Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti “amaliy psixologiya” yo‘nalishi 121- guruh talabasi normaxmatova sabinaning


Download 111.72 Kb.
bet10/13
Sana17.06.2023
Hajmi111.72 Kb.
#1533431
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
sabina (1)

IDROKNI O’RGANISH METODI
Mazkur metodika Ye.V.Zalyubovskaya tomonidan taklif etilgan bo’lib,
individda guruhni idrok etishning 3 tipidan qaysi biri ustun ekanini aniqlashga
xizmat qiladi. U tiplar quyidagilardan iborat.
1 - tip. Individ guruhini o’z faoliyatiga xalaqit berayotgan narsa sifatida
idrok qiladi yoki unga neytral munosabatda bo’ladi. Guruh individ tomonidan
yaxlit birlik sifatida idrok etilmaydi. Individ hamkorlikdagi faoliyatdan o’zini
chetga tortadi, ko’proq individual faoliyatni xush ko’radi, uning guruh a’zolari
bilan bo’lgan aloqalari sust bo’ladi. Guruhni idrok etishning bunday tipini
«Individualistik tip» deb atash mumkin. 2 – tip. Individ guruhni u yoki bu shaxsiy maqsadlarga erishish vositasi
sifatida idrok etadi. Bunda guruh individ uchun qanchalik foydaligiga bog’liq
ravishda idrok etiladi va baholanadi. Individ guruhning mutasaddi, muayyan
masalalar bo’yicha zarur axborotni va yordamni bera oladigan vakillarini ma’qul
ko’radi. Guruhni idrok etishning mazkur tipini «Pragmatik tip» deb atash mumkin.
3 - tip. Individ guruhini yahlit birlik va mustaqil qadriyat sifatida idrok
qiladi. Uning uchun butun guruh va guruh a’zolarining muammolari birinchi
o’rinda turadi. SHu tufayli individ butun guruhning ham, ayrim a’zolarning ham
muvaffaqiyatidan o’zini manfaatdor, deb biladi. Umumiy faoliyatga o’z hissasini
qo’shishga intiladi. Individda jamoaviy mehnatga nisbatan ehtiyoj kuzatiladi.
Guruhni idrok etishning bunday tipini «Kollektivistik tip» deb atash mumkin.
So’rovnoma 14 hukmdan iborat. Har bir hukm 3 muqobil variantga ega.
Variantlar guruhni idrok etishning 3 tipidan biriga mos keladi.
Ko’rsatma: «Biz ta’lim jarayonini takomillashtirish maqsadida maxsus
tadqiqot o’tkazayapmiz. Sizning so’rovnoma savollariga beradigan javoblaringiz
bizga bu borada yordam berishi mumkin. Siz so’rovnomada har bir hukm gapdan
keyin berilgan variantlar (a, b, v) dan biridagi fikrni tanlashingiz kerak. Tanlangan
fikr sizning nuqtai nazaringizni to’liqroq aks ettirishi lozim. Unutmang, javoblar
orasida to’g’ri yoki noto’g’risi yo’q. Ulardan faqat bittasini tanlang».

Download 111.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling