Termiz davlat universiteti Iqtisod va turizm fakulteti Buxgalteriya va audit yo'nalishi


Download 181 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi181 Kb.
#1007093
  1   2
Bog'liq
Jalilov Doro(7)


Termiz davlat universiteti
Iqtisod va turizm fakulteti
Buxgalteriya va audit yo'nalishi
1-kurs 222-guruh talabasi Jalilov
Doroning
"Iqtisodiyotda informatsion
kommunikatsion texnologiyalar"
fanidan qilgan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu:O'ZBEKISTONDA SOLIQ TIZIMINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI

Soliq tizimining raqamli kelajagi strategiyasi qabul qilindi
Soliq tizimi axborot tizimlarini yagona platformaga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada soliq to‘lovchilarning hisobot topshirish jarayoni 5−7 barobargacha yengillashib, inson omili aralashuvi 60 foizga qisqartiradi, shuningdek, qog‘oz shaklidagi hujjat ishlari ham keskin kamayadi.
8 июня 2020
Soliq tizimi raqamli texnologiyalarga o‘tkazilishi natijasida davlat byudjetiga qo‘shimcha tushumlar hajmi 20 trln so‘mgacha ortishi mumkin. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
5 iyun kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, DSQ ma’lumotlarini qayta ishlash markazi va telekommunikatsiya qurilmalarini modernizatsiya qilish, server va dasturiy ta’minotlar xarid qilish, axborot tizimlari majmuini yagona platformaga o‘tkaziladi, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati oshirilib, katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish tizimlari yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur strategiyani amalga oshirilish natijasida davlat byudjetiga qo‘shimcha tushumlar hajmi 20 trln so‘mgacha ortishi kutilmoqda.
Ushbu hujjat tizimning ma’lumotlar almashish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolarini hal etishga qaratilgan, jumladan:
mavjud ma’lumotlar bazasi hajmining yetarli emasligi;
serverlar xotira hajmining 90% bandligi;
elektron xizmatlar soni 3,8 barobarga, axborot tizimlar soni 2,5 barobarga ortishi natijasida korporativ tarmoq tezligini oshirish zarurati yuzaga kelganligi;
turli axborot tizimlarining integratsiyalashuvi natijasida ma’lumotlar bazasida katta yuklanish hosil bo‘lganligi;
yagona platforma mavjud emasligi.
Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish uchun Soliq organlarining axborot tizimlari majmui to‘liq yagona platformaga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Buning natijasida, ma’lumotlarni kiritish, to‘plash, tahlil qilish tizimlarini optimallashtiradi; soliq to‘lovchilarning hisobot topshirish jarayonini 5−7 barobargacha yengillashtiradi; inson omili aralashuvini 60 foizga qisqartiradi; soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha preventiv va oldini olish choralarini qo‘llashga imkoniyat yaratadi.
“Soliq to‘lovchilarga ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari va ularning mobil ilovalari sonini ko‘paytirish esa soliq xizmati xodimlari bilan munosabatlarda inson omilini 60 foizga qisqartiradi. Bu nafaqat korrupsiyaning oldini oladi, balki qog‘oz shaklidagi hujjat ishlarini ham keskin kamaytiradi”, — deyiladi xabarda.
Strategiya bilan soliq ma’murchiligida Case Management System, Case Assesment System tizimlarining yaratilishi rejalashtirilgan. Ushbu tizimlar orqali soliq auditi jarayonini avtomatik tarzda qayd etish, monitoring qilish, real vaqt rejimida ma’lumot va tahlillardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Buning oqibatida biznes jaryonga sarflangan umumiy vaqtni 20−30 foizga qisqartirilishi kutilmoqda.
Shuningdek, hujjatda Business Intelligence va Big Data texnologiyalarini joriy etish strategiyaning asosiy vazifalaridan biri sifatida kiritilgan. Bu texnologiyalarni joriy etilishi natijasida soliq sohasida xufiyona aylanmalar darajasi keskin qisqaradi va soliq solinadigan baza kengayadi, markazlashgan tizimlar orqali shakllangan ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida bozor konyukturasini o‘rganish, tovar va xizmatlarning bozor narxlarini tahlil qilish hamda prognozlash imkoniyati yaratiladi va xodimlarning 50−60 foizida ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bilan shug‘ullanish imkoniyati paydo bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling