Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti


Download 0.98 Mb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1628732
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustofoyeva Madinaning QXM kurs loyiha




TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA
INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI MEVA-SABZAVOTCHILIK VA TEXNOLOGIYA FAKULTETI
QISHLOQ XOʻJALIGINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH
TAʼLIM YOʻNALISHI
320-guruh talabasi Mustofoyeva Madinaning
Qishloq xo’jaligi mashinalari fanidan
KURS LOYIHASI
Mavzu: Don seyalkasini sxemasini tuzish miqdorlagichini loyihalab, uni knimatik tadiqiqot qilish
Termiz tuman– 2023
Kirish
Don seyalka-kultivatori ishlov berilmagan ang‘izda faqat urug‘ ekiladigan yo‘lakchalarga ishlov berib, urug‘ ekib, o‘g‘itni soladi va zichlaydi (153- rasm). Ang‘izning 70% dan ortiqroq qismi saqlab qolinishi sababli, kuchli shamolning yosh nihollarga ta’siri keskin kamayadi.Butun dunyo mamlakatlarida tuproqqa uning resursi hisoblanadigan unumdorligiga zarar tekkizmaydigan usullar bilan ishlov berish keng tarqalgan. Buning uchun kombinatsiya- lashtirilgan mashinalardan foydalaniladi. Bunday mashina bir yurishda bir nechta agrotexnik operatsiyalarni bajarib, agregatlarni dalaga kiritish sonini keskin kamaytiradi, tuproqqa kamroq mexanik ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi (Il-bob 5§ ga qarang).

153-rasm. Don seyalka - kultivatorining sxemasi:1 - ekkich; 2 -g‘ldirak; 3- tirkagich ; 4 - tayanch g‘ildiragini sozlovchi o‘q; 5 - rama; 6 - tortqi; 7 - urug‘ qutisi;8 - gidrosilindr; 9 - zichlovchi g‘ildirak.
Seyalkaning texnologik ish jarayoni quyidagicha bajariladi: urug‘ va o‘g‘it qutilari (1) dan urug‘ va o‘g‘it miqdorlagichlar (2) yordamida kerakli me’yorda ajratilib, urug‘ va o‘g‘it o‘tkazgich (3) ga tashlanadi va ekkich (4) orqali esa tayyorlangan ariqcha tubiga borib tushadi. Tuproqning pastga qarab erkin siljishi hisobiga urug‘ qisman ko‘miladi. Urug‘larni batamom ko‘mish jarayonini ko‘mgich (5) tugatadi.Seyalka-kultivator rama (5), oldingi pnevmatik g‘ildirak (2) va orqadagi zichlovchi g‘ildirak (9), urug‘ va o‘g‘it qutisi (7), urug‘ va o‘g‘it uchun miqdorlagichlar, urug‘o‘tkazgichlar, o‘q-yoysimon tumshuqli ekkich (1), miqdorlagichni harakatlantiruvchi mexanizm, gidrosilindr (8) yordamida ekkichlarni ko‘taradigan mexanizm, tirkagich (3) lardan tuzilgan.Seyalka 22-25 sm kenglikdagi yo‘lakchaga urug‘ eksa, ularning orasida ishlov berilmagan 10 sm yo‘lakcha qoldiriladi. Ekkichlarning tuproqqa botish chuqurligi gidrosilindr shtogidagi halqani siljitish hamda tortqi (6) ning uzunligini o‘zgartirish hisobiga sozlanadi.Mutlaq ishlov berilmagan ang‘izga donli ekin urug‘ini qatorlab ekish uchun ishlatiladigan selyaka - kultivator texnologik sxemasi 154- rasmda ko‘rsatilgan. G‘altaksimon miqdorlagich (2) ajratgan urug‘ o‘q-yoysimon tishsimon ekkich (4) yumshatgan joyga tushib, 4 - 8 sm chuqurlikda ko‘miladi. Ekkichni ramaga ulaydigan quvur urug‘o‘tkazgich vazifasini bajaradi. Urug‘ ustiga to‘shalgan tuproqni zichlab qo‘yish uchun g‘ildirakcha (5) xizmat qiladi. Qatorlar oralig‘i 22 sm, qator kengligi 10 sm.

154-rasm. Urug‘ni ang‘izga ekish sxemasi:1 -urug‘ bunkeri; 2 -g‘altaksimon urug‘ miqdorlagichi; 3 - urug‘o‘tkazgich; 4 -o‘q-yoysimon tish; 5 -zichlovchi g‘ildirakcha.
Ekkich ramaga nisbatan orqa tomonga barmoq atrofida buriladigan etib o‘rnatiladi. Katta to‘siq uchratgan ekkich prujina- larni siqib orqa tomoniga burilib ko‘tariladi. To‘siqdan o‘tgan ekkich prujinalar ta’sirida dastlabki ishchi holatiga qaytariladi. Ang‘iz tuprog‘i qattiqligi o‘zgaruvchan bo‘lgan joylarda prujinalar birmuncha siqilib, ekkich dirillab yuradigan bo‘ladi. Dirillash hisobiga ekkichga yopishgan tuproq tushib ketadi hamda ekkichning zich tuproqqa betishi oson kechadi. Pnevmatik seyalkalar. Ikki turda yasaladi. Birinchisi, 155- rasmdagidek, ko‘p qatorli seyalka ekadigan jami urug‘ni bir joyda me’yorlab uni keyinchalik hamma ekkichlarga bir tekis taqsimlay- digan va ularga urug‘ni pnevmatik vosita yordamida yetkazib beradigan qilib yasaladi. Mexanik me’yorlagich (4) urug‘ni bunker (2) dan ajratib, ventilator (12) yordamida taqsimlagich (1) ga yetkazilib beriladi. Katta tezlikda keltirilgan urug‘ oqimi taqsimlagich konusining cho‘qqisiga tushiriladi va konus etagidagi urug‘ o‘tkazgich (5) larga bir tekis taqsimlab beriladi. Havo oqimi urug‘ o‘tkazgich bo‘ylab urug‘ni ekkich (9) ga keltiradi. Ekkich yasagan ariqchaga tushgan urug‘ni ko‘mgich (8) ko‘mib zichlab ketadi. Bunday seyalka bir nechta seksiyalardan yig‘ilib ularning qamrov 15 metrgacha yetkazilishi mumkin. Bunker (2) ning markazida o‘rnatilgan to‘zitkich (3) urug‘ni uzluksiz tushirib turadi. Urug‘ni katta o‘lchamdagi novli g‘altaksimon miqdorlagich (4) ajratib beradi.

155-rasm. Urug‘ni havo yordamida taqsimlash sxemasi:1 - taqsimlagich; 2 - bunker; 3 - to‘zitgich; 4 - miqdorlagich;5 - urug‘ o‘tkazgich; 6 - havo chiqadigan uchlik;7 - yakka ekkichning urug‘ o‘tkazgichi;8 - ko‘mgich; 9 - ekkich; 10 - drossel to‘sqichi;11 - g‘ildirak; 12 - ventilator.
Seksiyali pnevmatik seyalka (155-rasm)lar katta qamrov kengligiga ega bo‘lib, yuqori ishchi tezlikda ham urug‘larni shikastlantirmasdan ekishni ta’minlay oladi. Har bir seksiyaga o‘rnatilgan katta o‘lchamli markaziy g‘altaksimon miqdorlagich aniq me’yorda ajratgan urug‘ pnevmo vosita orqali ekkichlarga uzatiladi. Seyalka, bunker 2, miqdorlagich 4, ventilator 12, taqsimlagich (1), urug‘o‘tkazgich (5) va (7) lar, ekkich (9), ko‘mgich (8), g‘ildirak (11) lardan tuzilgan. Bunday seyalkalar bir nechta seksiyalardan yig‘ilib, ularning qamrov kengligi 5-15 m gacha o‘zgarishi mumkin.Bunker (2) seksiyaning markazida o‘rnatilgan va uning ichida to‘zitgich (3) va miqdorlagichga yirik jismlarni tushir- maydigan to‘r o‘rnatilgan.Urug‘ni katta o‘lchamdagi novli g‘altaksimon miqdorlagich(4) ajratib beradi.Ventilator (12), hosil qiladigan havo oqimi urug‘larni bosh karnay (5) orqali bevosita konussimon taqsimlagich (1) ga yetkazib beradi. Shundan so‘ng, taqsimlagich urug‘larni shlangasimon egiluvchan urug‘o‘tkazgichlarga teng bo‘lib beradi. urug‘- o‘tkazgichlar soni seksiyadagi ekkichlar soniga teng bo‘ladi.Bunday seyalkaning ish jarayoni quyidagicha bo‘ladi: bunker(2) dagi urug‘lar to‘zitkich (3) yordamida miqdorlagich (4) ga uzluksiz tushirilib turiladi. G‘altak esa kerakli miqdorda ajratib olgan urug‘larni bosh karnay (5) ning ichiga tashlaydi. Ventilator (12) hosil qilayotgan havo oqimi urug‘larni bosh karnay (5) orqali taqsimlagich (1) ning cho‘qqisiga aniq tushiradi. Urug‘lar konus etagiga bir tekis yoyilib tarqaladi va u yerdagi urug‘o‘tkazgichlarga tushiriladi. Havo oqimining bosh karnay bo‘ylab yurish tezligi (2768 m/s) drossel to‘skich (10) yordamida sozlanadi. Bosh karnayning ichiga g‘altakdan urug‘ tushadigan joyiga soplo (6) o‘rnatilgan. Soplo (6) ning ko‘ndalang kesimi bosh karnaynikiga nisbatan oz bo‘lganligi sababli, u yerdagi havo tezligi ortib, bosim pasayadi. Natijada g‘altak ajratib bergan urug‘lar tez so‘rib olinadi. Bosh karnayning ishchi qismi burmalangan bo‘lib , uning ichki yumshoq devorlariga ko‘p marta urilgan urug‘lar harakati sekinlashib, bir tekis oqimga aylanadi va taqsimlagichga yetib278boradi. Urug‘lar taqsimlagich ichidagi konusning cho‘qqisiga urilishi natijasida bir tekis sochilib, hamma urug‘o‘tkazgichlarga bir xil taqsimlanadi. Urug‘o‘tkazgichlar orqali 3-5 m/s tezlikdagi havo oqimi bilan ekkichlarga yetkaziladi va tayyorlangan ariqcha tubiga tushirib, tuproq bilan ko‘miladi.Bunday seyalkalar universal hisoblanib, ular yordamida barcha don ekinlari, sabzavot, sorgo urug‘lari ekilishi, granulalangan o‘g‘it, zaharli kimyoviy moddalarni ham yerga solish mumkin.Pnevmatik miqdorlagichli seyalka. Pnevmatik miqdorla- gichli seyalka makkajo‘xori, kungaboqar, loviya, raps, soya, no‘xot, chigit, piyoz, bodring kabi ekinlarning nisbatan to‘kiluvchan qilingan urug‘ini har bir uyaga aniq miqdorlab (donalab) ekish uchun mo‘ljallangan. Uni texnologik jarayoni 156- rasmda ko‘rsatilgan.

156-rasm. Pnevmatik selka texnologik ish jarayonning sxemasi:1-reduktor; 2-yurituvchi g‘ildirak; 3- tilgich; 4-ekkich; 5-ekilgan urug‘; 6-urug‘ ustidan tuproqni zichlagich; 7-urug‘ ajratuvchi disk; 8-diskdagi suruvchi teshik; 9-urug‘ qutisi; 10 -zanjirli yuritma; 11-havo suruvchi quvur; 12-ventilator; 13- almashtiriladigan yulduzcha.
U to‘rtta moduldan tuzilgan. Modullar uzun brussimon ramaga xomut yordamida o‘rnatiladi. Modullarni rama bo‘ylab surib, ular oralig‘ini 30 sm dan 270 sm gacha o‘zgartirib, yuqorida ko‘rsatilgan ekin urug‘larini ekish mumkin bo‘ladi.Vеntilator (12) ishga tushirilsa, gofrlangan shlanglar orqali hamma modullarning urug‘ ajratish kamеralaridagi havoni uzluksiz so‘rib olib turadi. Urug‘ni ajratish kamеrasi (157-rasm) urug‘ qutisining quyi qismida joylashgan.157-rasm. Urug‘ ajratish kamerasining sxemasi:1-urug‘ qutisi; 2-ajratuvchi disk; 3-diskdagi kalibrlangan teshik;4-teshikka so‘rilib qolgan urug‘; 5-havo so‘rish shlangi.Urug‘ qutisining pastki ensiz joyiga urug‘ ajratuvchi diskning ustki qismi kirib turadi. Diskning bir tomoniga yuqoridan tushib kеlayotgan to‘kiluvchan urug‘lar tеgib tursa, ikkinchi tomoniga havo so‘radigan shlangning uchi zich tеgib turadi. Diskning urug‘larga tеgib turgan tomonidagi havoni ishga tushirilgan vеntilator kalibrlangan tеshiklar orqali shlangga so‘rib oladi. Shu sababli, tеshiklarga ro‘para kеlgan urug‘ so‘rilib, diskka yopishib qoladi. Disk esa o‘z o‘qi atrofida uzluksiz aylanishi sababli, o‘ziga yopishgan urug‘ni kamеra tashqarisiga olib chiqadi. Tashqarida esa, tеshik orqali havo so‘rilishi to‘xtatiladi, tеshikka yopishgan urug‘ diskdan ajralib, og‘irlik kuchi ta’sirida pastka, ekkichning ichiga tushib kеtadi.
Don ekishga qo‘yiladigan ATTni izohlaydi. Mavjud bo‘lgan don seyalkasining tuzilishi, texnologik jarayoni va sozlanishlarini talabalarga eslatadi. Deyarli hamma turdagi don seyalkalariga g‘altaksimon miqdorlagichlar o‘rnatiladi (99- rasm). Uning g‘altagi 1 yurituvchi val 2 ga bikr o‘rnatiladi (99-a rasm). Sirti silliq bo‘lgan mufta 3 esa valga erkin kiydirilgan. Val bilan birgalikda aylanayotgan g‘altak navlariga tushgan urug‘lar bunker tagidagi kameradan chetka chiqariladi. Ko‘pincha, g‘altak soat miliga teskari tomonga aylanib, urug‘ni taglik 5 ustidagi tirqish orqali o‘ziga nisbatan “pastdan” ajratib chiqaradi. O‘ta mayda va to‘kiluvchan (sirti o‘ta silliq bo‘lgan) urug‘ni ekishda, uning ayrim qismi g‘altak bilan tub orasidagi tirqishdan o‘z-o‘zidan chiqib ketishi mumkin. Shusababli, bunday urug‘ni ekishda g‘altak teskari tomonga aylantirilib, g‘altak “ustidan” ajratib chiqaradigan bo‘ladi (99- vrasm).
Seyalkadagi hamma g‘altaklar o‘ngtomonga to‘liq surilganda, ular bo‘shatgan joyni muftalar egallaydi. Mufta valga erkin kiydirilgani sababli, u valbilan birgalikda aylana olmaydi, ammo valbilan birgalikda o‘q bo‘ylab suriladigan qilingan. Bunkerdan ajratib olinadigan urug ‘miqdori g‘altakning ishchi uzunligi lu ga bog‘liq bo‘ladi. Val bilan birgalikda o‘ngtomonga to‘liq siljitilgan g‘altakning chap cheti urug‘ kamerasidan chiqqan bo‘lishi kerak. Hamma g‘altaklar urug‘ kameralariga nisbatan birxil joy egallagan bo‘lishlari kerak. Ayrim g‘altaklar farqlansa, ularning yon tomonlariga qistirmalar qo‘yilib, boshqalariga tenglashtiriladi.
Talabalarga ekishga bo‘lgan ATT qoidalarini tushuntiradi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling