Termiz davlat pedagogika instituti magistranti Xolmatov Davron Ashurovichning 70110102-Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi bo’yicha “O‘quvchi-yoshlarni


Download 54.5 Kb.
Sana27.08.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1670782
Bog'liq
Rahbar xulosasi Davron.X 29.05.2023


Termiz davlat pedagogika instituti magistranti Xolmatov Davron Ashurovichning 70110102-Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi bo’yicha “O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishning pedagogik asoslari” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiyasi qo’lyozmasiga ilmiy rahbar
T A Q R I Z I
Jahonda o’quvchilarning iqtisodiy bilimlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog’liqlikda o’qitishning samarali mexanizmlari o’quv jarayoniga tadbiq etilmoqda. Janubiy Koreyada “Incheon” deklaratsiyasida qabul qilingan 2030-yilgacha mo’ljallangan ta’lim kontseptsiyasida “ta’lim taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetkazuvchi muhim faoliyati” sifatida belgilangan. Bu esa sifatli ta’lim berish, o’zlashtirish natijalarini, baholash usullarini takomillashtirish va o’quvchilarni kasbiy yo‘naltirishning samarali usullaridan, interfaol ta’lim metodlaridan keng foydalanishga bo’lgan ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda.
Dunyoda kasbga yo‘naltirishning nazariy-metodologik jihatlarini takomillashtirish, o’quvchilarda kasbiy bilimlarni shakllantirish jarayoni modelini yaratish, kasbiy bilimlarni shakllantirishga yo’naltirilgan o’quv vaziyatlarining didaktik-pedagogik imkoniyatlari va metodlarini aniqlashtirish bo’yicha tadqiqotlar alohida ahamiyatga molikdir. Bu esa, o’quvchilarda kasbiy bilimlarni shakllantiruvchi ta’lim jarayonini tashkil etishga yo’naltirilgan metodik tizimni yaratish zaruriyatini izohlaydi.
Respublikamizda umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarining erkin, mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo’lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini shakllantirish, kasbiy tafakkuri va tasavvuri shakllangan o’quvchilarni kamol toptirishning moddiy-texnik bazasi yaratilgan. Bunda “yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni shakllantirish” masalasi muhim vazifalar sifatida belgilangan. Bunda o’quvchining intellektual sifatlarini rivojlantirish, ta’lim va tarbiya resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababdan magistrant Xolmatov Davron Ashurovichning O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishning pedagogik asoslari" mavzusidagi 70110102-Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistr darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslangan, muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek, ob’ekti va predmeti aniqlangan, tadqqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlar yoritilgan.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari dissertatsiya mavzusiga aynan mos keladi. Tadqiqotning predmeti sifatida boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari belgilangan.
Muallif olingan natijalar, xulosa va tavsiyalarni asoslash uchun tadqiqot maqsadi va vazifalariga muvofiq keluvchi umumnazariy (analiz, sintez, qiyoslash, solishtirish, umumlashtirish, tasniflash, tizimlashtirish, modellashtirish va boshq.); umumpedagogik (me’yoriy hujjatlar va manbalarni o’rganish, tahlil etish, kuzatish, suhbat, so’rovnoma, test, faoliyat natijalarini o’rganish, pedagogik eksperiment); va natijalarni qiyosiy tahlil etish metodlaridan unumli foydalana olgan.
Dissertasiyaning O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltishning pedagogik asoslari deb nomlangan birinchi bobida o’quvchilarda kasbiy bilimlarni shakllantirish muammosining ilmiy tadqiqot ishlarida o’rganilganligi hamda o’quvchilarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishning mavjud holati tahliliga oid ma’lumotlar asoslangan. Shuningdek, darslarda o’quvchilarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning mavjud holati tahlil qilinib, o’quvchi-yoshlarda kasbiy tushunchalarni shakllantirish bosqichlari aniqlashtirilgan. O‘quvchilarda kasbiy tushunchalarni shakllantirish jarayonining bosqichlari quyidagicha nomlangan: tayyorlov, metodik, kognitiv va ijodiy-tadqiqiy.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltishning pedagogik shart-sharoitlari deb nomlanib, ushbu bobda o‘quvchi-yoshlarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning o’quv-metodik imkoniyatlari hamda darsdan tashqari mashg’ulotlar orqali o’quvchilarda kasbiy tushunchalarni shakllantirishning usul va vositalari mazmuni yoritilgan.
Kuzatishlar natijasida tadqiqotchi quyidagi xulosaga kelgan: umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlarining jismoniy, ruhiy rivojlanish jarayoni, nutq faolligi, yangi atamalarni qabul qilishdagi o‘xshashliklarini tasdiqlaydi. Natijada, o‘quvchilarda kasbiy bilimlarni shakllantirishda ta’lim-tarbiya uzviyligining ta’minlanishi, uning samaradorligini oshiradi, degan xulosaning kelib chiqishiga zamin yaratdi.
Tadqiqotchi muammoni nazariy va amaliy jihatdan o’rganib o‘quvchilarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning o’quv-metodik imkoniyatlarini tahlil qilgan. Natijada, o’quvchilarda kasbiy tushunchalarni shakllantirishning metodik tizimi ishlab chiqilgan. Metodik tizim beshta o‘zaro bog‘liq komponentdan iborat ekanligi belgilangan: maqsad, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligi, mazmun, vositalar orqali o‘quvchilarning kasbiy bilimini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shartlari. Ushbu metodik tizim ta’lim jarayonini tashkil qilishda o‘quv-metodik vositalarni qo‘llash samaradorligini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi.
Dissertatsiyaning O'quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish samaradorligini o‘rganish natijalari deb nomlagan uchinchi bobida tajriba sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi hamda tajriba-sinov ishlari natijalarining tahlili yoritib berilgan. Nazariy qoidalarni tasdiqlash uchun muallif tomonidan eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilgan, tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad darslarda o’quvchilarda kasbiy tushunchalarni shakllantirish samaradorligini aniqlashdan iborat etib belgilangan.
Tadqiqot ishi quyidagi ikki bosqichda amalga oshirilgan:
Birinchi bosqich (2021-2022 yillar)da dissertatsiya mavzusi yo’nalishidagi ilmiy-metodik adabiyotlar, mamlakatimizda va xorijda olib borilgan tadqiqot ishlari o’rganilgan va tahlil qilingan. Tadqiqot ishining maqsad-vazifalari va ob’yekti aniqlashtirilgan.
Ikkinchi bosqich (2022-2023 yillar)da o’quvchilarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning mavjud holati tahlil qilingan; interfaol ta’lim muhiti o’quvchilarda kasbiy tushunchalarni shakllantirishning muhim omili ekanligi asoslangan; tajriba-sinov ishlari dasturi ishlab chiqilib, dasturga binoan amaliy pedagogik faoliyat yo’lga qo’yilgan; tadqiqot ishining natijalari tahlil qilinib, umumlashtirilgan.
Tajriba-sinov ishlarida olingan natijalar qiyosiy tahlil qilinib, maxsus ta’limiy amaliyotning samardorligi asoslangan. Tadqiqot yakunida olingan natijalarga tayangan holda umumiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Umumiy xulosalari va berilayotgan tavsiyalari tadqiqot ishining belgilangan vazifalariga muvofiq bo‘lib, ish mustaqil bajarilgan hamda dissertatsiya tadqiqoti yakunlangan.
Shuni alohida e’tirof etish lozimki, dissertatsiya ishida yangi ilmiy natijalar sifatida quyidagi qoidalar ilgari surilgan:
boshlang’ich sinf o’quvchilarida kasbiy bilimlarni shakllantirish pedagogik muammo ekanligi asoslangan. Natijada, o’quvchilarda kasbiy tushunchalarni shakllantirish jarayonining tayyorlov, kognitiv, metodik va ijodiy-tadqiqiy bosqichlari aniqlashtirilgan;
o’quvchi-yoshlarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari va uning didaktik ta’minoti aniqlashtirilgan.
o’quvchi-yoshlarda kasbiy tushunchalarni shakllantirishning metodik tizimi (maqsad, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligi, mazmun, vosita o‘quvchilarning kasbiy bilimini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shartlari) aniqlashtirilgan. O‘quvchilarning kasbiy bilimlarini shakllantirishning tashkiliy tuzilmasi baholash mezonlari (tasavvur qila olish, iqtisodiy fikrlay olish, mustaqil iqtisodiy bilimlarini namoyon qilish) va darajalar (yuqori, o’rta, quyi)ni loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan. Natijada, o’quvchilarda kasbiy bilimlarni shakllantirish bilan bog’liqlikda ilmiy-amaliy tavsiyalar va unga qo’yiladigan pedagogik talablar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati tadqiqot jarayonida olingan natijalar ta’limda o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va o’quvchilarda kasbiy tushunchalarni shakllantirishga oid nazariy ma’lumotlarni boyitishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tajriba-sinov ishi davomida aniqlashtirilgan shakl, metod va vositalar o’quvchi-yoshlarda kasbiy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyatni tizimli tashkil etishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 3 ta ilmiy ish, jumladan 1 ta respublika, 1 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda hamda 1 ta ilmiy jurnalda maqola chop etilgan.
Dissertatsiya “Magistrlik dissertatsiya ishlarini rasmiylashtirish to’g’risidagi” Nizom talablari asosida rasmiylashtirilgan. Ish mustaqil bajarilgan va tugallangan.
Yuqoridagi natijalarga asoslanib, Xolmatov Davron Ashurovichning O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishning pedagogik asoslari” mavzusidagi 70110102-Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoyaning keying bosqichlariga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar:
Termiz davlat universiteti
Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi
v.b. dotsenti, p.f.b.f.d. (PhD): M.K.Ismailov
Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling