O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTETI
VETERINARIYA MEDITSINASI (FAOLIYAT TURLARI BO’YICHA) YO’NALISHI 314-GURUH 3-BOSQICH TALABASI MUSINOVA SABRINANING KLINIK DIAGNOSTIKA VA RENTGENOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: Qishloq xo’jalik hayvonlarini tekshirish ishlari.
Reja:
Kirish
1.Hayvonlarni tekshirish usullari.
2.Umumiy tekshirish usullari: ko’rish, paypaslash va termometriya.
3.Hayvonlarni perkusiiya usuli yordamida tekshirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiotlar ro’yxati
Anamnez (yunoncha anamnesis - eslash degan ma’noni bildiradi) - hayvonning kasalxonaga kelguncha bo’lgan hayoti va kasalligi to’g’risida uning egasidan yoki unga qarovchi kishidan so’rashdir. Shunday qilib, anamnez ma’lumotlarini to’plaganda, vrach hayvonning egasidan yoki unga qarovchi kishidan uning hayoti va kasalligi to’g’risida so’raydi, ular esa esiga keltirib savollarga javob beradi. Ya’ni anamnez vrach bilan hayvon egasi o’rtasidagi suhbatdir.
Anamnez ma’lumotlarini to’plash, vrachning kasallikka tashxis qo’yishida katta ahamiyatga ega bo’lib, ayrim kasalliklarni aniqlashda muhim hisoblanadi. Shuning uchun anamnez ma’lumotlarini to’plaganda vrach hayvonning egasi bilan do’stona, yaxshi suhbat qurib, hayvon egasi biladigan hamma ma’lumotlarni aniqlab olishi kerak. Vrachning savollari hayvon egasi yoki unga qarovchi kishi uchun tushunarli bo’lishi kerak. Ayrim paytlarda hayvonga qarovchi kishi - molboqarning yoki buzoqboqarning aybi bilan hayvon kasallikka chalingan bo’lsa, u noto’g’ri javob berishi mumkin. Shuning uchun anamnezni to’plashda olingan ma’lumotlar tekshirish natijalari bilan takqoslanib, to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi aniqlanadi. Bulardan tashqari, anamnez ma’lumotlari olinganda boshqa veterinariya xodimlari ham so’raladi, taqdim etilgan hujjatlarga qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |