Termiz davlat pedagogika instituti
Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti
yo‘nalishi 1-bosqich 109-guruh talabalari
TAVSIFNOMA
109-guruh talabalari 2023-yil 3-apreldan 22-aprelgacha Termiz shahridagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Amaliyot o‘tadi. Maktabga kelgan kunning ilk kunidan boshlab 109-guruh talabalari maktabning qonun-qoidalari va o‘qituvchilar hamda maktab ma’muriyati bilan tanishib, maktabga qarashli hududlarni ko‘zdan kechirdi. Amaliyot vaqtida dars jarayonini kuzatish borasida darslarni kuzatib kerakli xulosalarga ega bo‘ldilar.
Fan oyliklarida faol qatnashib, o‘quvchilar bilan turli xil tadbirlar tashkil etdi.
Xususan maktab o‘quvchilarining “bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va fan bilan shug‘ullanish” maqsadida turli xil tadbirlar tashkil etib, ona tili va adabiyot fani bo‘yicha o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab ish olib bordi. Maktabda har bir o‘quvchi bilan suhbat o‘tkazib ularning oilaviy sharoitlari va fanga bo‘lgan qiziqishlari bilan tanishib bordi.
Umumiy xulosa shuni ko‘rsatadiki, 109-guruh talabalari ochiq darslarda a’lo baholarda baholandi.
Darsda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari tahlil nazoratchilari tomonidan aytib o‘tildi. 109-guruh talabalari o‘zi mustaqil ravishda amaliyot davrida o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslarga qatnashib o‘z fikrlarini bildirdi va turli yangicha uslublarni o‘rgandi.
Biz ishonamizki 109-guruh talabalari kelajakda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda komil inson qilib tarbiyalashda, ularni vatanga fidoiy farzand qilib tarbiyalashda maktab ma’muriyati tomonidan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Amaliyot o‘tovchi: N.Norboboyeva
Direktor: S.R. Toshmurodov
O‘TIBDO‘: M. Muzaffarov
Do'stlaringiz bilan baham: |