Termiz davlat universiteti fakulteti
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari
Download 1.63 Mb.
|
JAHON SAVDOSIDA RAQOBATNING KUCHAYISHI
4. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmundir. Bu xalqaro iqtisodi munosabatlarni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi deb ham yuritiladi. Bu aloqalar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; Kapital va chet el investitsiyalarining harakati; Ishchi kuchi migratsiya; ishlab chiqarishing davlatlararo kooperatsiyasi; Fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; Valyuta – kredit munosabatlari. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokida bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilish. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: Xususiy yoki davlat kapitali shaklida; Pul va tovar shaklida; Qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida; Ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklidа. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchinig xalqaro migratsiyasi bo’lib, u ishchi kuchini ish bilan ta‘minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida namoyon bo’ladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismini o’z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya - mamlakatlardan doimiy yashash oyiga chiqib ketishni, immigratsiya - mamlakatda doimiy yashash uchun kirib kelishini bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya ya‘ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi. Xalqaro migrantlar 5 ta asosiy toifaga ajratiladi: 1) Immigrantlar va noimmigrantlar; 2) Shartnoma bo’yicha ishlashga kelgan mingratlar; 3) Nolegal, yashirin immigrantlar; 4) Boshpana so’rovchi shaxslar; 5) Qochoqlar. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling