Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
Ma‘lumki, moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish mulkchilik munosabatlarisiz amalga
oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka egalik qilishni talab qiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlariga
quyidagi mulk turlari
kiradi:
1. Davlat mulki;
2. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa
mulkining
xilma-xil turlari;
3. Ijtimoiy tashkilotlar mulki;
4. Uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi mulki;
5. Yakka tatibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan
mehnatkashlarning shaxsiy
mulki;
6. Tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk
shakllari;
7. Xususiy mulklardan iboratdir.
“O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi
Qonunida turli-
tuman
mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir:
1. Davlat mulki;
2. Jamoa mulki;
3. Xususiy mulk;
4. Shaxsiy mulk;
5.Aralash mulk.