SHaxsiy mulk ob‘ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport
vositalari, pul jamg’armalari, uy-ruzg’or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka
tartibda faoliyati uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi.
Xususiy mulk – bu ayrim tadbirkolarga, sohibkorlarga, ishbilarmonlarga qarashli
yollanma mehnatga asoslangan va egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
O’zbekiston Respublikasining ”Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunda (7-modda),
xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan va qonunlar doirasida uning
miqdori va qiymati cheklanmasligi ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida aytish
mumkinki, turli shakldagi mulklarning qo’shilishi natijasida aralash mulk paydo
bo’ladi va bu mulkdan hosil bo’lgan daromaddan har bir sub‘ekt - mulk egasi -
o’zining ulushini oladi va bu mulkni rivojlanishidan manfaatdor bo’ladi.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari
Iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo’li - bu kup mulkchilikdir yoki
ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirishdir.
Buning asosida davlat tasarrufida bo’lgan mulkni xususiylashtirib, uni
jamoa, ijara korxonalariga, aktsiya jamiyatlarga, ma‘suliyatli cheklangan
jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va
tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taaluqli bo’lmagan
yuridik shaxslarning davlat mulki obe‘ktlarini yoki davlat aktsiyali
jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishdir.[1] Prezident
I.
Karimov mulkchilik masalasini hal
qilishni “....bozorni vujudga
keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat
qiladi”[1] deb ko’rsatadi. Shu sababli O’zbekistonda mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berilib,
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonuni
1991 yil 19 noyabr qabul qilindi.
Xususiylashtirish davlat mulkiga
egalik huquqining davlatdan xususiy
shaxslarga o’tishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |