nisbatan qiymati oshmaydi, balki ularning xorijiy valyutadagi qarzlari o‘sadi.Milliy valyuta qadrining pasayishi aktivlarga nisbatan qarzlarning qiymatini oshiradi va firmalarning sof qiymati tushadi. Sof qiymatning pasayishi ilgari tasvirlangantanlovning qiynlashishiga va psixologik risk muammosini murakkablashtiradi.
Biz xozir rivojlanayotgan davlatlarda qarz bozorining institutsional tuzilmasi qanchalik darajada valyutaning devalvatsiyasi bilan o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishi orqali mamlakatlarni to‘liq masshtabli moliyaviy inqiroz holatiga tushirishini ko‘rishimiz mumkin. Valyuta qadrining tushishi natijasida yuzaga keladigan valyuta inqirozi firmalarning balansini yomonlashishiga olib keladi va tanlovning yomonlashuviga va psixologik risk muammosini kuchaytiradi. Iqtisodchilar teztez valyuta inqirozi va moliyaviy inqirozni birgalikda “egizak inqirozlar” deb nomlashadi.
Valyutaning sinishi yuqori inflyasiyani keltirib chiqaradi. Ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarda markaziy banklar rivojlangan davlatlardan farqli ravishdainflyasiya xurujiga nisbatan mustahkamlikka ega emas.Bundan ko‘rishimiz mumkinki, valyuta inqirozidan so‘ngmilliy valyutaning keskin qadrini tushib ketishi import tovarlar narxiga yuqori darajada bosimni keltirib chiqaradi. Haqiqiy va kutilayotgan inflyasiyani keskin ko‘tarilishi bevosita mahalliy foiz stavkalarning oshishiga olib keladi. Foizli to‘lovlarning oshishi natijasida firmalarning pul oqimini qisqartiradi. Firmalar o‘zlarining investitsion faoliyatini moliyalashtirish uchuntashqi moliyalashtirish fondlariga haddan ortiq bog‘liqligi yuqori darajada assimetrik ma’lumotlar muammosini keltirib chiqaradi. Assimetrik ma’lumotlar tahlili ko‘rsatadiki, tanlovning qiyinlashishi va psixologik risk muammosi natijasida investitsion va iqtisodiy faoliyat pasayadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling