Termiz davlat universiteti arxitektura va qurilish fakulteti


Download 0.53 Mb.
bet1/8
Sana26.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1724829
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMI O`sarov


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


ARXITEKTURA VA QURILISH FAKULTETI

Transport tizimlari va inshoatlari” kafedrasi




Himoyaga ruxsat etilsin
Arxitektura va Qurilish fakulteti dekani
___________ Umbarov I. A.
_____”__________2022 y.

5340500-“Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish ” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun bajarilgan bitiruv malakaviy ishining




TUSHUNTIRISH XATI

Bitiruv malakaviy ishining mavzusi: Oxak ichlab chiqarish sexini loyihalash, maxsuldorlik 400 ming tonna


Universitet rektorining №__________yil buyrug’i bilan tasdiqlangan.
Bitiruv malakaviy ishining muallifi: O`sarov Elbek O`ktam o`g`li

Raxbar:Abdumo`minov O.R.


Tushuntirish xati:__ varoq


Chizma 5 ta vatman


Himoyaga “Ruxsat etilgan”


“QMB va KT” kafedrasi mudiri______________ t.f.n. dotsent Qo`ziyev A. U.
Termiz-2022 y.


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


ARXITEKTURA VA QURILISH FAKULTETI

“Transport tizimlari va inshoatlari” kafedrasi


5340500-“Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” yo‘nalishi


Tasdiqlayman


___________ Qo`ziyev A. U.
_____”__________2022_y.


BITIRUV MALAKAVIY ISHINI BAJARISH UCHUN VAZIFA

Talaba: O`sarov Elbek O`ktam o`g`li




Bitiruv malakaviy ishining mavzusi: : Oxak ichlab chiqarish sexini loyihalash, maxsuldorlik 400 ming t
Universitet rektorining ___________ yil buyrug’i bilan tasdiqlangan.


2.Bitiruv malakaviy ishini dastlabki himoyaga taqdim etish vaqti - 15.06.2022y.
3.Mavzu bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Qodirova D.Sh. Nuriddinov X.N. Bog‘ovchi moddalar va qurilish materiallarini tadqiq etish usullari.o‘quv qo‘llanma.T.,Toshkent 2011..

  2. В.А.Воробьёв В.С.Колокольников. Минерал богловчилар ишлаб чиқариш “Ўқитувчи” нашриёти Тошкент-1971.

  3. Наназашвили И.Х. Строительные материалы из древесно-цементной композиции. - 2-е изд., прераб. и доп. – Л.: Стройиздат, 1990. -415 с.

  4. Асқаров Б.А. Қурилиш конструкциялари. Дарслик. Т., Ўзбекистон., 1995.

  5. Махмудова Н.А., Давлетов И. Қурилиш материаллари корхонаси иқтисодиёти. ТАҚИ. Тошкент, 2007. 111 б.

4. Hisob – tushuntirish xatining mazmuni:


Kirish.Texnologik qism.Mahsulot nomenklaturasi. Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash. Korxonaning ish rejimi. Maxsulot bo‘yicha korxona mahsuldorligini hisoblash. Xom ashyo sex (korxona)ning talabini aniqlash... Texnologik asbob-uskunalarni tanlash va hisoblash. Tayyor mahsulotlar ombori hisobi. Hisob-kitob qismi.Iqtisodiy qism. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
5. Chizma materiallarning ro‘yxati: Bosh reja. Ishlab chiqarish korxonasi rejasi va qirqimi. Ishlab chiqarish texnologik sxemasi..Tayyor maxsulot ombori. Hisob qismi.
6. Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha maslahatchilar.





Qismlar


Maslahatchi



Imzo, sana

Topshiriq berildi

Topshiriq qabul qilindi

1

Texnologik

o`qit. Abdumo`minov O.R.







2

Hisobiy

o`qit.Axmedov Z.J







3

Iqtisodiy

o`qit.Turapov F.X







4

Mehnat muhofazasi

o`qit.Jalilov E.E










  1. Bitiruv malakaviy ishi bajarish grafigi.




Bitiruv malakaviy ishining qismlarining bajarilishi

Bajarilish muddatlari

Bajarilishi
bo‘yicha belgi
(rahbar imzosi)

1

Texnologik







2

Hisobiy







3

Iqtisodiy







4

Mehnat muhofazasi







“QMB va KT” kafedrasi mudiri______________t.f.n. dotsent Qo`ziyev A. U.
Bitiruv malakaviy ishining raxbari; o`qit. Abdumo`minov O.R.

Bajarish uchun vazifani qabul qildi; O`sarov E.O`


“______”_______________ 2022 y.


MUNDARIJA:


Kirish………………………………………………………………….


1.Texnologik qism…………………………………………………….
1.1 Mahsulotning nomenklaturasi………………………………… ...
1.2 Qurilish oxagi ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash…………
1.3 Korxonaning ishlab chiqarish xisobi……………………………....
1.4 Xom ashyo va yarim fabrikatlarga sexning talabini aniqlash……
1.5 Ishlab chiqariah texnologik jarayoni……………………………..
1.6 Texnologik uskunalarni tanlash va asoslash……………………….....
1.7 Asbob uskunalar ro’yxati…………………………………………
1.8 Sexda ishlovchi hodimlar ro’yxati……………………………….
2. O‘rta qator kalonnani hisoblash……………………………...........
3. Iqtisodiy qism……………………………………………………...
4. Mehnat muhofazasi………………………………………………..
5. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………

KIRISH
Bоg’lоvchi mоddalarning bundan 4-5 ming yil avval sun’iy yo’l bilan hоsil qilinganligi ma’lum. Misr, Gresiya, Rim va Vavilоnda оhak qоrishmasi va gidravlik qo’shimchalardan tayyorlangan betоn inshоatlar qadimgi vaqtlardan hоzirgi davrgacha saqlanib kelmоqda. Bunday inshоtlarning ichki va tashqi qismini bezashda metall chiqindilaridan yasalgan naqshdоr kоshinli buyumlar ishlatilgan [3].
Xozirda butun mamlakatimiz bo’ylab obodlik ishlarini amalga oshirib bormoqda. Yurtimizning qaysi bir qishlog’u shahriga qadam qo’ymang, yangidan qad tiklayotgan ijtimoiy ob'ektlarga ko’zingiz tushadi. Zamonaviy turar-joylar, savdo do’konlari, shifo maskanlari, sport majmualari, xiyobonu istirohat bog’lari bunyodkor elimizning farovon turmush-tarzidan so’zsiz hikoya qiladi.Aynan mana shu ulkan qurilish ishlari uchun albatta qurilish materiallari zarur. Ichki va tashqi bozorlarda talabi barqaror bo’lgan zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish, eksport salohiyatini yanada kengaytirishni ta'minlash, shuningdek, yangi ish o’rinlarini tashki etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, "Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish" investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaga asosan, Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida quvvati yiliga 350 ming tonna oq sement yoki 760 ming tonna portlandsement bo’lgan sement zavodi qurilmoqda. Zavod ishga tushgach, 430 nafar kishi ish bilan ta'minlanadi.
Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari "O’zog’irsanoatloyiha" instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 120,3 mln. AQSh dollariga teng bo’lib, "Olmaliq KMK" OAJning o’z mablag’lari hisobidan 46,1 mln. AQSh dollari va O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan 74,2 mln. AQSh dollari miqdorida moliyalashtirilishi ko’zda tutilgan. Shuningdek, loyiha texnologik qismining ish hujjatlarini ishlab chiqish, asbob-uskunalarni etkazib berish, bosh-montaj ishlarini olib borish, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlariga asosan Turkiyaning "DAL TEKNIK TICARET VE SANAYI A.S." kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan.
Ohaktosh karerini foydalanishga topshirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va boshqa harajatlar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshiriladi. Sement ishlab chiqarish uchun karbonat xom-ashyosi sifatida Baliqli tog’ konining ohaktoshlari (Jizzax viloyati, Zafarobod tumani), tuproqli komponent sifatida boyitilgan Angren kaolini (oq sement uchun) va g’allaorol konining lyossli tuproqlari (oddiy sement uchun) ishlatiladi.
Mazkur sement zavodi 2014 yil birinchi yarim yilligiga ish boshladi. Kombinatda shu kabi yirik investision loyihalar ijrosi davom etmoqda [2].
Tarixga bir nazar solsak Misr va Mesоpоtamiyada bundan 5-6 ming yil avval yasalgan shisha buyumlar tоpilgan. Respublikamiz xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materyallari salmoqli o‘rin egallaydi.Shu jumladan qurilish materyallarini umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbatan sement - 70 % ni,shifr – 15 % ni,maxsus qurilish materyallari - 10 %ni va boshqalar - 5 % ni tashkil qiladi.Ushbu keltirilgan ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki qurilish materyallari ichida sement ishlab chiqarilishi katta ahamiyatga ega va tez suratlarda rivojlanib bormoqda[3].Masalan mamlakatimizda 2000 yilda 3.28 mln tonna sement ishlab chiqarilgan bo‘lsa,bu ko‘rsatkich 2009 yilga kelib 6.85 mln tonnaga yetgan. 2011 yilga kelib esa sement ishlab chiqarilish hajmi 6.99 mln tonnan i tashkil etgan bo‘lsa eksport hajmi ham oshib 1 mln tonnaga etdi.Sement tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,dunyoda birinchi sement ishlab chiqaradigan zavod 1839-yilda Rossiyaning Petrburg shahri yaqinida ish boshlagan bo‘lsada,XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelibgina sement sanoati tez taraqqiy etgan. Ixtiro qilinishi rus harbiy texnigi E Cheliyev va ingliz olimi Jozef Aspidin bilan bog’liq.Eng qizig’i bu ikki olimlar bir-birlaridan bexabar holda bir vaqtda 1824 -1825 yillarda sementni kashf qilishgan.
Angliyalik tadqiqotchi Jozef Aspidin mustahkam sunniy tosh sohasida ish olib borib 1824-yilda yaratgan ―Sunniy tosh ishlab chiqarishning takomillashgan usuli‖ ishi uchun patent oldi.Bu sunniy tosh Portland shahri yaqinida qazib olinayotgan portland toshiga o‘xshaganligi sababli portlandsemet deb atalgan.
Rus harbiy texnigi E.Cheliyev esa suvga chidamli sementning yanada
takomillashgan turini yaratish hususuda izlanish olib borib,1825 – yili juda muhum ixtiro qildi:ohak bilan tuproq aralashmasi 1200-1300 C gacha,ya‘ni oqarib tovlana boshlaguniga qadar kuydirilganiga qovushib pishgan kesaklangan‖ mahsulot hosil bo‘ldi.Uni tuyib suvga qorilsa,suvga chidamli va ajoyib mexanik xossaga ega bo‘lgan toshga aylanadi.E.Cheliyev o‘zining o‘sha kezlarda Moskvada nashr etgan Arzon va yaxshi mergel ishlash yoki suv inshoatlari,chunonchi, kanal,ko‘prik,havza,to‘g‘on,ombor,yer to‘la qurish hamda ish va yoochli imoratlarni suvashda ishlatiladigan nihoyatda pishiq sement tayyorlashga doir mufassal yo‘l yo‘riqlar‖ degan kitobida shunday yangi sement ishlab chiqarish usulini bayon etgan edi [3].
Mamlakatimizda joriy 2018 yilni “Faol tadbirkorlik,innovatsiyon g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash” yili deb e’lon qilinishi mamlakatimiz ravnaqi va istiqbolini yanada rvojlantirishga qaratilgan. Bu yilning yana muxim bir yangi qarorlari davlatimiz yurtboshining 2017-yil 7 fevral kungi farmoni bilan 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqlaganidir. Strategiya loyihasi dolzarb bo’lib u aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi. Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishidan, biri Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishi.da asosan insonlarni arzon uy joy bilan taminlash alaxida ta’kidlab o’tilgan [1]. Shuning qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida qishloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyoji imtiyozli kredit berishning yuqori darajadagi shartlarini joriy etishni, energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishni yanada kengaytirishni, shuningdek barpo etilayotgan uylarning tannarxini pasaytirishni talab qilmoqda. Ushbu muhim vazifalar hisobga olingan holda qabul qilingan qaror qishloq aholisining keng qatlamlari uchun zamonaviy va shinam uylardan foydalanish darajasini tubdan oshirishga, yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga va qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Qator to‘plangan tajribani o‘rganishni hisobga olib qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishiga yangicha yondashuvni mustahkamlaydi. Axolini arzon uy-joy bilan taminlashda asosan maxalliy materiallardan keng foydalanib uy-joylar borpo etish eng muxim qadamlardan biridir. Bu dasturning to’liq ijrosini taminlash uchun avvalom bor Qurilish materiallarining tannarxini pasaytirish xamda maxalliy xomashyolardan keng miqyosda foydalanish, energiya tejamkor materiallardan o’rinli ishlatishni alohida ta’kidlab o’tdilar yurtboshimiz [1]. Shu bilan bir qatorda qurilish materiallari ishlab chiqarish to’g’risida qarorlar qabul qilindi Bu qarorlarga asosan zamonaviy qurilish materiallari turlarini yanada ko‘paytirish va ichki bozorni ular bilan to‘ldirish, eksport salohiyatini oshirish yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda 200 dan ortiq korxona qurilish materiallari ishlab chiqarmoqda. Ularning yuzdan ziyodi “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Ular qurilish sohasini barcha turdagi zarur ashyolar, jumladan, sement, ohak, gips, devorbop, tom yopish uchun mo‘ljallangan, pardozlash, nam va issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar bilan ta’minlamoqda. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatimizda zamonaviy qurilish sanoatida ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, energiya tejovchi va ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy qilish, eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kompaniya korxonalari yuqori texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv tizimlarini qo‘llash asosida ishlab chiqarishning texnologik darajasini hamda samaradorligini oshirish hisobidan yuqori o‘sish sur’atlariga erishmoqda. Yirik ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish, yangi sanoat majmualarini barpo etish aholi va qurilish-montaj tashkilotlarining o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash imkonini berayotir.Bоg’lоvchi mоddalarning bundan 4-5 ming yil avval sun’iy yo’l bilan hоsil qilinganligi ma’lum. Misr, Gresiya, Rim va Vavilоnda оhak qоrishmasi va gidravlik qo’shimchalardan tayyorlangan betоn inshоatlar qadimgi vaqtlardan hоzirgi davrgacha saqlanib kelmоqda. Bunday inshоtlarning ichki va tashqi qismini bezashda metall chiqindilaridan yasalgan naqshdоr kоshinli buyumlar ishlatilgan. Injenerlik inshоtlari uchun-gil, tоsh, yog’оch to’sinlar; turar jоy uchun-qamish, pal’ma shохlari va bоshqalar ko’plab ishlatilgan. Misr va Mesоpоtamiyada bundan 5-6 ming yil avval yasalgan shisha buyumlar tоpilgan.Mamlakatimizda turli binоkоrlik materiallari ishlab chiqarish juda qadimdan bоshlangan. Binоkоrlar o’rtasida asta-sekin g’isht teruvchilar tоshtarоshlar, оhak tayyorlоvchilar va bоshqa kasb ustalari ajralib chiqadi. Shahar devоrlari, minоralar, masjid va qasrlar (masalan, Buхоrо, Samarkand, Хiva yodgоrliklari) kabi inshоtlar Qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojni оshirgan. Eramizdan оldingi to’rtinchi asrda qurilgan qadimgi Хоrazm chоr atrоfi qalin devоrlar bilan o’rab chikilgan to’rtta silindrsimоn minоradan ibоrat. Minоralarning usti tekis qilib ishlangan. Bunday inshооtlarni qurilishda qo’shilmalar bilan ganch qоrishmasi va giltuprоqdan pishirilgan yapоlaq g’ishtlar hamda tabiiy tоshlar ishlatilgan.O’zbekistonda asosan xx-asrning boshlarida portlandsement ishlab chiqarish boshlangan.Bu davrda chiqariladigan sementlar tarkibiga ko’ra Volga va Novorossiyskdan keltirilgan portlandsementdan kam farq qilsada,sifati juda past edi.Ammo Markaziy Osiyoda,hususan O’zbekistonda sanoat va qishloq xujalik qurilishining tez sur’atda o’sishi natijasida Bekobodda birinchi bo’lib yiliga 150 ming tonna portlandsement ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga mablag’ ajratildi.
Respublikada portlandsement ishlab chiqaruvchi ikkinchi yirik zavod 1932 yilda Quvasoyda qurildi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining kimyo istituti,Toshkent kimyo-texnologiya institute va Toshkent Arxitektura-qurilish institute olimlarining tinimsiz izlanishlari natijasida Markaziy Osiyo va O’zbekiston mahalliy xom ashyo sidan bir qator sementlar yaratildi va hozirgi kunda ular muvaffaqiyat bilan qo’llanilmoqda.Markaziy Osiyo respublikalari sharoitida sho’r suvli va sho’r tuproqli joylar uchun kerak bo’ladigan gliej-portlandsement O’zbekistonda birinchi marta 1940-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlandi.Bu sement ulkan suv inshootlari qurilishlarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda.O’zbekiston sement zavodlari yanida joylashgan Angren va Qizil-qiya gliej konlari ancha yillardan beri xom ashyo bazalariga aylangan.O’zbekistonda sement zavodlari 1990 yilda 6mln 385 ming tonna sement chiqazgan bo’lsa,1999 yilda esa 3mln 331 ming tonna hajmida ishlab chiqargan.Respublikadagi barcha sement zavodlarini ish unumi o’tgan 10 yil ichida sezilarli darajada kamaydi.’’Oxongoronsement’’KK 1997 yildan boshlab fosfarit o’g’itlari ishlab chiqarish uchun aylanma tegirmonda tuyilgan fosfarit tay yorlashga ixtisoslashdi.O’zbekistonda sanoat zaxirasi 269,44 mln tonnage ega 11 ta konlar aniqlangan.Shulardan sanoat zaxirasi 61,4 mln tonnali 4 ta kon ishlamoqda.Respublikamizda ilk bor sementni yangi va samarali texnologiya quruq usulda xom ashyolarni pishirib olish ‘’Qizilqumsement’’ KKda amalga oshirildi.Sement ishlab chiqarish sanoatini rivojlanishida chet el investisiyalarini jalb etishga alohida e’tibor berildi.Ispaniya,Shvesariya,Fransiya sement kompaniyalarida respublikaga investisiya olib kelishga qiziqish bo’lmoqda.1996-1997 yillari Shvesiyaning ‘’Svedila’’ kompaniyasining mutaxasislari sement zavodlarini zamonaviy texnologiya asosida boshqarishga doir ishlar olib bordilar.Natijada,1998 yil bajarilgan ishlar o’rganilib bir qator takliflar berildi.Respublikadagi 4 ta sement zavodini qayta ta’mirlashga 33501000 aqsh dollori kerakligini aytishdi.Respublikamizda 2005-yillarda jami 5,044 mln tonna sement ishlab chiqarish rejaga keritildi.Shulardan 2mln tonnasi eksport qilishga mo’ljallangan.
Shu bilan birga zamonaviy texnologiyalar asosida “Sherabod ” sement zavodi ham bundan mustasno emas edi.
Zavod yiliga 1500 ming tonna portlandsement ishlab chiqaradi.
Dunyo bozorida sementga talab yuqori,shu bois sementning 70% dan ortig’i eksportga yunaltirilishi mo’ljallangan [2].
O’zbekiston Respublikasi Prezedinti tashabbusi bilan ichki va tashqi bozorlarda talab barqaror bo’lgan zamonaviy qimmatlarini ko’paytirish, maxsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish, esport salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida
Prezidentining 2016 yil 10 oktyabrdagi «Surxondaryo viloyatidagi Sherobod tumanida sement zavodi qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2628-sonli Qarori ijrosini so’zsiz ta’minlash yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaliy reja choralari ishlab chiqildi.2016-yilning 13-oktyabrida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yilning 10-oktyabridagi «Surxondaryo viloyatidagi Sherobod tumanida sement zavodi qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2628-sonli Qarorini bajarilishi to’g’risida”gi 626-sonli buyrug’i tasdiqlandi[2]. Ushbu buyruqqa asosan «Olmaliq KMK» AJning chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
2016 yilning noyabriga kelib kombinat buyrug’iga ko’ra, Sherobod sement zavodi direktsiyasi tashkil etildi va «Olmaliq KMK» AJ bilan Turkiyaning "Dal Teknik Makina" kompaniyasi o’rtasida umumiy summasi 203,1 mln. dollarga teng, tayyor holda topshirish yuzasidan shartnoma imzolandi. 2017 yilning yanvarida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlandi. Hozirda korhona qurilish ishlari yakunlanib ishlab chiqarishga topshirilmoqda [2].

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling