Termiz agrotexnalogiyalari innavatsion rivojlanish instituti


Pista o`stirish texnalogiyasi


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1566913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pista bim2023

 1.3. Pista o`stirish texnalogiyasi 
Xandon pista juda keng maydonda tabiiy tarqalgan .Markaziy Osiyoda uning 
shimoliy chegarasi Olmaliqsoy bo`lsa janubda Afg`aniston ,g`arbda Kopet tog`va 
janubiy-sharqda Pomir-Olaygacha cho`zilib ,tog`qiyaliklarning 500-600 m dan 
1600 m balandlikgacha bo`lgan qismini egallagan.Afg`onistonda ,hattoki ,2700 m 
tog` balandliklarida xam uning o`sayotgan daraxtlari topilgan .Xandon pista ,xatto 
Moldoviya ,O`rta yer dengizi mamlakatlarda ,Kaliforniyada ,Suriyada ,Iroqda 
,Falastinda ,Turkiyada ,Italiyada ,Pokistonda ham o`sadi. Xandon pistaning asosiy 
maydonlari tog` oldi va qurq tog`lar mintaqalarda yillik yog`ngarchilik miqdori 300 
-350 mm ga teng bo`lgan hududlarga joylashgan .Bu yerlarda vegitatsiya davri 
210-220 kunni tashkil qiladi ,eng yuqori harorat 47 -48 C ga teng . Xandon 
pistaning ildizlari 10-12 m chuqurlikka borib yetadi .Ko`pchilik olimlarning fikricha 
(Korjinskiy ,Lisnevskiy ,Popov ), O`zbekiston haqiqatda ham xandon pista 
mamlakati bo`lgan ekan . Ammo katta hududlarda ularning kesilib ketishi 
natijasida tabiiy tiklanmagan . Pistazorlarni ko`paytirish faqat sun’iy ravishda 
urug`larini sepib , keyinchalik ularni payvandlash yo`li bilan tiklash mumkin . 
Kattaqo`rg`on suv ombori atrofida 2.0 ming gektar yerda ekib o`stirilgan 
pistazorlar bu usulning afzalligini isbotladi va pista hosili terib olinmoqda
1970 yillargacha tuproq yuvilishiga qarshi ,sel xodisalaridan saqlanish maqsadida 
hamda namgarchiligi kam bo`lgan tog` oldi va tog` qiyaliklarda pistazorlar barpo 
etish uchun ko`chatlar qalin qilib joylashtirib ekilgan
Pista urug`lari bir gektarga 1000 dan 1650 ,ba’zan 2000 donagacha ekiladi .Keyingi 
yillarda xandon pista mevasiga talab oshib ,natijada ularning plantasiyalarini 
tashkil etishga o`tildi va pistaning erkak daraxtlarini payvandlashga kirishildi . 
Sanoat pistazorlarini tashkil qilish uchun tabiiy pistazorlar ichidagi bo`sh yerlardan 
,qo`shni maydonlardan foydalaniladi hamda shimoliy ,shimoliy-g`arbiy va 
shimoliy-sharqiy yo`nalishlardagi qiyaliklar ajratiladi . 
Bunday pistazorlarni tashkil qilish uchun Surxandaryo ,Qashqadaryo ,Jizzax va 
Samarqand vilayotlarining tog` oldi va tog` hududlari mos keladi .Yaqin sharq 
mamlakatlarida pistani “yashil oltin”yoki “oltin daraxt” deyishlari bejiz bo`lmasa 
kerak. Biroq respublikamizda plantasiyalarini barpo etishga uzoq vaqtlar 
davomida e’tibor berilmagan .Sun’iy pistazorlar o`rmon tipida ,ya’ni qalin qilib 
ekilib ,barpo etilgan ,ularni tashkil qilishda xanodon pistaning biologik 


xususiyatlari xisobga olinmagan .ekilgan ko`chatlarning qalinligi natijasida ular 18 -
20 yildan keyin hosilga kirgan va hosildorlik o`ta kam miqdorni tashkil qilgan . 
Keyinchalik ilmiy izlanishlar natijasida qalin pistazorlarni siyraklashtirish ishlari 
olib borilib, ko`chatlarni joylashtirish bo`yicha quyidagi tavsiyalar ishlab chiqilgan :
-tog` qiyaliklarining nishabi 10 C bo`lganda daraxtlarni – 6x8 , 8x8 , 8x10 m 
qilib joylashtirish ,ya’ni bir gektar maydonga 200 dan 120 donagacha daraxt 
bo`lishga erishish ; 
- qiyalik nishabi 11-15 C bo`lganda daraxtlar 6x6 va 6x8 m sexemada (300 -200 
tup) joylashtirish ;
-qiyalik nishabi 16 -20 C bo`lganda 4x6 va 6x6 m sxemada (400 -300 tup 
daraxt )joylashtirish taqdim etilgan .
Shu bilan birga plantasiyalarda , iloji boricha erkak va urg`ochi daraxtlar 1:5 va 
1:7 nisbatda joylashtirilganda changlanish yaxshi bo`lib , hosildorlik oshishi 
aniqlangan . 
Ayniqsa agrotexnik tadbirlarni amlaga oshirish , ya’ni , kuzda qator oralarini 25 
– 27 sm chuqurlikda haydash , bahorda 15 – 18 sm chuqurlikda yumshatish , 8 – 
12 sm chuqurlikda kultivatsiyalash hamda organik va mineral o`g`itlar bilan 
oziqlantirilganda pista ekinining namlik va oziqa bilan ta’minlanishi yaxshilanadi 
.Buning natijasida ularning umumiy yillik o`sishi va barg massasining ko`payishi va 
pistazor mahsuldorligi oshadi . 
Yuqoridagi tadbirlar amalga oshirilgandan 10 yil o`tgach bir gektar pistazor 
hosildorligi 3 – 4 marotabaga oshadi ,mevasining sifati yaxshilanadi , har xil 
kasallik va zararkunandalar bilan kasallanishi kamayadi . 
Xandon pista ildizlari 10 – 12 m chuqurlikgacha yetib, gorizontal yo`nalishda 
esa 20 m va undan ham uzoqroq tarqalishi mumkin . Mevalari avgust oyida 
pishadi .Bu paytda tuproqdagi namlikdan umuman foydalanib bo`lingan bo`ladi . 
Xandon pistaning tabiiy tarqalish ariali 100 -200 yil ilgari ancha pastroqlarda 
joylashhgan . Ammo ularni yoqilg`i sifatida kesib , foydalanilgan va butunlay yo`q 
qilib yuborilgan .
Ularning maydoni 300 ming gektardan oshiqroq bo`lgan .O`zbekistonda tabiiy 
va sun’iy barpo etilgan maydonlardagi pistazorlar xozir 40 ming gektardan ortiqni 
tashkil qiladi . O`zbekistonda sun’iy pistazorlar barpo etishning birinchi tajribasi 
bundan 100 yil avval Samarqand atrofidagi yerlarda olib borilgan .Keyin bu 
ishlarni I.K. Trosko (1930) Bobotog` o`rmon xo`jaligida davom ettirgan ,12 xil pista 
daraxti navi tanlab olinib , ularni ko`paytirish tavsiya etilgan .


O`zbekistonda tabiiy pistazorlarning eng ko`p tarqalgan maydoni Bobotog` 
tizmasda , undan tashqari Tiyan –Shanning janubiy qiyaliklarida , Farg`ona , 
Chotqol ,Turkiston ,Zarafshon va Hisor tog` tizmalarining qiyaliklarida uchraydi . 
Xandon pistaning me’yoriy o`sishi va rivojlanishi uchun ma’lum darajadagi 
havoning harorat yig`indisi kerak .Shu jumladan vegitativ organlarning rivojlanishi 
uchun harorat 10 C dan yuqori yig`indisi 3500 C dan kam bo`lmasligi zarur ; 
generativ organlarning rivojlanishi uchun esa 20C dan yuqori 2000 -2200 C dan 
kam bo`lmasligi lozim. 
Umuman, O`zbekistonda pistani sanoat plantasiyalarini barpo etish uchun 
dengiz sathidan 500-1400 m balandliklarda va yog`in-sochin miqdori 300 mm dan 
kam bo`lmagan tog` oldi yerlarda joylashtirilsa, maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Shunday mintaqalarga Bobotog` hamda Samarqand viloyatining tog` oldi 
hududlari kiradi. Undan tashqari xandon pistani Farg`ona, Namangan, 
Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarining tog` oldi hududlarida yillik yog`in miqdori 300-
400 mm teng bo`lgan maydonlarida o`stirish mumkin. 
Plantasiyalar tashkil qilish uchun iloji boricha tekis yerlar va qiyaligi 20° dan 
oshmagan qiyaliklar ajratilishi kerak.
Xandon pista plantasiyalarini barpo etish uchun sog`lom, shkastlanmagan 
daraxtlardan tanlab terib olingan urug`lardan foydalaniladi. Urug`lar to`liq 
pishgandan keyin teriladi, 4-5 kun davomida quyosh nurida quritilgan va tashqi 
qibig`idan ajratiladi.Urug`larni ekishdan oldin stratifikatsiya qilinadi. Bu jarayon
30-40 kun davom etadi. Pista mevalari nam va qum 1:3 nisbatda aralashtiriladi. 
Nish bergan urug`lar qumdan tozalanib ekiladigan joyga olib boriladi.
Stratifikatsiyani tezlashtirish maqsadida urug`larni suvlab issiq xonada 3 kun 
saqkanadi, suv bir kunda 3-4 marotaba almashtirilib turiladi. Yetilgan urug`lar 
namligicha qoplarga joylanib, namlikni qochirmay 7-8 kun xonada saqlanadi va 9 
kunga kelib urug`lar nish beraboshlagach, ekiladi. 
Professor S.M.Ablayev(1987) straktifikatsiya qilishni tezlashtirish usulini tavsiya 
etgan. Unga asosan, pista urug`lari 12 soat ichida iliq (20C) suvda saqlanadi. Kiyin 
esa 1:3 nisbatda qum bilan aralashtiriladi va 50 sm dan oshmagan qatlamda 18-
20C haroratdagi xonada saqlanadi, 11-12 kuni urug`lar ochilib, nish chiqara 
boshlagandan keyin, o`stirish joyiga ekiladi.
Yuqori hosil beradigan pistazorlar barpo etish qiyalik, dengiz sathidan 
balandlik, yog`in-sochin miqdori bilan bog`liq bo`lib ,yerlar yoppasiga haydalib, 
zinapoyalar yoki maydonchalar usulida tayyorlanadi.


Ma`lumki, tog` mintaqalarida tekis maydonlar kam. Ular asosan soylarning 
o`zanlaridagi kichik-kichik bo`laklardan iborat maydonlardir. Bunday joylarda yer 
qora shudgor usulida tayyorlanadi. Kuzda esa 40-50 sm haydalib yovvoyi o`tlardan 
tozalanadi. Kelgusi yil bahorda boronalanadi va yil davomida 2-3 marotaba 
kultuvatsiya qilinadi yoki kuzda RTN-2-2,5 markali yumshatgich bilan 27-30 sm 
chuqurlikda yumshatiladi. Urug`(ko`chat)8-12°, asosining kengligi 3-4 m bo`lgan 
kenglikdagi tayyorlangan zinapoyalarga ekiladi.
Qiyalik 12-20° bo`lgan zinapoyalar maxsus terrasa TR-2A T-4 yoki buldozerlar 
yordamida tayyorlanadi. Terrasa asosining kengligi 5 m gacha bo`ladi va qiyalik 5° 
dan ko`p bo`lmaydi.Tayyorlangan zinapoyalar asosi kuzda yumshatgichlar (RN-60, 
RTN-2-2,5) yordamida 50-60 sm chuqurlikda yumshatiladi. 
Qiyalik 25° bo`lganda esa pista urug`lari maxsus tayyorlangan maydonlarga 
ekiladi. Bu ishni amalga oshirish uchun OPGN-1 moslamasidan foydalanish 
mumkin. 
Xandon pista pantasiyalari (pistazorlar) barpo etishda, uning urug`lari doimiy 
o`stirish joylariga sepish yo`li bilan olib boriladi. 
O`zbekiston sharoitida eng yaxshi muddat fevralning oxiri-martning boshi 
hisoblanadi. Chunki bu paytda havoning harorati ±5°C dan ortiq bo`ladi va deyarli 
pasaymaydi.
Pista daraxti lalmi yerlarning og`ir sharoitida o`sishi tufayli ko`p oziqlanish 
maydonini talab qiladi. Shuni etiborga olgan holda yoppasiga haydalgan joylarda 
urug` sepish joylari 8x8 m yoki 10x10 m qilib zinzpoyalarda esa –har 6 m da 
maydonchalarda esa bir donadan sepish o`rni belgilanadi.
Urug`lar urug` sepish moslamasi HSG yoki qo`lda ketmon yordamida, bir 
chuqurga 5-6 donadan tashlab ekiladi. Urug`lar 6-7 sm chuqurlikda ko`milady.
Barpo etilgan pistazorlardan meva beraboshlaguncha daraxtlar oraligiga har 
xil qishloq xo`jalik ekinlari o`stirish uchun foydalaniladi. 
Urug` sepilgandan keyin 2 yil o`tgach, unib chiqqan nihollar siyraklashtirilib, 1-
2 dona yaxshi rivojlanganlari qoldiriladi va ularga 3-4 yili yaxshi pista navlari
payvandlanadi. Bu yoshda nihollar balandligi 50-60 sm ni tashkil qilib 
payvandlashga tayyor bo`ladi.
Kiyinchalik har yili tuproq 3 marotaba yumshatiladi (aprel, may va iyun 
oylarida), yumshatish uchun har xil yumshatgichlar, kultivatorlar va pluklardan 
foydalaniladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling