Nemis sotsiologi M.Veber dinning jamiyatga nisbatan munosabatini deb, «Mirskaya funksiya» bayon qilib, uni uch tipini ko’rsatadi: Birinchidan, dunyoga, hayotga moslashadigan dinlar - konfusiychilik, daosizm; Ikkinchidan, - hayotdan uzoqlashga undaydigan dinlar - hinduizmiylik va buddaviylik; Uchinchidan, - dunyoni o’ziga singdiruvchi dinlar - yahudiylik va nasroniylik. Dinlarning har qaysi tipii hayotiy - dunyoviy funksiyasini o’ziga xos tarzda bajaradi. Ammo bu dinlarning barchasi jamiyatda ijtimoiy tartibni saqlash va tashkillashtirish maqsadida ma’naviy kuch omili bo’lib xizmat qiladi. Yagona e’tiqod kishilarni birlashtiradi . Islomda bu funksiyani amalda shariat - islom huquqiy - axloqiy kodeksi bajaradi. - Nemis sotsiologi M.Veber dinning jamiyatga nisbatan munosabatini deb, «Mirskaya funksiya» bayon qilib, uni uch tipini ko’rsatadi: Birinchidan, dunyoga, hayotga moslashadigan dinlar - konfusiychilik, daosizm; Ikkinchidan, - hayotdan uzoqlashga undaydigan dinlar - hinduizmiylik va buddaviylik; Uchinchidan, - dunyoni o’ziga singdiruvchi dinlar - yahudiylik va nasroniylik. Dinlarning har qaysi tipii hayotiy - dunyoviy funksiyasini o’ziga xos tarzda bajaradi. Ammo bu dinlarning barchasi jamiyatda ijtimoiy tartibni saqlash va tashkillashtirish maqsadida ma’naviy kuch omili bo’lib xizmat qiladi. Yagona e’tiqod kishilarni birlashtiradi . Islomda bu funksiyani amalda shariat - islom huquqiy - axloqiy kodeksi bajaradi.
- Dinning yana bir muhim funksiyasi - bu, uning birlashtiruvchiligida (integrasion) funksiyasida namoyon bo’ladi. Har bir din o’ziga e’tiqod qiluvchilarni o’z ta’limotiga amal qilishga undaydi. Ularni o’z ta’limoti doirasida saqlashga harakat qiladi. Har qaysi din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni o’z ta’sirida tutishga harakat qiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek, hatto adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Dinning integrasion funksiyasi o’tmishda ham, bugungi kunda ham ko’pgina olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Darhaqiqat, har qaysi din unda e’tiqod qiluvchilarni o’zining g’oyalari atrofida birlashtirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, zamon talabiga binoan va global muammolar yuzaga kelgani bilan dinlararo integrasiya ham kuchayib bormoqda. - Dinning integrasion funksiyasi o’tmishda ham, bugungi kunda ham ko’pgina olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Darhaqiqat, har qaysi din unda e’tiqod qiluvchilarni o’zining g’oyalari atrofida birlashtirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, zamon talabiga binoan va global muammolar yuzaga kelgani bilan dinlararo integrasiya ham kuchayib bormoqda.
- Islom dini asrlar davomida O’rta va Yaqin, Sharq mamlakatlari, jumladan O’rta Osiyo mintaqasida yashab kelgan xalqlarning nafaqat diniy e’tiqodi, balki turmush tarzi, milliy urf-odatlari, ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismini tashkil etib, ezgulik manbai sifatida xizmat qilib kelgan. Islom ta’limoti, uning ma’naviy- axloqiy qadriyatlari dindorlar va umuman dindor bo’lmagan kishilarning qalbiga yaxshilik, poklik, halollik hissiyotini singdirishga, insoniylikka xos odob-axloqni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, bugun ham bu vazifasini ado etib kelmoqda.
- Islom dini tarqalgan mintaqalarda uning oliyjanoblik o’gitlari tenglik, bag’rikenglik osoyishtalik g’oyalari keng yoyilib, odamlar qalbiga chuqur singib ketgan va shaxs ruhiyati va ma’naviy dunyosini boyitishda muhim omil ekanligi ravshan. Shuningdek, islom bilan kirib kelgan arab tili va yozuvi O’rta Osiyoda ilm-ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishida sezilarli ta’sir yetkazgan, xususan ilmiy tadqiqotlar arab tilida yozilgani ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |