Reallikning raqamli transformatsiyasi: muammo va yechimlar


Download 15.2 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi15.2 Kb.
#1181148
Bog'liq
PRESS RELIZ


O‘ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKASIYALAR UNIVERSITETI, INTERNET JURNALISTIKA VA MEDIAMENEJMENT FAKULTETI, RAQAMLI MEDIA VA INTERNET JURNALISTIKA KAFEDRASI TOMONIDAN “REALLIKNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN AMALIY KONFERENSIYA PRESS-RELIZI
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Internet jurnalistika va mediamenejment fakulteti, Raqamli media va internet jurnalistika kafedrasi tomonidan 2023-yil 7-fevral kuni soat 11:00 da, 7-fevral – “Xalqaro Internet xavfsizligi” kuni munosabati bilan “Reallikning raqamli transformatsiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Konferensiyani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – shiddat bilan oʻzgarib borayotgan raqamli muhit sharoitida mediamanipulyatsiyadan, feyklar taʼsiridan saqlanishning yangi usullari, dezinformatsiya, misinformatsiya, malinformatsiya qolaversa, media-axborot savodxonligining texnologik va psixologik asoslarini talabalar va ekspert-mutaxassislar ishtirokida oʻrganishga qaratilgan. Bundan tashqari bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yolgʻon axborotlar va ularning inson ruhiyatiga taʼsiri, aynan shunday muammoli vaziyatlarda jurnalist qanday yoʻl tutishi, nimalarga eʼtibor qaratishi lozimligi toʻgʻrisida tahliliy misollar bilan muhokamalar oʻtkazildi. Bugungi jurnalistikaning eng ilgʻor koʻrinishi Internet jurnalistika ekani hech birimizga sir emas. Sababi, matbuot yoki telekanallarda biror xabar chiqquniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib boʻlgan boʻladi. Demak biz bugun yosh jurnalistlarga resurslardan toʻgʻri foydalanish yoʻllari hamda shaffoflikni taʼminlashlari lozimligini tushuntirishimiz zarur. Aynan shunday amaliyotchilar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar yosh jurnalistlar uchun juda ham muhim hisoblanadi.
Mutaxassislarning kuzatishicha, bugun dunyo aholisi 8 milliarddan ortdi. Unga parallel ravishda internet foydalanuvchilari soni ham geometrik progressiya boʻyicha oʻsib bormoqda. 2023-yilning yanvar holatiga koʻra, 5,5 milliarddan ortiq odam global tarmoqdan foydalanadi. Internet toʻlaqonli alternativ olamga, reallikning virtual inʼikosiga aylandi. Raqamlashtirish jarayonlari, texnologik kashfiyotlar toʻlqinida mediamuhit shiddat bilan, tinib boʻlmas darajada oʻzgarmoqda. Hozirgi kun uchun aktual boʻlgan baʼzi raqamlarga eʼtibor qaratsak: bugun 1 kunda dunyoda: 162 milliondan ortiq gazeta chop etilsa, 2 milliondan ortiq mobil telefon sotiladi. 114 million dollardan ortiq mablagʻ videooʻyinlar uchun sarflanadi. 250 millionga yaqin televizor qurilmasi sotilsa, 105 milliondan ortiq elektron maktub joʻnatiladi. 3 milliondan ortiq blogpost eʼlon qilinsa, 330 millionga yaqin tvit joylanadi. 3 mingga yaqin sarlavhada kitob chop etilsa, 3 milliarddan ortiq gugl-qidiruv amalga oshiriladi.
Shundan ham ayonki, Internet-mediadan foydalanish darajasi boʻyicha anʼanaviy mediadan ancha oʻzib ketgan. Ana shunday sharoitda virtual muhitda xavfsiz makon yaratish, axboriy boʻshliqni toʻldirish, raqamli va axboroy mustamlakaga tushib qolmaslik uchun zurur choralarni koʻrish ayni kun davr talabidir.
Konferensiyada “Zamonaviy axborot maydonining tartibsiz manzarasi, “Raqamli media transformatsiyasi”, “Zamonaviy mediamakonda dezinformatsiyaga qarshi kurash yoʻllari”, “Internetda sifatli kontent tayyorlash uslublari: storitelling, longrid va WEB hujjatli film” kabi mavzularda soha ekspertlarining maʼruzalari eshitildi.
Download 15.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling