Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti


-rasm. Don seyalkasi ekkichlarining urug‘ ko‘mish chuqurligini sozlash mexanizmini sxemasi


Download 0.98 Mb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1628732
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustofoyeva Madinaning QXM kurs loyiha

100-rasm. Don seyalkasi ekkichlarining urug‘ ko‘mish chuqurligini sozlash mexanizmini sxemasi 1-kronshteyn; 2- sozlovchi vint; 3-gidrosilindr; 4-richag; 5-sozlovchi vint; 6-richag; 7-jilov; 8-prujina; 9-ekkich diski; h – ekish chuqurligi; N- ekkichning transport holati.
101-rasm. Ko‘p seyalkali agregat bilan bug‘doy ekish sxemasi
Agar qandaydir ekkichning tuproqqa botishini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, uning jilovidagi teshiklariga qo‘yilgan shplint joyini o‘zgartirib, prujinaning ekkichga beradigan kerakli bosimiga erishiladi.

  1. O‘qituvchi talabalarga urug‘ni ko‘mish chuqurligini aniqlash usulini o‘rgatadi. Seyalka ekkichlari ish holatiga tushirilib, 3...5 m uzunlikdagi yerga urug‘ ekiladi. Ekkichlar 8 ni tuproqqa qanchalik botib turganligini kamida 5 joyda o‘lchanib aniqlanadi. Ekkich botgan h chuqurlikda urug‘lar ko‘miladi deb qabul qilinadi. Agar h me’yoridan ortiq yokikamroq bo‘lsa, yuqorida qayd qilinganidek, vint 2 yoki prujinalarni siqish darajasini o‘zgartirish hisobiga tuzatiladi. Keyin ushbu seyalka bilan urug‘ ekiladi va kamida 5 qatorning 15...20 sm qismidagi tuproq asta-sekin ochilib, u yerda yotgan urug‘lar topiladi. Ularni ko‘mish chuqurligi o‘lchanib, tegishlixulosalarqabulqilinadi.

  2. Agregatdan unumli foydalanish maqsadida uni dala bo‘ylab rasional tartibda yuritish kerak (102-rasm). Sug‘oriladigan katta dalani sug‘orish yo‘nalishini e’tiborga olib, kichik paykallarga bo‘lish kerak (102-rasm). Agregatni sirtmoqsiz(102-arasm) yoki mokisimon (102-v rasm) yuritish yaxshi natija beradi. Dala to‘liq ekilganidan so‘ng uning chetlarida qoldirilgan burilish yo‘lakchalariga ko‘ndalang yo‘nalishda urug‘ ekiladi. Lalmi yerlarda esa yuqoridagilardan tashqari diagonal bo‘ylab yuritish usuli ham yaxshi natija beradi (102-s rasm).


102-rasm. Don ekish agregatini dala bo‘ylab yuritish sxemalari.
a –sirtmoqsiz burish; v-mokisimon usulda; s-diagonal bo‘ylab yuritish
Don seyalkasining tuzilishini, texnologik jarayonini eslatadi. Buning uchun 47-rasmda keltirilgan don seyalkasining namunaviy texnologik sxemasidan foydalaniladi. Bunker 1 ga solingan urug‘ uning tubidagi tirqish 2 orqali aylanayotgan g‘altak 3 ta’sirida ajratib olinadi va urug‘ o‘tkazgich 5 ning ichiga tushiradi. Urug‘o‘tkazgich esa, urug‘ni ekkich 6 ga uzatadi. Ekkich 6 urug‘ni tuproqqa ma’lum chuqurlikda tashlaydi va uni qisman ko‘mib ketadi. Urug‘ni to‘liq ko‘mish uchun turli ko‘rinishdagi ko‘mgich 7 lar xizmat qiladi.
Har bir gektar maydonga agronom tayinlagan Q me’yordagi urug‘ni aniq ajratib, maydon bo‘ylab bir tekis taqsimlash, olinajak hosilga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa, seyalkaning barcha miqdorlagichlarini aniq va bir xil q miqdorda urug‘ ajratadigan qilib sozlashga bog‘liqdir.
R espublikamizda ishlatiladigan don seyalkalariga asosan g‘altaksimon miqdorlagichlar qo‘yilgan. Bunday seyalkalar ikki variantda tayyorlanadi. Birinchi variant bo‘yicha yasalgan seyalkaning sxemasi 47-rasmda ko‘rsatilgan. Bu seyalkada urug‘ ekish me’yorini sozlash quyidagicha amalga oshiriladi:

47-rasm. Don seyalkasi:


a - ishining sxemasi; b- g‘altaksimon miqdorlagich sxemasi



  1. Bunker tubidagi urug‘chiqadigantirqish kattaligini o‘zgartirib sozlash. Bu tirqishurug‘lik don sirtining silliqligi, shakli, to‘kiluvchanligi va yirikligiga moslanib, tub 4 ni surib qo‘yish hisobiga sozlanadi. To‘kiluvchanligi yuqori bo‘lgan urug‘ bunkerdan betartib to‘kilib chiqmasligi kerak. To‘kiluvchanligi past bo‘lgan urug‘ esa, tirqishga tiqilib qolmasligi talab qilinadi.

  2. G‘altaklar aylanish tezligini o‘zgartirib sozlash. Shu maqsadda, aksariyat seyalkalarda g‘ildirakdan miqdorlagichga harakat uzatadigan yulduzcha (shesternya) larni almashtirish hisobiga, g‘altak aylanish tezligini 10 – 20 pog‘onagacha o‘zgartirish imkoni mavjuddir. Natijada, ajratilayotgan urug‘ miqdori tayinlangan me’yorga o‘ta yaqin bo‘lishiga erishish mumkin.

G‘altak tagiga o‘rnatilgan tub 4 ning holatini o‘zgartirish hisobiga ham ajratilayotigan urug‘ miqdorini bir muncha o‘zgartirish mumkin. Tub bilan g‘altak orasidagi tirqish ajratilayotgan urug‘ning yirikligiga moslab qo‘yiladi. Bu tirqishme’yoridan tor bo‘lsa, u yerda urug‘lar qisilib qolib shikastlanishi mumkin. Albatta, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar tirqish me’yoridan keng bo‘lsa, birinchidan, ayrim urug‘lar g‘altak ajratayotgan miqdorga qo‘shimcha o‘z-o‘zidan chiqib, mo‘ljallangan miqdordan ko‘proq ekiladi. Ikkinchidan, urug‘ o‘lchamlari bir tekis bo‘lmasa, ajratilayotgan urug’ ko‘payib yoki kamayib, o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Bunday holat ekish sifatini pasaytirib qo‘yadi. Tub bilan g‘altak orasida harakatlanayotgan urug‘ oqimi 2 – 3 qatlamdan ortiq bo‘lmaganligi ma’qul.
G‘altakni o‘z o‘qi bo‘ylab siljitib, uning bevosita urug‘larga tegib turadigan ishchi uzunligi o‘zgartirilsa, u bilan bir o‘qqa o‘rnatilgan, lekin aylanmaydigan mufta 8 qutining ichki tomoni yoki tashqarisiga surilib urug‘ning urug‘o‘tkazgichga o‘z–o‘zidan chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Guruhdagi talabalar kamida 3 variantga bo‘linadi.
Hamma variantlar uchun qo‘yidagi bir xil ma’lumotlar beriladi: ekish agregatining tezligi VM , qatorlar oralig‘iqatorlar soni z, seyelka g‘ildiragining yumalash radiusi R, g‘ildirakdan g‘altaklarga harakat uzatadigan yuritmaga o‘rnatiladigan yulduzcha (shesternya) lar o‘lchamlari, bir gektarga ekiladigan urug‘ miqdori Q=170 –250 kg/ga oralig‘ida variant sifatida beriladi.
K=4 dona g‘altaklar belgilangan holatga keltiriladi. Bunkerning urug‘ solinib, g‘altak novlari, urug‘ o‘tadigan tirqishlar urug‘ bilan to‘liq to‘lishi uchun g‘altaklar 4–5 marta aylantiriladi. Keyin, urug‘o‘tkazgichlarga xaltachalar kiydirilib, g‘altaklar 10 marotaba aylantiriladi. Xaltachaga tushgan urug‘lar massasi tarozida tortilib m1, m2, m3, m4 lar miqdori aniqlanadi. Ularning yig‘indisini K ga bo‘lib, alohida olingan g‘altak bir marta aylanganida bunkerdan ajratib oladigan urug‘ miqdori topiladi.



(6)

Miqdorlagichlar ajratgan urug‘ miqdorlarining farqi hisoblanadi:

, %

(7)

Agar F>3% bo‘lsa, miqdorlagichlar takroran sozlanib, F<3% gacha kamayishiga erishiladi.
Keyin z qatorli seyalka bir gektar maydonga qator oralig‘i v da urug‘ ekishi uchun bosib o‘tadigan yo‘l hisoblanadi:


Berilgan VM tezligi bilan ekish agregati L yo‘lni bosib o‘tishi uchun sarflanadigan vaqt:



t= L/VM, min

(9)

topiladi.
Seyalka L masofani bosib o‘tib, bir gektarga berilgan Q (kg/ga) urug‘ni ekishi uchun har bir miqdorlagich nL marta aylanishi kerak:

nL = Q/vz L, marotaba

(10)

Miqdorlagich g‘altagining aylanish tezligi:

nM = n1/t, ayl/min

(11)

bo‘lishi lozim
L masofani bosib o‘tishda seyalkaning R radiusiga ega bo‘lgan g‘ildiragi

nR = γL/ 2πRt,ayl /min

(12)

tezligi bilan aylanadi. Bu yerdagi γ = 0,90 ...0,95 - g‘ildirakning sirpanish koeffitsienti.
Demak, seyalka g‘ildiragidan g‘altakka harakat uzatadigan yuritmaga

i=nM/nr

(13)

uzatish sonini ta’minlaydigan yulduzchalar o‘rnatiladi. Miqdorlagichlar yana aylantirilib, amalda ajratilgan urug‘ miqdori ma topiladi. Shu holatda o‘rnatilgan miqdorlagichlar bilan seyalka bir gektarga ekadigan urug‘ miqdori Qa topiladi:



(14)

Amaldagi Qa bilan tayinlangan Q orasidagi farq ±3% dan oshmasa, sozlash jarayoni to‘xtatiladi. Aks holda, miqdorlagich sozlanishlarining birini o‘zgartirib, ishni takrorlash kerak. Variantlar natijasi asosida Q=f(i) grafig ichiziladi va tegishli xulosa yoziladi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling