Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti iqtisod qishloq xo`jaligi ta’lim yo’nalishi


Download 19.21 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi19.21 Kb.
#1152498
Bog'liq
Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatining taxlili.




TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
IQTISOD QISHLOQ XO`JALIGI TA’LIM YO’NALISHI
104-GURUH TALABASI
ADAMANOVA YULDUZNING
METROLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI


Mavzu: Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatining taxlili.
Reja:

  1. Metrologiya haqida

  2. Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatining taxlili

Metrologiya boʻyicha milliy qonunchilikka oid talablar, Xalqaro Qonunlashtiruvchi Metrologiya Tashkilotining D1 “Metrologiya boʻyicha qonun elementlari” xalqaro hujjatda koʻrsatib oʻtilgan.Yangi tahrirdagi “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrda qabul qilingan 4059-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” hamda 2019-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish Dasturida koʻzda tutilgan edi. Ushbu qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 5-iyulda kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda qabul qilinib, shu yilning 21-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan edi.Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayoniga Germaniyaning PTB tashkilotining “Markaziy Osiyo davlatlarida milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish” mavzusidagi texnik hamkorlik loyihasining xalqaro ekspertlari jalb qilingan. Qonun loyihasini ishlab chiqish 2015-yilda boshlangan boʻlib, shu kunga qadar jamoatchilik fikrlarini oʻrganish, amaliyotga qoʻllashdagi boʻshliqlar, manfaatdor vazirlik va idoralar, xalqaro ekspertlar — RTV ekspertlari Sanetra Klemans, Peter Ulbiglar tomonidan bildirilgan tavsiyalar, bundan tashqari, xalqaro darajada boʻlib oʻtgan metrologiya sohasidagi anjumanlarda shuningdek, KOOMET tashkilotining TK 2 qoʻmitasining 2016-yildagi navbatdagi yigʻilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari ishtirokida oʻtkazilgan seminarlarda loyiha boʻyicha muhokamalar asosida mukammallashtirildi.

Metrologiya boʻyicha milliy qonunchilikka oid talablar, Xalqaro Qonunlashtiruvchi Metrologiya Tashkilotining D1 “Metrologiya boʻyicha qonun elementlari” xalqaro hujjatda koʻrsatib oʻtilgan.


Ushbu talablarga asosan, metrologiya va metrologik faoliyat sohasidagi milliy siyosat, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun eng qulay sharoitlarni taʼminlaydigan va oʻz vakolatlari doirasida metrologiyaga oid ishlarni amalga oshiruvchi, yuridik shaxs sifatida tashkil qilingan davlat boshqaruvi organi darajasida oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimiga ega boʻlishi kerak.


Metrologiyaga oid amaldagi qonunchiligimiz holati, xorijiy davlatlar tajribasi va metrologiyaga oid mavjud milliy tizimlar tahlili, ular tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar mazkur qonunni takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi.


Avvalgi “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonun 1993-yilda 27 yil oldin qabul qilingan boʻlib, bugungi kun talablariga mazmunan toʻgʻri kelmasligi hamda metrologiya sohasida xalqaro darajada tan olingan hujjatlarga mos kelmasligi hamda respublikada amalga oshirilgan oʻlchash va sinov natijalarini xorijda eʼtirof etilishini taʼminlamasligini koʻrsatdi.


Bundan tashqari, avvalgi qonunda metrologiya faoliyatining qonuniy asoslari toʻliq belgilanmaganligi, matnlarning loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilmasdan, umumiy holda bayon etilganligi, ayrim normalarning turlicha talqin qilinishiga olib kelmoqda.


Misol uchun, avvalgi Qonuning 12-moddasida davlat metrologiya tekshiruvi davlat metrologiya xizmati organlari (yaʼni davlat tashkilotlari) tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi, deb belgilangan boʻlsa, 17-moddada Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish (yaʼni metrologiya tekshiruvi) huquqi berilishi mumkinligi koʻrsatilgan va bu turli tomonlar tarafidan turlicha sharhlanishiga sabab boʻlmoqda.


Shuningdek, avvalgi qonunning 20-moddasida davlat metrologiya tekshiruviga doir ishlar albatta byudjetdan moliyaviy taʼminlanishi shartliki belgilangan boʻlsa, 21-moddada metrologiya tekshiruvi (metrologik attestatsiya, sinovlar, qiyoslash va kalibrlash ishlari) uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar tomonidan toʻlanishi koʻrsatilgan.


Yangi Qonunning oʻzbek tilidagi tahririda qoʻllanilgan “oʻlchov” soʻzi rus tilidagi “mera” soʻziga mos keladi. “oʻlchov” – bu oʻlcham boʻyicha berilgan fizik kattaliklarni aks ettirish va saqlash uchun oʻlchash vositalari turkumiga kiruvchi texnik vosita hisoblanadi.


“Oʻlchash” – maxsus texnik vositalar yordamida tajriba yoʻli bilan kattalik qiymatini topish. Shu sababli, matn boʻyicha “oʻlchov” soʻzi “oʻlchash” soʻziga oʻzgartirildi.


Shu bilan birga, avvalgi qonunda ayrim boʻshliqlarning mavjudligi, jumladan:


- davlat etalonlarni xalqaro etalonlargacha kuzatiluvchanlikni taʼminlovchi aniq talablar oʻrnatilmagan (xalqaro normalarga muvofiq oʻlchash natijasining ishonchliligiga metrologik kuzatiluvchanlik taʼminlanganidan soʻng erishiladi);


- metrologiya sohasidagi normativ hujjatlar belgilanmagan;


- metrologik tekshiruv va nazorat tushunchalarining taʼrifi, metrologiya sohasining obyekti va subyektlari ochib berilmagan;


- texnik vositalarni oʻlchash va sinov vositalari turkumiga oʻtkazish boʻyicha aniq mezonlar belgilanmagan, bu oʻz oʻrnida metrologiya obyekti jumlasiga oʻlchashlarda ishtirok etmaydigan boshqa texnik vositalarni ham (indikator koʻrinishidagi tezlikni oʻlchash vositlari) metrologik tekshiruvdan oʻtkazish majburiyatini yuklaydi hamda oʻlchash va sinov vositlari egalarining (korxona va tashkilotlar) qoʻshimcha ovoragarchiligi va mablagʻlarini sarf boʻlishiga olib keladi;


Laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC)ning asosiy talablaridan biri bajarilayotgan oʻlchashlarda metrologik kuzatiluvchanlikning taʼminlanishidir. Avvalgi qonun normalari esa kalibrlash ishlarini xalqaro normalar asosida amalga oshirishni taʼminlamas edi.


Qonunni ishlab chiqishda Rossiya, Qozogʻiston, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Armaniston, Germaniya, Xitoy va boshqa davlatlarning tajribasi chuqur tahlil qilindi.


Shu bois yangi tahrirdagi qonun bilan: Metrologiyaning asosiy vazifalari prinsiplari, davlat siyosatining yoʻnalishlari belgilandi. Metrologiya sohasida faoliyat olib boruvchi subyektlar sifatida Vazirlar Mahkamasi, davlat metrologiya xizmati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari belgilanib, ularning vakolatlari oʻrnatildi. Avvalgi qonunda davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, ularni vakolatlari belgilanmagan.


Davlat metrologiya xizmati — “Oʻzstandart” agentligi va uning faoliyati oʻlchashlar yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga qaratilgan unga qarashli tashkilotlar;


Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarining metrologiya xizmatlari – vazirlik va idoralar qoshidagi metrologiya xizmatlari bular: Sogʻliqni saqlash, IIV, Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzeltexsanoat, OKMK, NKMK, Oʻzmetkombinat va boshqalar.Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari – maxsus tashkil etilgan va akkreditatsiya qilingan, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hisoblanmagan yuridik shaxslar huzuridagi boʻlinmalar – metrologiya sohasida faoliyat yurituvchi xususiy sektor vakillar hamda ishlab chiqarish korxonalari tarkibidagi kalibrlash laboratoriyalaridir.


Eng muhim jihatlardan yana biri tadbirkorlik subyektlariga davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarda oʻlchash vositalarini kalibrlash huquqi berilmoqda. Hozirgi kunda Milliy metrologiya institutida birlamchi etalonlar mavjud boʻlib, 2023-yilgacha rivojlantirish reja dasturiga muvofiq, ularni sonini koʻpaytirish va respublikada barcha oʻlchash vositalarini metrologik tekshiruvini qamrab olish uchun qoʻshicha 21 ta birlamchi etalonlar xarid qilish koʻzda tutilgan.


Ammo mamlakatda metrologik kuzatuvchanlikni taʼminlash uchun etalondan keyingi pogʻonada turuvchi yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalar parkini modernizatsiya qilish hamda ikkilamchi kalibrlash laboratoriyalarini rivojlantirish va ularni sonini oshirish talab etiladi. Bu oʻrinda ushbu sohaga xususiy sektor vakillarini jalb etish hamda investitsion loyihalarni amalga oshirish lozim. Dastlabki bosqichda hududlar kesimida 9 ta oʻlchash turlari boʻyicha 25 mln. AQSH doll. qiymatida 29 ta kalibirlash laboratoriyalarini tashkil etish rejasi ishlab chiqilgan.


Milliy etalonlarni xalqaro etalonlar bilan davriy ravishda solishtirib borish va ularning xususiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaslik tartibi oʻrnatildi. Qonunlashtiruvchi metrologiya boʻyicha xalqaro tashkilot (OIML) ning D1 “Metrologiya boʻyicha qonun elementlari” xalqaro hujjatidagi asosiy talablaridan biri bu Respublikadagi mavjud birlamchi etalonlarning oʻlchash natijalarining Xalqaro oʻlchamlar tizimining birliklarigacha metrologik kuzatuvchanlikni taʼminlashdir. Bu oʻz oʻrnida mavjud etalonlarni davriy ravishda xalqaro etalonlar bilan solishtirib turishni talab etadi.


Metrologik tekshiruvni amalga oshirishda foydalaniladigan normativ hujjatlarning turi aniqlashtirildi bular: oʻlchash vositalarini qiyoslash, oʻlchash vositalarini kalibrlash, oʻlchashlarning bajarish va sinov vositalarini attestatsiya qilish uslubiyotlari. Qonun talablarini xalqaro normalar bilan uygʻunlashuvini taʼminlash maqsadida oʻlchashlar aniqligining koʻrsatkichi va metrologik kuzatiluvchanlik kabi yangi tushunchalar bilan toʻldirildi. Oʻlchashlar aniqligining koʻrsatkichi – qoʻllanayotgan oʻlchash uslubiyotining metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilganda olingan oʻlchash natijalari aniqligining tavsifi,metrologik kuzatiluvchanlik – oʻlchash natijasining hujjatlashtirilgan uzluksiz kalibrlashlar ketma-ketligi orqali etalonga bogʻlash mumkin boʻlgan xossasi.


Yangi tahrirdagi Qonunda qadoqlangan tovar miqdori davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlaridan biri sifatida belgilanib, uni davlat metrologiya nazoratini oʻtkazish mexanizmini belgilash boʻyicha aniq normalar kiritilmoqda.


Bu esa oʻz navbatida, realizatsiya qilinayotgan qadoqlangan tovarlarni maydalab qadoqlash va sotish chogʻidagi ular miqdorini metrologik tekshiruvdan oʻtkazish yoʻli bilan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish imkonini yaratadi. Yangi tahrirdagi ushbu qonunda davlat metrologik tekshiruvi va metrologik nazorati qay vaziyatlarda, qanday koʻrinishda, kim tomonidan oʻtkazilishini belgilovchi normalar bilan toʻldirilmoqda. Oʻlchash va sinov vositlarining aniq mezonlarini belgilab qoʻyilishi natijasida, metrologiya obyekti jumlasiga oʻlchashlarda ishtirok etmaydigan, boshqa texnik vositalarni metrologik tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha savollarning oldi olinmoqda. Misol uchun: indikator funksiyasiga ega boʻlgan, natijalari oʻlchash va (yoki) sinov natijalari hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash uchun foydalaniladigan, shuningdek faqat oʻlchash va (yoki) sinov natijalari haqida axborot uzatish funksiyalarini bajaradigan texnik vositalar oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritilmadi va metrologik tekshiruvdan oʻtkazilmaydi.


Qonun qabul qilinishi natijasida, metrologiya ishlarini (kalibrlash) amalga oshirish uchun xususiy biznes sarmoyalarini jalb qilish imkoniyati yaratiladi hamda kalibrlash ishlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining xizmat koʻrsatish doirasi kengaytirildi.


Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, metrologik tekshiruv va nazorat sohalarida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini kalibrlash huquqi (akkreditatsiyadan oʻtgan holda) yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlariga berish hamda metrologik xizmatlarni koʻrsatishda davlat-xususiy sheriklik asosida kalibrlash uchun laboratoriyalarni tashkil etish boʻyicha normalar kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yana-da rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4059-son qaroriga asosan, metrologiya faoliyati sohasiga xususiy sektor va investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratish orqali respublikada oʻlchash vositalarini kalibrlash tizimini rivojlantirish asosiy vazifa etib belgilangan.


Amalda davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini qiyoslash huquqi faqat davlat metrologiya xizmatiga berilgan. Qonunni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar samarasida metrologiya sohasidagi qonun hujjatlarini xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirildi,metrologiya xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlarning oʻlchash vositalarini kalibrlash va qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanib, metrologik tekshiruv va metrologik nazorat alohida moddalar sifatida aks ettirildi. Yuqori oʻlchashlar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa fanlar qatorida metrologiya ilgʻor ishlab chiqarish va asbobsozlik sohalarida sanoat innovatsiyalarini joriy qilish uchun asos yaratadi.


Sanoatda yuqori aniqlikdagi oʻlchash usullarini joriy qilish orqali mahsulot ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish imkoni yaratiladi. Masalan mikro va nanotuzilmali elektrik va mexanik qurilmalar.


Metrologiya sohasidagi standartlarni xorijiy davlatlar standartlari bilan uygʻunlashtirish, etalonlarni xalqaro darajada solishtirib borish orqali sogʻlom raqobat muhitini yaratish hamda mahsulot sifati va uning xavfsizligini taʼminlashga erishiladi.


Radioaktivlik yoki meditsinada ishonchli oʻlchashlarni taʼminlash aholining huquqlarini himoya qilishga koʻmaklashadi. Qonni tashxis natijalari sinovlarni qaysi laboratoriyada amalga oshirilganligiga qaramay aniq boʻlishi shart. Agar ishonchli oʻlchashlar taʼminlansa rentgen kabi xavfli muolajani ortiqcha oʻtkazmaslik mumkin. Oʻlchash va sinov metodlarini doimiy takomillashtirib borish ruxsat etilmagan qoʻshimchalarni aniqlash bilan bogʻliq, qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlashda koʻmak koʻrsatadi.


Metrologiya sohasi energiya samaradorlik kabi jamoatchilik maqsadlariga ham erishishga yordam beradi. Atom soatlarini isloh etish sputniklar navigatsiyasini takomillashtirishga imkon yaratadi. Turli xil datchiklarning sezgirligini oshirish orqali sanoatda ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish uchun aniq va toʻgʻri koʻrsatkichlarni olinishini taʼminlaydi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati doirasi kalibrlash xizmatini koʻrsatish hisobiga kengaytirildi. Ushbu norma oʻz navbatida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlarga faoliyat doirasini kengaytirishga hamda metrologiya sohasida raqobat muhitini shakllantirishga, pirovardida esa isteʼmol bozorimiz peshtaxtalarida hamda eksportga sifatli, belgilangan normalarga aniq javob beradigan mahsulotlarning joy olishini taʼminlaydi.




Yana bir muhim jihat yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishishdir. Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlariga qiyoslash huquqini berish, xususiy sektor tomonidan kalibrlash ishlarini metrologik nazorat sohalarida amalga oshirilishi natijasida yangi boʻsh ish oʻrinlari yaratish imkonini berdi. Sifat infratuzilmasi xalqaro tamoyillar asosida rivojlanishiga, koʻrsatilayotgan metrologik xizmatlar sifati oshishi uchun jarayonlarning shaffofligini taʼminlandi. Muvofiqlikni baholash suyektlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtishiga asos yaratildi, shuningdek, metrologiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning koʻpayishi davlat tashkilotlarida kuzatilayotgan uzun navbatlarga barham berishni taʼminladi.
Download 19.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling