Mavzu:”Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va tezlanishlar plani tuzish yo'li yordamida tekshirish. (1,2 modifikatsiyasi)” Reja


Download 44.23 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi44.23 Kb.
#1584693
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va tezlanishlar plani tuzish yo\'li yordamida tekshirish. (1,2 modifikatsiyasi) 15-variant




Mavzu:”Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va tezlanishlar plani tuzish yo'li yordamida tekshirish. (1,2 modifikatsiyasi)”
Reja:
Kirish ………………………………………………………………………3
I-bob. Mexanizmning asosiy turlari va ularning tatbiqi………………...……6
1.1.Mexanizmlarning turli vaziyatdagi planlarini qurish………………...…..9
1.2.Mexanizmlarni tekshirishning diagrammalar usuli. Urinma, ordinatalar va vatarlar usuli…………………………………………………………….….13
Xulosa……………………………………………………………………….19
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………….21

Kirish
Kishi mehnatini yengillashtirish foydali ish bajaruvchi ishlab chiqarish texnikasi — mashina, apparat va asboblardan foydalanishga bog'liq. Barcha texnik qurilmalar tabiat qonunlariga asoslangan bo‘lib, inson bu qonunlardan o‘z faoliyatida foydalanadi. Texnik qurilmalar har xil mexanik qismlardan iborat bo'lib, bu qismlar o'z navbatida qo'zg'almas — mashina va konstruksiyani ko'tarib turuvchi zveno (stoyka rama, korpus) va qo'zg'aluvchi, harakatni detallar yordamida uzatuvchi qismlardan iborat bo'ladi. Bir qancha mexanik qismlarning birikishidan tashkil topgan va foydali ish bajaradigan mexanizmlar gruppasi mexanik mashina deyiladi. Mashina va mexanizmlar kursida faqat mexanik mashinalar o'rganiladi. Shuning uchun «mexanik mashina» atamasini bundan buyon qisqacha «mashina» deb yuritamiz. Bunday mashinalarga yuk tashiydigan, suv, havo, quruqlik transportlari, ish mashinalari va avtomatlari (stanok, press, to'qimachilik sanoati va poligrafiya mashinalari va boshqalar)ni hamda turli nasos va ventilatorlami, asbob, soat va boshqalarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Mashina deb hisoblanmaydigan mexanizmlarda ham mexanik qismlar uchraydi, alohida ajratib qaraganda ular ham kichik bir mashinani tashkil etadi. Bularga matematik hisob mashinasi, kontrol apparat, elektr mashinalarining rotori, fotoapparat zatvori, elektr o'lchov asboblari, elektr vklyuchatel, mashina eshigi oynasini ko'targich, oyna tozalagich va boshqalar kiradi. Mashinalarda ish organi tariqasida gaz va suyuqlikdan ham foydalanish mumkin bo'lib, bunday mexanizmlar, mos ravishda, pnevmatik va gidravlik mexanizmlar deyiladi. Biz ushbu kursda eng ko'p tarqalgan mexanizmlami o'iganamiz. Mashinalar asosan, fizika, nazariy mexanika hamda mashina va mexanizmlar nazariyasi kurslarida bosqichma-bosqich o'rga- niladi. Korxonalarni avtomatlashtirish jarayon bilan shug'ullanish bu fanlarning davomi hisoblanadi. Mashina va mexanizmlar nazariyasi fanida mashina va mexanizmlaming kinematik hamda dinamik tuzilishlari o ‘rganiladi va shu bilan birga yangi mashina va mexanizmlar yaratish usullari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, mavjud sifatsiz mashinalami yengil, tezyurar, kam energiya iste’mol qiladigan, sifatli mahsulot beradigan yuqori unumli mashinaga aylantirish yo'llarini izlash o'rganiladi. Bu kabi masalalarni amalga oshirish uchun mashina va mexanizmlar kursi ikki qismga bo'lib o'rganiladi. 1. Mexanizmlar analizi. 2. Mexanizmlar sintezi. Mexanizmlar analizida mashina va mexanizmlaming harakati ulaming kinematik tuzilishiga va sharnir hamda zvenolariga to'g'ri keladigan ta’sir kuchlariga bog'liqligi aniqlanadi. Mexanizmlar sintezida esa m a’lum texnologik jarayonni amalga oshirish uchun berilgan harakat qonuniga asoslangan funksiyani bajaradigan mexanizm yaratish talab etiladi. Mashina va mexanizmlarni analiz va sintez qilishni bilish mashina, stanok hamda asboblar bilan ishlaydigan mutaxassis uchun nihoyatda zarur. Maktab mashinashunoslik o'qituvchilari esa mehnat amaliyotining qaysi biri bo'Iishidan qat’iy nazar, qishloq xo'jaligi mashinalarimi, agronomiyami, avtomobil kursimi, metallami kesib ishlashmi, duradgorlikmi yoki boshqami unda o'quvchilarni kasb tanlashga va ijtimoiy foydali mehnat qilishga undab, yuqorida keltirilgan predmetlarning fizika, matematika va chizmachilik fanlari bilan bog'lanib ketganligini ko'rsatib boradi. Mashina va mexanizmlar nazariyasi fani asosida fizika, umumtexnika fanlarini o'qitish metodlarini ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslab berish mumkin. Har qanday mashina foydali ish bajarish uchun mo'ljallangan bo'lib, u ish sharoitida muayyan qarshiliklarga duch keladi. Bu qarshiliklami mashina bir qancha mexanizmlar birikmasi yordamida va bu mexanizmlaming bir-biriga nisbatan ma’lum tartibda harakatlanishi natijasida yengadi. Masalan metall yoki yog'och randalash mashinasi (stanok) elektr dvigateldan harakat kesish (randalash) asbobiga kelguncha bir qancha mexanizm (tishli, tasmali, kulisali mexanizm va boshqalar) dan o ‘tadi va, natijada, katta tezlikda aylanma harakat kesish uchun talab etiladigan to‘g ‘ri chiziqli harakatga aylanadi va texnologik jarayonni bajaradi. Shunday qilib, mashinani yana quyidagicha ta’riflash mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni yoki energiyani о ‘zgartirish jarayoni bilan bog‘liq bo Igan va foydali ish bajarish uchun m o ‘ljallangan mexanizm yoki mexanizmlar majmui mashina deyiladi. Mashina insonning jismoniy hamda aqliy mehnatini yengilIashtiradigan va ish unumini oshiradigan, hisoblash va nazorat qilish uchun ham mo'ljallangan moslama bo'lib, inson aqliy mehnatining mahsulidir. Agar mashina harakat qilib tursa-yu, lekin foydali ish bajarmasa yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirmasa, bu holda u mexanizm bo'ladi. Mexanizmning vazifasi m a’lum tartibda harakat qilish yoki harakatni uzatishdan iborat.


Download 44.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling