Termiz davlat universiteti Iqtisod va turizm fakulteti Buxgalteriya va audit yo'nalishi
Soliq organlarida transformatsiya
Download 181 Kb.
|
1 2
Bog'liqJalilov Doro(7)
Soliq organlarida transformatsiya
03/11/2020 Davlat soliq qo‘mitasida mamlakatimiz Prezidentining 2020-yil 30-oktabrda imzolangan “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga bag‘ishlangan Hay’at majlisi o‘tkazildi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda davlat soliq xizmati organlarining 3 ming nafardan ortiq, shu jumladan, DSQ markaziy apparatidan 92 nafar va barcha hududiy DSB va DSIlardan 2,9 ming nafardan ziyod rahbar xodimlar ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, ushbu farmonning qabul qilinishi bilan soliq xizmati organlari g‘oyaviy nuqtai nazaridan ham, tuzilishi yo‘nalishi bo‘yicha ham butunlay o‘zgartiriladi, bu esa yashirin iqtisodiyot darajasini amaldagi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda kamida ikki marta pasaytiradi (48%). Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat soliq xizmati markaziy apparati tuzilmasiga muvofiq 12 ta departament tashkil etildi. Konseptual jihatdan yangi tizim quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga ega: - soliq ma’murchiligi va xizmatlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, orqali inson omili aralashuvini bekor qilish; - “Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida ham xizmat ko‘rsatish, ham muammolarni hal qilish bo‘yich a tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; - aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli munosabat bildirilishini ta’minlash; - insofli soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berish, soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarilishini rag‘batlantirish; - soliq organlari tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash va qayta tayyorlashga mutlaqo yangicha yondashuv; - aholi turmush-tarzini yaxshilash bo‘yicha 4-sektor ishini kuchaytirish; - mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish va tizimli yechimlarini amaliyotga tatbiq etish. Tadbir “Soliq xodimlari soliq tizimining ichida adolatni ko‘rmasa, ular tadbirkorlar bilan ham adolatli bo‘la olmaydi” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Download 181 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling