Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti


-rasm. G‘altaksimon miqdorlagich sxemasi


Download 0.98 Mb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1628732
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustofoyeva Madinaning QXM kurs loyiha

99-rasm. Galtaksimon miqdorlagich sxemasi:
a-urug‘ni g‘altakning pastidan ajratish; v-urug‘ni g‘altakning ustidan ajratish; s-g‘altakning ishchi l uzunligini aniqlash



  1. Hamma miqdorlagichlar bir xil miqdorda urug‘ ajratib beradigan qilish yo‘llarini tushuntiradi. Bunga erishish uchun:

    1. Hamma g‘altaksimon miqdorlagich tublarini ekiladigan urug‘ o‘lchamlariga mos birxil holatga qo‘yiladi, ya’ni to‘kish tirqishi sozlanadi. Kerak bo‘lsa, urug‘ni g‘altakning “pastdan” hamda “ustidan” ajratadigan holatini ko‘rsatadi.

    2. Sozlovchi richag yordamida valni surib, hamma g‘altaklar birxil ishchi uzunlikda bo‘lishiga erishiladi. Seyalkaning 12 ta miqdorlagichi ishini tadqiqot qilish uchun, seyalka ramasini ko‘tarib, taglikka qo‘yiladi. Urug‘ o‘tkazgichlar ekkichdan ajratilib olinadi va ularga xaltachalar kiydiriladi.

    3. Urug‘ qutisi (bunkeri) ning 0,3...0,5 qismigacha urug‘ solinadi. Hamma miqdorlagichlarni urug‘ bilan to‘ldirish uchun, ko‘tarilgan g‘ildirak qo‘lda 3...5 marta aylantiriladi. Urug‘ o‘tkazgichlarga tushib ulgurgan urug‘larni to‘plagan xaltachalar bunkerga bo‘shatiladi va yana eskijoylariga o‘rnatiladi.

    4. Ko‘tarilib qo‘yilgan seyalkaning g‘ildiragi 20...30 marta (tahminan bir sekundda bir marta) ishchi tezlikka yaqin tezlikda aylantiriladi. Xaltachalarga tushgan urug‘ massasi tarozida (bir gramm gacha bo‘lgan aniqlikda) tortiladi va 12-jadvalga yoziladi. Tajriba kamida beshmarta takrorlanadi. Har bir miqdorlagich ajratgan Qil, Qi2,Qi3 ... urug‘ning o‘rtacha qiymati Qio, aniqlanadi. Keyin hamma Qiy larning o‘rtacha arifmetik qiymati Qy topilib, ubilan Qiy ularning farqlari Fi foiz hisobida aniqlanadi. Fi farqi 3% dan katta bo‘lgan miqdorlagich g‘altagining ishchi uzunligi Li o‘zgartiriladi. G‘altakning ishchi uzunligini o‘zgartirish uchun, silliq mufti bilan valdagi shplint orasiga taqasimon qistirma (shayba) o‘rnatiladi. Ayrim seyalkalarda g‘altak ishchi uzunligini o‘zgartirish uchun, uni qoplab turadigan korpus g‘altakka nisbatan surib qo‘yiladi.

12-jadval
Miqdorlagichlar ajratgan urug‘ miqdori

Miqdorlagichning tartib raqami

Har bir tajribada ajratilgan urug’ miqdori, g

Bir miqdorlagich bergan urug’ miqdorining o’rtacha arifmetik qiymati, g

Hamma miqdorlagichlar ko’rsatkichining o’rtacha arifmetik qiymati, g

Qio’ ning Qo’
dan farqi, %

1

Q11=…Q12=…Q13=…Q14=…Q15=…









2



Q21=…Q22=…Q23=…Q24=…Q25=…





.



……………………………………………….







.



………………………………………………







.



……………………………………………….







12

Q121=…Q122=…Q123=…Q124=…Q125=…





  1. Agronom belgilagan Q kg miqdordagi urug‘ni harbir gektar maydonga birtekis ekish uchun seyalkani qanday sozlash kerakligini tushuntiradi. Avvaliga seyalka ustaxona (laboratoriya) sharoitida sozlanib, keyin dalada unga aniqlik kiritiladi. Seyalkani laboratoriya sharoitida sozlash uchun, uni taglikka ko‘tarib qo‘yib, g‘ildiraklarini qo‘l bilan aylanadigan holatga keltiriladi. Keyin:

    1. G‘ildirak diametri D m, ushbu g‘ildirak ishga tushiradigan seyalka qismining qamrov kengligi V/2 m, bo‘lsa, ko‘tarilgan g‘ildirak n=20...30 marta qo‘lda aylantirilganida ishga tushgan hamma miqdorlagichlar ajratib berishi lozim bo‘lgan urug‘ miqdori hisoblanib aniqlanadi: Qx=πDnBQ/20000, kg. Bu formula ikki g‘ildiragi ham yurituvchi bo‘lgan seyalka uchun ishlatiladi. Ayrim seyalkalarda hamma miqdorlagichlar bitta g‘ildirakdan harakat oladi. Bunday seyalka uchun urug‘ miqdoriQx=nDnBQ/10000, kg bo‘ladi.

    2. Bunker qutisiga urug‘ solingan seyalkaning g‘ildiragi yerdan ko‘tariladi, urug‘ o‘tkazgichlar ekkichlardan chiqarilib, ularning tagiga plyonka yoyib qo‘yiladi. Hamma miqdorlagichlarni urug‘ bilan to‘ldirish maqsadida g‘ildirak 3...5 marta aylantiriladi. Plyonkaga tushgan urug‘ yig‘ishtirib olinib bunker qutisiga solinadi. G‘ildirak 25...30 marta aylantirilib, hamma miqdorlagichlardan plyonkaga tushgan urug‘ miqdori Qm tarozida tortiladi. Agar yuqorida hisoblangan Qx bilan QT farqi ±3% dan oshmasa, g‘altaklarni suradigan richag ushbu holatida bolt bilan qotirilib qo‘yiladi. Agar Qx va QT farqi ±3% dan ortiq chiqsa, tegishli sozlanishlar o‘zgartirilib, tajriba yana takrorlanadi.

  2. Laboratoriya sharoitida sozlangan seyalka ishi dalada tekshirilib, amalda agronom belgilangan miqdordagi urug‘ni eka olishi aniqlanadi. Shu maqsadda, tajriba o‘tkazish uchun ajratilgan yerning uzunligi S va seyalka qamrov kengligi V aniqlanib, ushbu maydonga ekiladigan urug‘ miqdori QM=SBD/10000 kg hisoblanib, topiladi. Seyalka qutisidagi urug‘ tekislanib, unin gsathi bunker devorida bo‘r bilan chizilib belgilanadi. Keyin QM miqdordagi urug‘ uning ustiga solinadi, tekislanadi. O‘quv ustasi yordamida agregat S masofaga urug‘ni ekadi. Bunkerdagi urug‘ qoldig‘i yana tekislanib, uning sathi bunker devorida belgilanadi. Agar oldinga chiziq bilan keying chiziq farqi katta bo‘lsa, g‘altaklarning ishchi uzunligi o‘zgartirilib, tajriba takrorlanadi.

  3. Ekkichlar urug‘ni uning xossalari, mahalliy hudud iqlimi va tuprog‘ini holatiga qarab 3...8 sm chuqurlikda ko‘mib ketishi kerak. Seyalka ekkichlari oralig‘i 15 sm (ayrim vaziyatda 7,5 sm) qatorlar hosil qiladi. Deyarli hamma don seyalkalarida sxemasi 100-rasmda ko‘rsatilgan mexanizmga o‘xshash qurilma urug‘ni belgilangan chuqurlikda ko‘mishni ta’minlaydi. Hamma ekkichlarning yerga botish, ya’ni urug‘ni ko‘mish darajasini o‘zgartirish uchun ramaga bikr o‘rnatilgan kronshteyn 1 dagi gaykada buraladigan vint 2 xizmat qiladi. Agar vint gaykaga kiritilsa, richag 9 nipastga bosib, gidrosilindrni ilgari tomonga suradi. Gidrosilindrga bog‘langan richag 4 old tomonga, sozlovchi vint 5 orqa tomonga Q2 atrofida buriladi. Natijada, richag 6 jilovga kiydirilgan prujinani kuchliroq qisib, ekkichga uzatadigan bosimni kuchaytiradi, ekkich yerga chuqurroq botadi. 2-vintni gaykadan chiqarish teskari ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari vintsimon mufta 5 ning uzunligini o‘zgartirib, prujinalarning ekkichga beradigan bosimini sozlash mumkin.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling