Termiz davlat pedagogika institut pedagogika kafedrasi


Download 141 Kb.
bet2/7
Sana27.08.2023
Hajmi141 Kb.
#1670781
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
СТАЖРОВКА ДАСТУРИ PP

II. Asosiy tushunchalar
Qabul qiluvchi tashkilot – Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga o’qishga qabul qilingan va amaliyot o’tash uchun yuborilgan talabalar uchun o’quv yilining birinchi oyidan Fanlar akademiyasining o’zlariga tegishli yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida, ta’lim va jamoat tashkilotlarida ilm-fan bilan tanishishi hamda o’zlarining ilmiy qiziqishlari doirasidagi mavzularni aniqlashi uchun sharoit yaratadi;
Talabalar amaliyotini sifatli va samarali o’tkazishlari uchun barcha tegishli shart-sharoitlarni yaratadi;
Amaliyot davrida qabul qiluvchi tashkilot (sohaning) olimlari tomonidan talabalar bilan suhbatlarini o’tkazilishi va tashkilotning ilmiy faoliyati bilan tanishtirish ishlarini olib borilishini ta’minlaydi;
Amaliyot davrida talabalarga muassasada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma’lumotlar beradi;
Talabalarda ilmiy maqolalar yozish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko’nikmalarini shakllantiradi;
Talabalarning magistrlik dissertatsiyalarini bajarishlari uchun ilmiy rahbarlarni biriktirish hamda keyinchalik tayanch doktorantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlash choralarini ko’rish vazifalari yuklatadi.


Magistrant tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari rahbariyatiga:
Tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari to’g’risidagi ma’lumotlarni talabalarga doimiy berib boradi;
Magistratura bosqichiga o’qishga qabul qilingan talabalar o’quv yilining birinchi oyidan ta’lim tashkilotlarining tegishli yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilm-fan bilan tanishishi va o’zlarining ilmiy qiziqishlariga mos mavzularni aniqlashi uchun yo’naltiradi;
Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsityalariga ilmiy-tadqiqot muassasalari mos yo’nalishlari, ta’lim va jamoat tashkilotlaridagi yetakchi mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasasi xodimlaridan ilmiy maslahatchi tasdiqlash va ushbu xodimlarga rahbarlik uchun (moliyalashtirish rejasiga muvofiq) ish haqi to’lanishni ta’minlayadi;
Oliy ta’lim muassasalarining tegishli magistratura mutaxassisliklari bo’yicha talabalar amaliyotlarini ilmiy-tadqiqot, ta’lim, ishlab chiqarish, jamoat tashkilotlarida shartnoma asosida o’tkazilishini hamda amaliyotining reja-jadvali va dasturlari to’liq hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilaydi;
Talabalarning amaliyotini tashkil etish, mutaxassisligi bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi;
Amaliyotni o’tagan talabalarni o’qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlaridan so’ng amaliyot o’tagan tashkilotlarning, muassasalarining ehtiyojlari asosida ularni ishga yo’naltirish vazifalari yuklatadi.

Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling