Har qaysi teri bo‘kasining qo‘ygan tuxumi 450 tagacha boradi. Oradan 2-4 kun o‘tgach, tuxumdan mayda lichinkalar chiqib, terini teshadi va uning os- tiga o‘tadi, so‘ngra teri osti biriktiruvchi to‘qimalari orqali hayvonning bo‘yni to- monga siljiydi. Qizilo‘ngach devoriga o‘tib, u yerda 5 oy yashaydi, keyinchalik molning orqa tomoni teri ostiga qarab ko‘chadi. Bu yerda lichinkalar po‘st tashlab, ikkinchi lichinkalik davriga o‘tadi. Lichinka atrofida biriktiruvchi to‘qimadan max- sus kapsula vujudga kelib, terida no‘xat kattaligida shishlar hosil boiadi. Nafas olishi uchun tanasining oldidagi o‘tkir ilmoqlari, tana tuklari va fermentlar bilan hayvon terisini teshadi va atmosfera havosi bilan nafas ola boshlaydi. Oradan 20- 30 kun o‘tgach, lichinkalar ikkinchi marta tullab, uchinchi lichinkalik davriga o‘tadi. Keyinchalik lichinkalar shishdagi teshikdan tashqariga chiqib, yerga tushadi. Yerda g‘umbakka aylanib, 3-5 hafta ichida g‘umbakdan qanotli bo‘ka chiqadi
Do'stlaringiz bilan baham: |