Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti agrologistika va biznes fakulteti veterinariya meditsinasi
Download 79.42 Kb.
|
SABIJON
Perkussiya. Bu usulda hayvonlarning tana yuzasiga yoki a’zolariga urib, taqillatib, hosil bo’lgan tovushga qarab:
- a’zolarning chegarasi; - a’zolarning fizik holati aniqlanadi. Perkussiya vaqtida tovush to’lqinlari tarqalishi yordamida tinch turgan hujayra va a’zolar harakatga keltirilib, tovush hosil qilinadi va eshitiladi. A’zolarning kattaligi, elastikligi, zichligi, ichidagi moddalarning har xil bo’lganligi uchun, taqillatganda me’yorda ham har xil tovush chiqaradi va shu tovushga qarab vrach xulosaga keladi. Shuning uchun o’zida gaz saqlamasdan, faqat hujayralardan tashkil topgan a’zolardan past, o’tmas tovush eshitiladi. O’pkada ham hujayralar, ham havo bo’lganligi uchun, taqillatganda, o’pkaga xos atimpanik tovush eshitiladi. Me’da ichak tizimida oziqa, suyuqlik gaz bo’lganligi uchun o’tmasroq yoki bo’g’iqroq tovush, peshona va yuqori jag’ bo’shlig’i, havo xaltasi va katta qorinning yuqori qismida faqat gaz bo’lganligi uchun nog’orasimon yoki timpatik tovush, suyaklardan jarangdor tovushlar eshitiladi. Perkussiya usuli bilan hayvon tekshirilayotganda xona tinch bo’lishi, shovqin, qo’shimcha tovush bo’lmasligi kerak Xulosa Chorvachilik va amalga oshirilishi zarur bo’lgan barcha veterinariya tadbirlarini rejali ravishda bir paytning o’zida tashkillashtirilishi hamda moddiy-moliyaviy ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun barcha veterinariya xizmati mutaxassislari (davlat, idoraviy, xususiy) o’z ish o’rinlarida doimiy tarzda veterinariya tadbirlarining rejasini tuzishi hamda oqilona tashkil etib, ijrosini ta’minlashlari talab etiladi. Bu esa turli yuqumli kasalliklarni oldini olish va davolash hamda tugatishda muhim ahamiyatga ega.Veterinariya tadbirlari quyidagi 4-ta guruhga bo’linadi:1. Тashkiliy xo’jalik tadbirlari2. Profilaktik tadbirlar 3. Veterinariya-sanitariya tadbirlari 4. Davolash tadbirlari Ushbu tadbirlarni xo’jalik veterinariya mutaxassislari amalga oshiradilar. Davlat veterinariya mutaxassislari esa tadbirlarning o’tkazilishini nazorat qiladi va ko’maklashadi. Umumiy profilaktik tadbirlar xo’jalik va zootexnikaviy tadbirlar bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Chunki bu tadbirlarni amalga oshirish natijasida mol saqlanadigan fermalarning tozaligini, sifatli va sog’lom chorva mahsulotlari, mollarning zaharlanishi, yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan zararlanishni oldini olishini ishlab chiqarish ta’minlanadi. dmumiy profilaktik tadbirlarga quyidagilar kiradi: 1. Molxonalarni mexanik tozalash 2. Molxona atrofini go’ng va har xil chikindilardan tozalash; Veterinariya statistikasining ma’lumotlari shuni ko’rsatdiki, kasallangan hayvonlarning umumiy sonini 80%-dan ko’prog’i yuqumsiz kasalliklarga to’g’ri kelib, asosan hayvonlarni oziqlantirishning buzilishi va ularni qoniqarsiz saqlash natijasida kelib chiqadi va chorvachilik tarmog’iga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Ma’lumki, tashkiliy xo’jalik va davolash, oldini olish choralari, fermalarda veterinariya-sanitariya madaniyatini kuchaytirish, umumiy oldini olish vositalaridan foydalanish, kasal hayvonlarni davolash usullari va ilg’orlarning tajribalarini joriy qilish evaziga chorva mollarining yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanishi va o’lishining kamayishi ta’minlanadi. Qishloq xo’jalik hayvonlarining yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanishini kamaytirish - bu chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o’sishi va uning rentabelligining ortishiga imkon yaratish demakdir. Yuqumsiz kasalliklarning oldini olishda xo’jaliklarning veterinariya mutaxassislari katta rol uynaydi. Qaysiki, xo’jalik rahbarlarining yordami bilan doimo chorvachilik fermalarida tegishli veterinariya-sanitariya sharoitlarini tashkillashtirish, shuningdek Veterinariya qonunchiligi shartlarini bajarilishini nazorat qilishi zarur. Bu vazifalarning bajarilishi ko’p hollarda xo’jalikda yuqumsiz kasalliklarning oldini olish tadbirlarini to’g’ri rejallashtirish va o’tkazishga, shuningdek, veterinariya-davolash ishlarining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Kasalliklarning oldini olish tadbirlarini xo’jalik bo’yicha ve-terinariya punktlari, uchastkalari, xizmat ko’rsatadigan hudud buyicha esa - tumanning bosh veterinariya vrachi rejalashtiradi. Rejada qo’yidagi asosiy tadbirlar ko’zda tutiladi: hayvonlarni klinik ko’zdan kechirish; modda almashinuvining buzilishini aniqlash uchun hayvonlarni tanlab qonini tekshirish, siydikni-oqsil va atseton saqlashga, sutni-bakterial va mexanik ifloslanishga; zotli erkak hayvonlarni (buqa, ayg’ir, qo’chqor va hokazo) keng qamrovli tekshirish; sigir va g’unajinlarni ginekologik tekshirish; ozuqalarning sifatini (protein, karotin, kalsiy, fosfor, kislota va boshqa moddalarning saqlanishiga) va suvni tekshirish; chorva mollarini yozgi yaylovda saqlashdagi veterinariya tadbirlari; oldini olish maqsadida antibiotiklardan, ABK (atsidofil-bulonli kultura) PABK, vitaminlar, biogenli stimulyatorlarni qo’llash; hayvon va parrandalarni qishda saqlaydigan binolarini tekshirish; tug’ruq binolarining (profilaktoriyalar) va go’ngxonalarning holatini nazorat qilish; hayvonlarni dispanserizatsiyalash; hayvonlarni axtalash; qishloq xo’jaligi hayvonlarining kasalliklarini oldini olish masalalari bo’yicha ferma ishchilari bilan seminar va suhbatlar o’tkazish; hayvonlarning bosh sonini saqlashda ilg’orlarning tajribasini o’rganish uchun eng yaxshi xo’jaliklarga borishni tashkillashtirish. O’tkaziladigan yoki bu tadbirlarning vaqtini hisobga olgan holda yuqumsiz kasalliklarning oldini olish uchun yillik va choraklik rejalar tuziladi, qaysiki rejada yilning boshida bo’lgan hayvonlarning sonini e’tiborga olmasdan, balki yil bo’yicha podada bo’lgan hayvonlarning bosh soni kuzda tutiladi.
Download 79.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling