Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalar fakulteti informatika o


Elektron test yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilish


Download 0.52 Mb.
bet9/9
Sana20.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1039133
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amirova Mavluda

Elektron test yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilish
Yuqorida Ispring dasturida tuzilgan testdan ko’rinib turibdiki, bu test an'naviy testlarga qaraganda bu testda bir xillik bo’lmaydi va talabalarga bir muncha qiziqarliroq tarzda testlar beriladi. Undan tashqari bu interaktiv testlarni rasm, ovoz va formulalar yordamida testlarni tuzish imkoniyati mavjudligi ularni yanada qiziqarli va qolaversa o’quvchini katta intuziazm bilan ishlashga chorlaydi. Oddiy testlardan chegaralangan yo’nalishlardan foydalanib test nazorati o’tkazish mumkin edi, misol uchun musiqa yo’nalishi talabalari uchun faqat nazariyadan savollar berish mumkin edi, bu dasturda esa ovozlar qo’yish yordamida test tuzish imkoniyati borligi biror bir musiqadan parcha qo’yib savollar tuzish imkoniyatini yaratadi. Boshqa yo’nalishdagi fanlar : matematika, fizika, biologiya, geografiya va h.k. lar uchun ham juda qiziqarli, interaktiv testlar tuzish imkoniyati mavjud.Undan tashqari testni kompyuter tarmoqlari orqali ham o’tkazish imkoniyati va elektron pochta orqali yo’llab yuborish imkoniyatlari mavjudligi hozirgi zamonaviy ta'lim talablariga ham javob bera oladi. Yuqorida keltirilgan imkoniyatlardan ushbu dasturdan elektron darslik, elektron vositalar yaratishda foydalanish qulayligi ko’rinib turibdi.Elektron testlar orqali o’quvchilarni mavzularning ma’lum bobi tugaganda yoki yangi mavzuni mustahkamlashda qo’llash yaxshi samara beradi.Ispring dasturidan barcha fan o’qituvchilari foydalanishi mumkin.Test dasturi orqali bir vaqtda sinf o’quvchilarining barchasi baholanadi.Vaqtdan yutiladi.O’quvchilar yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini bilib oladilar.Quyida Ispring dasturi yordamida tuzilgan testlardan namunalar keltirilgan.Bizning misolimizda Ispring Suite 8 dan foydalanilgan. Quyida test dasturini tuzish va ishlash prinsiplari keltirilgan.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda ,Informatika fanidan ispring dasturi yordamida testlar yaratib,ularni dars jarayonida qo’llash darslarning samaradorligini oshiradi. O’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi,ularning mantiqiy fikrlashlari faollashadi,bilishga intilishi va ijobiy qobiliyati rivojlanadi,o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’ladi,bilishga bo’lgan qiziqishi rivojlanadi,darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish ko’nikma va malakalari shakllanadi,o’quvchilarni ilmiy izlanishga yo’naltiradi. Men ushbu malakaviy ishini bajarish davomida o’zim uchun qimmatli bo’lgan juda qiziqarli va o’rganish uchun loyiq bo’lgan ko’plab ma’lumotlarni to’pladim. iSpring QuizMaker dasturida Informatika fanidan tеstlar komplеksini ishlab chiqish va uni umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilariga qo`llash natijasida ularga bilim bеrish uchun elеktron qo`llanmalardan foydalanib, dars samaradorligini oshirishga erishish mumkinligini o`z ishimni bajarish jarayonida ko`rib o`tdim. Shuningdеk, o’quvchilarga doimiy ravishda bilim bеrib borishda elеktron tеstlar komplеkslarini yaratish va ulardan o`quv jarayonida foydalanish lozimligi, shuningdеk testlar saviyasini yanada takomillashtirish va yangi loyihalarini yaratish bo`yicha zaruriy tasavvurlarni oldim. Kеlgusida bu ishlarimni davom ettirib, zamonaviy yangi pеdagogik tеxnologiyalar asosida o`quvchilarga bilim bеrish uchun albatta o’z fanim bo’yicha electron testlar, turli xil elеktron sahifalar, elеktron qo`llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar yaratib,o’quvchilarning bilimini yanada mustahkam bo`lishida o`zimni olgan bilimlarim bilan javob bеrishga harakat qilaman .


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling