Termiz Davlat universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Amaliy psixologiya yo’nalishi
2-bosqich 321-guruh talabasi
Axmedova Umida ga
26-MTT
Psixologi tomonidan
TAVSIFNOMA
Axmedova Umida malakaviy amaliyot o’tash davrida o’zining harakatchanligi , tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan ajralib turdi. U o’ziga biriktirilgan barcha ishlarni a’lo darajada bajardi. Axmedova Umida o’z sohasi bo’yicha doimo izlanishda bo’lib , amaliyot davomida buni namoyon etdi.Talaba biriktirilgan psixolog bilan hamkorlikda ish olib bordi. Amaliyot davomida asosan turli ish hujjatlari bilan ishlab , talabalar qiziqishlari va kasbiy motivlarini o’rganib, ular qanchalik tanlagan yo’nalishiga muvofiqligini tahlil qilib bordi.
Shuningdek amaliyot davomida talaba Axmedova Umida 26-MTT psixologi faoliyatini chuqur o’rgandi.Amaliyotchi psixologning psixologik yo’nalishlari bo’yicha ish rejasi , olib borgan tadbirlari bilan tanishdi. Amaliyotchi psixolog faoliyati yo’nalishlaridan psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik maslahatlar berish bo’yicha materiallarni o’rgandi. 26-MTT psixologi amaliyotchi talaba Axmedova Umida o’z sohasi bo’yicha yetuk mutaxassis , mustaqil O’zbekiston ravnaqi va kelajagi uchun o’z hissasini qo’sha oladigan komil inson bo’lishiga ishonch bildiradi.
Termiz Davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani: N. Achilov
Psixologiya kafedrasi mudirasi: X.Sharafiddinova
26- MTT psixologi: Mengboyeva M.
26-MTT mudirasi Daminova S.
Do'stlaringiz bilan baham: |