Termiz davlat universiteti fizika matematika fakulteti
IMPULSNING SAQLANISH QONUNI
Download 0.65 Mb.
|
Termiz davlat universiteti fizika matematika fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
2.3 IMPULSNING SAQLANISH QONUNI.Mexanikada impulsning saqlanish qonuni Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonunlaridan kelib chiqadi. Bu qonunni turli usullar bilan keltirib chiqarish mumkin, ammo soddaroq bo‘lsin uchun ikki jismdan iborat sistema qarab chiqiladi. 1.Barqaror darsliklarda taklif etilgan impulsning saqlanish qonunini keltirib chiqarish ikki jism uchun yopiq sistema deb hisoblangan jismlarga nisbatan Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonunlarining qo‘llanilishiga asoslangan. Avval yopiq sistemani tashkil etuvchi ikki jismning o‘zaro ta’sirida ular impulslarining o‘zgarishi modul jihatdan bir xil, ammo ishoralari jihatdan qarama-qarshi ekanligi isbot etiladi: Bundan quyidagini hosil qilamiz: To‘qnashish vaqti davomida jismlar o‘zaro ta’sirlashadigan va kuchlar hamma vaqt bir xil bo‘lib , modullari o‘zgarishini tushuntirib o‘tish muhim. Shundan keyin olingan natija aravachalar elastik va noelastik to‘qnashishlaridagi oddiy tajribalar asosida ko‘rsatiladi va qonunning qo‘llanish sohasi izohlab beriladi. Shunday ketma-ketlikda chiqarilgan xulosa, o‘quvchilar uchun to‘liq va juda qiziqdir. 1)qiya novdan sharning dumalashida A nuqtada shar hosil qiladigan impuls sharning gorizontal yo‘nalishdagi uchish uzoqligi proportsional : ; 2)gorizontal ochiq novda tinch to‘rgan shar bilan harakatlanayotgan sharning elastik urilishida impuls almashinishi ro‘y beradi: ; 3)bu sharlarning markaziy noelastik to‘qnashishida (sharlar orasiga bir bo‘lak plastilin joylashtiriladi) ikkala shar ham bir xil masofani bosib o‘tadi: , ya’ni sharlarning impulslari urilguncha va urilgandan keyin bir xil bo‘ladi: ; 4)markaziy bo‘lmagan elastik urilishda sharlarning uchish yo‘nalishlari har xil bo‘ladi. s1 va s2 masofalarni o‘lchab va ko‘chishlarni vektor ko‘rinishda qo‘shib: impulsning saqlanish qonunini vektor ko‘rinishda hosil qilamiz: . Bu usul xususiy bo‘lib, ko‘p vaqtni oladi, bir nechta jismlarning o‘zaro ta’sir holati qiyinroq umumlashtiriladi. Ammo muhim, qiziqarli tomoni-impulsning saqlanish qonuni dinamika qonunlarining natijasi sifatida emas, balki tabiatning mustaqil qonuni sifatida keltirib chiqariladi. Bu formula ilgarilanma harakat kinetik energiyasining quyidagi formulasiga o‘xshashdir: Shunga asosan quyidagi gipotezani ilgari surish mumkin. Yopiq sistemada (jism ishqalanish va qarshilik kuchlari bo‘lmagan holda aylanganda) aylanish impulsining yoki impuls momentining saqlanish qonuni o‘rinli bo‘ladi. Ya’ni: Bu taxminning to‘g‘riligini tajribada tekshirish mumkin. Masalan, qo‘lida gantel bilan Jukovskiy stulida o‘tirgan kishining aylanishida. Qo‘llar ikki tomonga ochilsa, inertsiya momenti va burchak tezligi kamayadi va aksincha, qo‘llar yig‘ilib, ko‘krakka qo‘yilsa, inertsiya momenti kamayadi va burchak tezligi ortadi. Ya’ni, impuls momentining saqlanishi kuzatiladi. Yuqorida bayon etilganlarni ko‘rgazmalilik uchun quyidagi jadval bilan tasvirlash mumkin. XULOSAFizika ishning mazkur bobida fizika faniga pedagogik va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish usullari hamda akademik litseylarida fizikani o’qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, dars jarayonida pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalanish namunalari keltirildi. BMI da akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida fizikani o’qitishda pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalanishning quyida ayrim afzalliklar keltirildi: Pedagogik va innovatsion texnologiyalar, yordamida fan bo’yicha ma’lumotlar bazasiga hamma vaqt kirish imkoniyati bor. Boshqa o’qituvchilar bilan tajriba almashish imkoniyati beriladi. Ular pedagogik va innovatsion texnologiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tashkil qilishi mumkin. Pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonida kitoblar, jurnallar va nashrlardan axborot izlashda vaqt va mablag’ tejaladi. Dars davomida internet orqali animatsiyalar, mul’timedialar, videofilmlar namoyishi vositasida o’qitish imkoniyati paydo bo’ladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling