Termiz davlat pedagogika insituti


Bog‘cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga muloqotning ta’siri


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana18.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1209439
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
zamira yangi pdf

Bog‘cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga muloqotning ta’siri. 
Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra bu davrni uch qismga 
ajratish mumkin: Birinchi davr–bu 3–4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional jihatdan 
o‘z–o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi davr–bu 4–5 
yoshni tushunchalar manbai tashkil qilib axloqiy o‘z – o‘zini boshqarish. Uchinchi davr 
esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Axloqiy bo‘lib ularning ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kattalar, 
shuningdek, tengdoshlari ham bo‘lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, 
kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shu bilan birga kattalarning, ayniqsa onalarning 
maqtovi va tanqidlari orqali o‘tadi va mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa 
maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlarning bola shaxsidagi 
muvaffakiyatga erishishga harakat xususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning 
shaxsiy hayoti, hamda kasb tanlashida ahamiyati juda katta.
Bog‘cha yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. 
U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu –bolaning 
tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq, ishbilarmonlik motivlari esa u 
yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Bu motivlarga asta – sekinlik 
bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni egalash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qish motivlari 
qo‘yiladi. Bu motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiiy 
qiziquvchanligi o‘rnida paydo bo‘ladi. O‘zini ko‘rsatish motivlari ham bu yoshda 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu motiv asosan bolalarning syujetli – rolli o‘yinlarda asosiy 
rolni egallashga boshqalar ustidan rahbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga 
qo‘rqmasligida, nima bo‘lganida ham yutishga harakat qilishlarida ko‘rinadi. 
Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baholari juda muhim. Bolalar 
birinchi navbatda maishiy axloq norma va qoidalarni, o‘z majburiyatlariga munosabat, 
kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish normalarini 
egallaydilar. Bunday normallarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib
ularni yaxshi o‘zlashtirish uchun syujetli – rolli o‘yinlar yordam berishi mumkin. 
Bog‘cha yoshining oxirlariga kelib, ko‘pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar 
tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy sifatlar 


32 
ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqatli, mehribon bo‘lish xususiyatidir. Katta 
yoshdagi bolalar ko‘p hollarda o‘z xatti – harakatlari sababini tushuntirib bera oladilar .
3–3,5 yosh oraligida o‘zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o‘z 
munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat, asosan ularning o‘zlariga beradigan 
baholari asosida bo‘ladi. 4 yoshli bolalar esa o‘z imkoniyatlarini real baholay oladilar. 
Lekin 4 –5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir 
emaslar, shuningdek o‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. O‘z –o‘zini 
anglash layoqati katta bog‘cha yoshidan boshlab rivojlanib avval u qanday bo‘lganini va 
kelajakda qanday bo‘lishini fikrlab ko‘rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan 
«Men kichkina paytimda qanday bo‘lgan edim?», «Men katta bo‘lganimda qanday 
bo‘laman?» singari savollarida ko‘rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida 
kuchli, jasur, aqlli va boshqa shu singari qimmatli insoniy fazilatlariga ega bo‘lishiga 
harakat qiladilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi. U 
asosan bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan 
boshlab bolada ahamiyatli hisoblangan – iroda, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi 
ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta bog‘cha yoshida bola 
atrofdagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va munosabatlarga kirishishga 
o‘rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan til topishishda, ish bo‘yicha va 
shaxsiy munosabatlarni normal ravishda o‘rnata olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi 
bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga 
beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir.
Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq odamlar orasidagi axborot almashinuvi 
jarayoni bo‘lib, bunda o‘zaro munosabatlar shakllanishi, ro‘yobga chiqarilishi va 
namoyon bo‘lishi ifodalanadi. Bola shaxsining shakllanishida muloqotning roli 
benihoya kattadir.
Muloqot jarayonida muayyan shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Bolada qanday 
shaxsiy sifatlarning tarkib tapishi ko‘p jihatdan uning atrofdagilar bilan bo‘lgan o‘zaro 
munosabati xarakteriga bog‘liqdir. Bolaning kattalarga munosabati ishonchli yoki 
ishonchsiz, yokimli yoki yoqimsiz va hokazo bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, bolalarning 


33 
kattalarga bo‘lgan munosabati nima bilan belgilanadi? Bu munosabat asosida nimalar 
yotadi? Bunday masalalar hozircha kam tadqiq qilingan. Ularga nisbatan yondashuvlar 
mavjud.
M.I.Lisina boshchiligidagi eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, inson 
ehtiyojining dastlabki yetti yili davomida bolalar va kattalar o‘ptasidagi muloqotning bir 
necha shakli ketma-ket paydo bo‘ladi hamda birbirining o‘rnini almashtiradi.
Muloqot shakllarining asosiylari quyidagilardir: bevosita emotsional muloqot, 
biror bir ish yuzasidan vujudga keluvchi muloqot (ishchan muloqot), ayni paytdagi 
vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan va bilishga yunaltirilgan muloqot (bilish muloqot), odam 
bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘ladigan muloqot (shaxsiy muloqot).
Dastlab, bevosita - emotsional muloqot paydo bo‘ladi. Muloqotning bu shakli 
asosida bolaning unga nisbatan diqqat e’tiborli va mehribon bo‘lishlariga ehtiyoj his 
etishi yotadi. Keyinchalik muloqotdagi tashabbusni bola o‘z qo‘liga oladi.
Yilning ikkinchi yarmidan boshlab, nafaqat mehribonlikka ehtiyoj, balki kattalar 
bilan hamkorlik qilishga bo‘lgan ehtiyoj ham kiritiladi. Bunday ehtiyoj ishchan muloqot 
davomida qondiriladi. Bola ishchan muloqotga kirishganda, kattalardan yordam 
so‘rashi, ularni ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanishga taklif etishi va boshqalarni 
amalga oshirishi mumkin.
Bilish muloqotida bola kattalar bilan atrof olamdagi narsa va hodisalarni 
muhokama qiladi. Bunda bola biror bir narsa haqida aytib berishi, savollar bilan 
murojaat qilishi, kattalardan biror narsa aytib berishlarini iltimos qilishi mumkin.
Bunday turdagi muloqotga kirishishdan maqsad kattalardan zarur bo‘lgan 
axborotni olishdan iborat, shaxsiy muloqotda esa bola kattalar bilan odam xaqida
suhbatlashadi, bunda u o‘zining emotsional holatini tariflab berishi, kattalarni o‘zlari 
haqida gapirib berishlariga undashi mumkin. Bolaning emotsional qo‘llab quvvatlashiga 
bo‘lgan ehtiyoji atrof olamga bo‘lgan munosabati va unga berayotgan bahosi 
kattalarning munosabat va bahosiga mos kelishiga intilishi shaxsiy muloqotning asosini 
tashkil etadi. M.I.Lisinaning fikricha, aynan shu narsalar bolaning ijtimoiy ehtiyojlari 
tarkibida markaziy o‘rinni egallaydi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling