Amaliyotning asosiy qoidasi.
1.1. Talaba amaliyotga kelgunga qadar amaliyot rahbaridan
tushuntirish olishi hamda quyidagilarni bilishi lozim:
- kundalik to‘ldirishni
- amaliyot bo‘yicha shaxsiy topshiriq olishi;
- amaliyotni o‘tash bo‘yicha tuzilgan
taqvimli rejadan ikki
nusxa olishi (biri talaba uchun, ikkinchisi tashkilotning
amaliyot bo‘yicha raxbari uchun);
- amaliyot yo‘llanmasi;
- yotoqxonaga joylashishi uchun yo‘llanma (zarur bo‘lgan
taqdirda) olishi lozim.
1.2.Talaba tashkilotga yetib
kelgach tashkilot raxbariga
kundalikni taqdim etishi va amaliyot rejasini aytishi kerak.
Bundan tashqari texnik xavfsizlik, yong‘in falokatidan
Fakultet dekani:
Kafedra mudiri:
« »
2023 yil.
saqlanish, narsalardan foydalansh bo‘yicha
tushuntirish
olishi va ish joyi bilan tanishishi lozim.
1.3.Amaliyot davrida talaba tashkilotning ichki intizomiga
bo‘ysunishi shart, har qanday holatda talaba ish joyidan
chiqayotganda, bu haqda rahbarga bildirishi lozim.
1.4.Talaba amaliyot xususida taqvimli
rejaga muvofiq hisobot
tayyorlaydi va tashkilot hamda oliy o‘quv yurti tomonidan
qo‘yilgan rahbarlarning qo‘shimcha ko‘rsatmalariga binoan
uni to‘ldiradi.
1.5.Amaliyotdagi talaba faoliyati reyting baho tizim bo‘yicha
baholanadi va talabani stipendiyaga
tavsiya etishda hisobga
olinadi.