Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana23.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1113829
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Aziz Ibragimov

Estetik tarbiya uslublar. Jismoniy tarbiya jarayonida maqsadga qaratilgan 
estetik did, extiyoj, intilish, ko'nikma va odatlarni bolalik yoshidan boshlab 
tarbiyalab borish lozim. Bunga estetik tarbiya uslublari yordamida erishiladi. Estetik 
tarbiya uslublarini esa uchta asosiy gruppaga umumlashtirish mumkin. 


18 
1. Jismoniy mashqlarni jonli, ravshan va ifodali tushuntirish, harakat 
foaliyati xaqida obrazli qilib so'zlab berish, shug'ullanuvchilarning harakatlarini
ishlari va xulq-atvorlarini estetik baholash. 
2. Jismoniy mashqlarni texnik jixatdan mukammal va ifodali qilib 
ko'rsatish, xatti-harakat va ishda ilxomlantiruvchi namuna ko'rsatish. 
3. Harakat 
faoliyatida 
ijodiylik 
ko'rsatishni 
amalda 
o'rgatish. 
Shug'ullanuvchilarni bolalikdan boshlab kuchi etadigan harakatlar vazifalarini 
mustaqil ravishda hal etishga odatlantirib borish zarur. 
Mehnat tarbiyasi: Mehnat tarbiyasi sistemasida hilma-xil mehnat turlaridan 
foydalaniladi, quyidagi mehnat turlari bevosita jismoniy tarbiya bilan bog'liqlikda 
qo'llaniladi: 
1. 
Shug'ullanuvchilar 
harakatlar 
egallash, 
jismoniy 
qobiliyatlar 
takomillashtirishda o' quv mehnati. 
2. 
Jismoniy mashq qilishga doir amaliy mashg'ulotlarda oddiy mehnat 
jarayonlari. 
3. 
Jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridan tashqari vaqtlarda, ijtimoiy foydali 
mehnat. 
4. 
Qishloq xo'jaligida, sanoatda, aholiga xizmat ko'rsatish soxasidagi 
unumli mehnat.
Mehnat tarbiyasining vazifalari uchta asosiy vazifani hal etadi. 
-Mehnat ko'nikma va malakalarini egallash 
-Mehnatsevarlikni tarbiyalash. 
-Mehnatga insoniylik munosabatlarini shakllantirish
Mehnat tarbiyasining vazifalari shug'ullanuvchilar tarkibi va ularning 
tarbiyalash sharoitlariga muvofiq holda hal etiladi. Mehnat tarbiyasining vositalari. 
Mehnat qilish malakasi, mehnatga muxabbat mehnat jarayonlarida tarkib topadi. 
Shuning uchun oldin ko'rsatib o'tilgan mehnat turlarining hammasi mehnat 
tarbiyasining vositalaridir. Ularning har biri shug'ullanuvchilarning kuchi etadigan 
va shu bilan birga ularning yoshi, jismoniy tayyor ekanligi hamda ong darajasiga 
mos holda murakkab bo'lish kerak. 


19 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling