TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI AGROBIOLOGIYA FAKULTETI AGROKIMYO VA AGROTUPROQSHUNOSLIK TA’LIM YO’NALISHI 101-GURUH TALABASI CHUTBOYEVA MAFTUNANING ANALITIK, FIZKOLLOID VA BIOKIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI - TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI AGROBIOLOGIYA FAKULTETI AGROKIMYO VA AGROTUPROQSHUNOSLIK TA’LIM YO’NALISHI 101-GURUH TALABASI CHUTBOYEVA MAFTUNANING ANALITIK, FIZKOLLOID VA BIOKIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Anionlar haqida umumiy ma`lumot - Reja:
- 1. I-II-III guruh anionlariga umumiy xarakteristika.
- 2. Gruppa reagentlarining ta‘siri.
- 3.Miqdоriy tahlilning vazifasi va tahlil usullari
- 4.Hajmiy tahlil haqida tushuncha
- 1.Anionlarni guruhlarga bo`lish reaktivlarning turli hil ta`siriga asoslangan. Reaktivlar sifatida bariy, stronsiy, magniy, kalsiy, kumush qo`rg`oshin va boshqa metallarning tuzlarini eritmalari, kislotalar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ishlatiladi. Bu reaktivlar anionlar bilan gaz moddalar, cho`kmalar va o`ziga xos rangli birikmalar hosil qiladi.
- I – guruh anionlarigaSO42-, SO32-, S2O32-, CO32-, PO43, SiO32-lar kiradi. Bu guruh anionlari bariy kationi bilan neytral yoki kuchsiz ishqoriy sharoitda suvda erimaydigan, lekin suyultirilgan mineral kislotalarda eriydigan ( BaSO4 dan tashqari ) tuzlarni hosil qiladi.
- II – guruh anionlariga Cl-, Br-, J-, S2- lar kiradi. Bu guruh anionlari kumush nitrat eritmasi bilan nitrat kislota ishtirokida suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan tuzlarni hosil qiladi.
- III- guruh anionlarigaNO3-, CH3COO-, NO2- lar kiradi.Ularning bariyli va kumushli tuzlari suvda eriydi.
Analitik
Guruh
|
Anionlar
|
Guruh reagent
|
Hosil bo`lgan cho`kma tavsifi
|
I
|
SO42-, SO32-, S2O32-, CO32-, PO43-, SiO32-
|
BaCl2 neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda
|
Bariyli tuzlari suvda erimaydi
|
II
|
Cl-, Br-, J-, S2-
|
AgNO3 2 N nitrat kislota eritmasi ishtirokida
|
Kumushli tuzlari suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydi
|
III
|
NO3-, CH3COO-, NO2-
|
Umumiy reagent yo`q
|
Bariyli va kumushli tuzlari suvda eriydi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |