Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va tirizm fakulteti
Download 94.86 Kb.
|
tohir
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va tirizm fakulteti Kadrlar menejmenti ta’lim yo’nalishi III kurs 303-guruh talabasi Ishtemirov Tohirning Pul va banklar fanidan AMALIY Ishi Termiz 2021 Mavzu: O’zbekiston Respublikasi pul tizimini va uning elementlari. Reja:
1 Pul tizimi. 2 Pul tizimi elementlari. 3 Valyuta,pul agregatlari. 4 So’m,milliy valyuta Tayanch iboralar: Pul tizimi.Pul tizimi elementlari.Valyuta.Pul agregatlari. So’m,Milliy valyuta Pul tizimi — muamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlari. Tarixan Pul tizimining metall pul muomalasi va pul belgilari (qogʻoz pullar muomalasi koʻrinishlari bor. Oʻz navbatida metall pul muomalasi tizimi bimetallizm va monometallizmta boʻlinadi. Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi Pul tizimi 1995 yil 21 dek.da qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi konunga muvo-fiq tashkil etilgan. Rasmiy pul birligi soʻm. Soʻmning chet el valyutalariga nisbatan kursini OʻzR Markaziy banki belgilaydi va matbuotda eʼlon qiladi. Oʻzbekiston hududida nakd pullar (banknotlar va tangalar) ‘va naqd boʻlmagan pullar (kredit muassasalarida hisobvaraqlardagi mablagʻlar koʻrinishida) amal qiladi.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nakd pullarni chiqarish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi xudu-dida muomalada boʻlishini tashkil etish va muomaladan chiqarish boʻyicha mutlaq huquqlarga ega. Pul tizimi bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni pul: umumiy ekvivalent - tovar sifatida, yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan. Metall pul muomalasi tizimlari va qog’oz va kredit pullar muomalasitizimlari.Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pulning barcha funktsiyalarni bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin; Kredit va qog’oz pullar muomalaga chiqib ketishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan.Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko’pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni o’rnatib qo’ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va ularning aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan. Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy Evropaning qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha etib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o’rnatish shartlari ko’zda tutilgan. Biroq bimetallik pul tizimining qo’llanilishi rivojlangan kapitalistik xo’jalik ehtiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o’lchovi sifatida bir vaqtning o’zida ikki metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bo’lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan. Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi. Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallarga almashiniladi. Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada - 1847- 1875 yy. da mavjud bo’lgan. Chor Rossiyasida kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda o’tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan. Keyichalik muomalaga kredit biletlari ham chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu islohot so’nayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchilligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 yillardagi Qrim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va amalda ular qog’oz pulga aylanib qoldi. Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya va Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda. Qiymat belgilarining oltinga almashinishiga qarab oltin monometalizmi uch ko’rinishga ajratiladi: oltin tanga standarti (zolotomonetniy standart), olting’isht (zolotoslitkoviy) standarti, va oltin valyuta (zolotovalyutniy ili zolotodevizniy) standarti. Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chiqarish, kredit tizimi, jahon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan. Bu standart quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi: Mamlakat ichki muomalasida to’laqonli oltin tanga mavjud bo’ladi, oltin pulning barcha funktsiyalarni bajaradi; Xususiy shaxslarga tangalarni erkin zarb qilishga ruxsat etiladi (ko’pincha mamlakat zarbxonasida); Muomaladagi to’la qiymatli bo’lmagan pullar (banknota, kredit pullar) erkin va cheksiz tarzda oltin pullarga almashiniladi; Oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda erkin oltin bozorlarining amal qilishiga yo’l qo’yiladi. Oltin tanga standartining amal qilishi Markaziy emissiya banklarida oltin zaxiralari bo’lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining rezervi bo’lib xizmat qilgan, banknotalarning oltinga almashinishi ta’minlangan va jahon pullari rezervi bo’lgan. Birinchi jahon urushi davrida byudjet taqchilligining o’sishi, uning zayomlar chiqarish va tabora o’sib borayotgan pul emissiyasi bilan qoplanishi muomalada pul hajmining ortib ketishiga olib kelgan. Bu pul massasi emissiya hajmi va banklarning oltin zaxiralaridan anchagina ustun edi. Bu hol esa qog’oz pullarning oltin tangalarga erkin almashinishini xavf ostiga qo’ydi. Bu davrda oltin tanga standarti urushda qatnashgan davlatlarda, keyinchalik esa ko’pchilik boshqa mamlakatlarda ham (AQSh dan tashqari, unda 1933 y. gacha bu tizim amal qilgan) hayot davrini o’tab bo’ladi: banknotalarning oltinga almashtirishi tugatildi, uni chegaradan olib chiqish man qilindi, hamma oltin tangalar xazinaga qaytarildi. Birinchi jahon urushi tugagandan so’ng kapitalizmning umumiy inqirozi sharoitida hech qanday kapitalistik mamlakat o’z valyutasini barqarorlashtirishni oltin tanga standartiga qaytish asosida amalga oshira olmadi. Oltin qolip standartida, oltin tanga standartidan farqli o’laroq, muomalada oltin tanga va uning erkin zarb etilishi ko’zda tutilmaydi. Banknota va boshqa to’la qiymatga ega bo’lmagan pullar oltin quyilmalarga almashiniladi. Angliyada standart 12,4 kg oltin quyilmasi 1700 f. st., Frantsiyada esa 12,7 kg oltin quyilmasi 215 ming frankka tenglashtirilgan.Avstriya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda oltin deviz standarti o’rnatilgan, bunda ham oltin tangalar muomalasi va erkin zarb etilishi ko’zda tutilmaydi. To’la qiymati bo’lmagan pullarni oltinga almashish oltin ko’yilma standarti bo’lgan davlat valyutasiga almashish orqali amalga oshirilgan. Bu yo’l bilan ltin valyuta standarti o’rnatilgan davlat pul birligini oltin bilan bilvosita aloqasi saqlanib turilgan. Shunday qilib, oltin deviz standartida bir mamlakat valyutasi boshqa davlat valyutasiga bog’liq bo’lgan. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin standart barcha mamlakatlarda bekor qilindi (masalan, Buyuk Brirtaniyada - 1933 yilda, AQSh da - 1933 yilda, Frantsiyada - 1936 yilda) va banknotalar muomalasi qaror topdi. 1944 yilda tashkil qilingan Bretton-vud Jahon valyuta tizimi o’zi bilan davlatlararo oltin-valyuta standarti tizimini, boshqaga qilib aytganda o’z mohiyati bo’yicha erkin konvertatsiyalanadigan valyuta assosida davlatlar uchun oltin-dollar standarti tizimini qaror toptirgan. Oltin-dollar standartining mohiyati shundaki, u faqat markaziy banklar uchun o’rnatilgan va bunda faqat bitta valyuta - AQSh dollari oltin bilan aloqador bo’lgan. Oltin zaxira salmog’ining susayib ketishi sababli qo’yilmalarni dollarga sotish to’xtatildi va oltin-dollar standartga ham yakun yasaldi.Rivojlangan kapitalizm sharoitida banknotalar kredit tabiatini saqlab qolgan - ular iqtisodiyot,davlatni kreditlash uchun mo’ljallangan bo’lib rasmiy chiqariladi va qog’oz-pul muomalasi qonuniyatlariga bo’ysunadi.Pul tizimining holati mamlakat iqtisodiga, ishlab chiqarishning rivojlanishiga uzviy bog’liq bo’ladi. Pul tizimi ishlab chiqarishini sur’atlarini ushlab turish yoki tezlashtirishga ta’sir ko’rsatadi. Valyuta tizimi - tarixan davlat pul shaklidir. Bunday tuzilishi, har bir mamlakatda mavjud. tushunchasi pul tizimi qonun bilan belgilanadi. boshqa har qanday kabi, bu tuzilishi muayyan tarkibiy qismlardan iborat.Avvalo naqd va naqd pulsiz o'tkazmalar o'z ichiga oladi, bu kichik tizimi, shu jumladan, valyuta tizimi, tamoyillari bo'lgan bu tashkilot amalga oshiriladi ko'ra. Ular davlat tomonidan belgilangan tuzilmalar shakllanishi qoidalari bor. Ushbu qoidalar, va pul tizimining boshqa xodimlari, bir yaqin munosabatlarga ega. birinchi boshqa barcha komponentlar bevosita ta'sir qiladi. Rivojlangan mamlakatlar uchun pul tizimining asosiy elementlarini aniqlash mumkin. Valyutalar qonun tomonidan beriladigan belgisidir. Bu so'z nisbatan va barcha tovarlar qiymati ishlatiladi. Odatda, bu komponent tarixan tashkil topgan. Biroq, ba'zi hollarda yangi belgisi nomini o'rnatilgan bo'lishi mumkin. narxlarni ko'lamli davlat pul birliklari tanlash va tanlangan birlik pul metall kontent og'irligi bilan tovar qiymati ifoda usuli hisoblanadi. ikkinchisi tushunchasi, shu bilan birga, uning iqtisodiy ahamiyatini yo'qotgan. Bu aslida tufayli kredit pul o'z qiymati bilan jihozlangan emas va boshqa tovarlar qiymatini ifoda mumkin emas. pul turlari huquqiy tender bo'ladi. Odatda, bu elementlar pul tizimi xazina va bank eslatma, vakili chaqani. qoida tariqasida, Sanoati rivojlangan mamlakatlarda, g'azna biletlari chiqarilgan emas. rivojlanayotgan mamlakatlarda bir qator qog'oz pul ajoyib emas. Bir shaklda pul bilan ta'minlash yoki boshqa davlat tomonidan o'rnatiladi. Misol uchun, qimmatbaho metallar, sug'urta, foydalanish mumkin moddiy aktivlari, hukumat va bank kafolatlari, oltin, erkin almashtiriladigan valyutada, shunday qilib, va. qoidalar yoki garov boshqa turdagi foydalanish buzish toqat kerak. Emissiya tizimi davolash va qonunda belgilangan pul ozod tartibi hisoblanadi. tegishli operatsiya Markaziy banki va G'aznachilik tomonidan (qaytish va ishlab chiqarish). Markaziy bank pul muomalasini muhim bir qismini tashkil etadi bank eslatma, berish yagona haqlidir. G'aznachilik, ijro etuvchi organ sifatida, xazina tangalar va yo'llanma beradi. Bu elementlar metall pul tizimi arzon sinflar qilingan. ularga rivojlangan mamlakatlarda pul masala haqida o'n foizi to'g'ri keladi. Markaziy bank uch joylarda emissiya operatsiyalarni amalga oshiradi: mavjud Reeskont tijorat veksellari, g'aznachilik qimmatli qog'ozlar amalga oshirish ta'minlash doirasida kredit, shuningdek, xorijiy valyutaga, ularning birja orqali pul ishlab chiqarish shaklida kredit muassasalariga kreditlar rizqni.iqtisodiy jarayonlarda tebranishlar ehtimolini kamaytirish maqsadida, hukumat ishlab chiqarish jarayonini tartibga solish, turli chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Bu holda, ikki tizimlari ishlatiladi - pul va kredit. Ushbu tuzilmalar, ayniqsa tufayli kaldıraç hukmronligi, bir-biri bilan chambarchas bog'langan, deb ta'kidlash lozim.Bu uzaytirildi 20-asr o'rtalarida etmish rivojlangan sanoat bilan ko'plab mamlakatlarda inflyatsiya va inqiroz oshirish ta'siri ostida "nishonga". Shunday qilib, muomalada ko'payishi hal etish uchun maqsadlarga belgilangan pul va kredit. Valyuta tizimi — valyuta harakati bilan bogʻliq iqtisodiy va huquqiy munosabatlar majmui. V.t. valyutalar, ulardan foydalanish va oʻzaro almashinuv, toʻlov vositasi sifatida qoʻllanilishi, shuningdek valyutalarni ishlatish bilan bogʻliq pul-kredit munosabatlarining qoida va tadbirlari majmuidan iborat. Shuningdek valyutalarni chiqarish va ularning muomalada boʻlishini tartibga soladigan organlar ham V.t. ga kiradi. Milliy, mintaqaviy (mas., Yevropa), jahon V.t.lari mavjud. V.t.ning asosiy vazifasi mamlakat ichida va mamlakatlararo pul hisobkitoblarini taʼminlash uchun sharoit yaratishdir. Valyuta kursi tartiboti, valyuta cheklasharining bor yoki yoʻqligi, xalqaro hisob-kitoblar shakli, valyutalarni oʻzaro qaytarish shartlari, xalqaro valyuta va oltin bozorlari tartiboti, xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarining huquqiy holati (mas., Xalqaro valyuta fondi) kabilar V.t.ning asosiy unsurlarini tashkil etadi. Dastlab milliy xoʻjalik doirasida paydo boʻldi. Jahon bozorinint vujudga kelishi bilan jahon V.t. ham shakllandi. 20-asr boshida jahon V.t. oʻz taraqqiyotining yuksak bosqichiga yetdi (qarang Oltin standart). Kapitalizmning umumiy inqirozi davrida jahon V.t. ham inqirozga yuz burdi, oltin muomala va toʻlov vositasi vazifasini yoʻqotdi. Hoz. xalqaro hisoblarning koʻpchiligi naqd pul ishtirokisiz, bank oʻtkazmalari vositasida amalga oshirilsada, lekin oltin mamlakatlarning oʻzaro pul oldi-berdisini va majburiyatlarini tartibga solib turuvchi soʻnggi asosiy vosita hisoblanadi. Uning xazinadagi zahiralari esa valyutalar barqarorligi va ayrim mamlakatlar iqtisodiy imkoniyatlarining muhim koʻrsatkichidir. Xalqaro toʻlov muomalalarida qogʻoz valyutadan foydalaniladi. Bunda AQSH dollari, Germaniya markasi, Yaponiya iyenasi, Fransiya franki, Angliya funt sterlingi va b. valyutalarning salmogʻi katta. O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgach, oradan 3 yil o‘tib muomalaga kiritilgan va ayni paytgacha o‘zgarmay kelayotgan milliy valyuta — so‘m respublikaning barcha hududida yagona to‘lov vositasi sifatida amal qilib kelmoqda. So‘mning dunyoga kelish tarixi barchaga qiziqligini inobatga olib, u haqidagi 8ta faktni e'tiboringizga havola etamiz. 1. Qirqib olinadigan bir martalik kupon O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda mustaqillikka erishgani e'lon qilingach, mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada qolavergan edi. 1992 yilning yanvaridan iste'mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1 hafta o‘tib — 22 noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop etilgan va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar amal qilgan. Oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish korxonalarida kuponlarning naqd pulda to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobga yarasha qismi qaychida qirqib olingan. Bunday kuponlar 10+25=35, 50, 100, 150, 200, 350, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 rublga yarasha kartochkalar bilan chop etilgan. 2. So‘m-kupon davri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida parallel to‘lov vositasi sifatida «so‘m-kuponlar»ni muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi 1993 yil 12 noyabrdagi №550-sonli qaroriga ko‘ra, ichki bozorni ortiqcha rubl massasidan himoyalash, aholiga pul mablag‘larini to‘lashni o‘z vaqtida ta'minlash maqsadida 1961–1992 yillarda amalda bo‘lgan sovet rubliga 1:1 nisbatda 1993 yil 15 noyabrdan boshlab muomalaga kiritiladi. 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullarning barchasining old qismida O‘zbekiston gerbi va pul nominali, orqa qismida esa Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Sherdor madrasasining surati tushirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik pullar 120 x 61 mm o‘lchamda, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullar 144 x 69 mm o‘lchamda yasalgan. So‘m-kupon Angliyadagi «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida chop etilgan. So‘m-kuponlar 9,5 oy muomalada bo‘lib, 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekistonning milliy valyutasi — so‘m muomalaga kiritilganidan so‘ng ham, 1994 yilning 1 avgustiga qadar amal qilgan. 3. So‘mning muomalaga kiritilishi O‘zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so‘m — O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan. So‘m dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda, 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik qog‘oz kupyuralar bilan bir vaqtning o‘zida muomalaga kirgan. 1 so‘m 100 tiyinga maydalangan. Aytish joizki, so‘m muomalaga kiritilgan kunda valyuta birjasida 1 AQSh dollarining qiymati roppa-rosa 7 so‘m bo‘lgan. 4. So‘mlar qayerda zarb etiladi? 1994 yilda muomalaga kiritilgan 100 so‘mgacha bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar Germaniyaning «Giesecke & Devrient» firmasida chop etilgan. (Hozir bu yerda YeI valyutasi — yevro ham chop etiladi). 1997 yili muomalaga kiritilgan 200 so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha kupyuralar Toshkentdagi «Davlat belgisi» DIChB davlat korxonasida bosilmoqda. 5. So‘m dizayni va undagi shaharlar So‘m dizaynida qadimiy naqshlarga, yurtimizdagi osori atiqalar tasviriga katta e'tibor berilgan. 1 so‘mlikning orqa tarafida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatri, 3 so‘mlikda — Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasi, 5 so‘mlikda — O‘zbekiston milliy bog‘idagi Alisher Navoiy sharafiga o‘rnatilgan haykal va me'moriy kompozitsiya, 10 so‘mlikda — Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi, 25 so‘mlikda — Samarqanddagi «Shohi Zinda» tarixiy-me'moriy ansambli, 50 so‘mlikda Samarqanddagi Registon tarixiy-me'moriy ansambli, 100 so‘mlikda — Istiqlol saroyi (sobiq Xalqlar do‘stligi saroyi) tasvirlangan. Keyinchalik, Toshkentda 144 x 78 mm o‘lchamda chop etilgan katta kupyuralarning dizayni o‘zgartirilgan. Old qismida O‘zbekiston Respublikasining kattalashtirilgan gerbi, orqa qismida asosan mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar tasvirlangan. Chunonchi, 200 so‘mlikda Samarqanddagi Registon ansamblining Sherdor madrasasida tasvirlangan, quyosh orqalagan sherning ramziy tasviri, 500 so‘mlikda Toshkentda Amir Temurga o‘rnatilgan haykal, 1000 so‘mlikda Toshkentdagi Temuriylar tarixi muzeyi binosi, 5000 so‘mlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi binosi, 10000 so‘mlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati binosi tasvirlangan. 6. Eng yirik kupyura — 50 ming so‘mlik Ayni paytda eng yirik kupyura bo‘lib turgan 50 ming so‘mlik pul mutlaqo zamonaviy dizaynga ega bo‘ldi. Uning old tarafida Toshkentdagi «Ezgulik arkasi», orqa tarafida Toshkentdagi Forumlar saroyi tasvirlangan. U 2017 yilning 22 avgustidan muomalaga kiritilgan. AQSh dollariga ayriboshlansa, hozirgi o‘rtacha kurs bilan qariyb 6,10 dollarga teng bo‘ladi. Milliy valyutadan foydalanishda qulaylikni oshirish maqsadida joriy yilda yirikroq nominaldagi banknotlarni muomalaga chiqarish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda, degan Kun.uz’ga Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov. 7. Tanga so‘mlar So‘m qadri tushib borishi bilan past nominaldagi qog‘oz pullar muomalada ko‘proq ushlab turilishi uchun tanga ko‘rinishidagi so‘mlarga almashtirib borilgan. Jumladan, 1997 yilda ilk marta 1, 5 va 10 so‘mlik tangalar muomalaga kiritilgan. Bunday ko‘rinishdagi tanga so‘mlar 1998, 1999 yillarda ham ishlab chiqarilgan. 2000 va 2001 yillarda 1, 5 va 10 so‘mlik tangalarning hajmi kichraytirilgan va dizayni o‘zgartirilgan.Bundan tashqari, po‘lat, mis va nikel qotishmali 50 so‘mlik (2001) va 100 so‘mlik (2004) tangalar ham muomalaga kiritilgan. Rasmiy xabarga ko‘ra, Markaziy bank 2018 yil mobaynida mayda kupyuralarni 50, 100, 500 so‘mlik yangi namunadagi tangalarga almashtirish hamda 200 so‘mlik tangalarni chiqarish masalasi ko‘rib chiqadi. 8. Esdalik tangalari Markaziy bank tomonidan turli yubiley sanalari va boshqa shaxslarga atab esdalik tanglari ham chiqarilgan. Jumladan, qimmatbaho bo‘lmagan metallar — nikel bilan qoplangan po‘latdan Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga atab 25 so‘mlik (1999), Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga atab 50 so‘mlik (2002), Toshkent shahrining 2200 yilligiga atab ikki xil 100 so‘mlik (2009), O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga atab 500 so‘mlik (2011) esdalik tangalari katta tirajda chiqarilgan va real muomalaga ham kiritilgan. 2001 yilda Alisher Navoiy tavalludining 560 yilliga atab 100 so‘mlik jyez tanga chiqarilgan; Tilla qoplangan qimmatbaho bo‘lmagan metallardan ishlab chiqarilgan tangalar: 1994 — Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan 1 so‘mlik tanga;1994 — O‘zbekiston Mustaqilligining 3 yilligiga bag‘ishlangan 10 so‘mlik tanga; 1999 yilda chiqarilgan «Buyuk siymolar» seriyasidagi kumush tangalar (1999): Ularning barchasi kumushdan tayyorlangan va ramziy 100 so‘mlik qiymatga ega. Har biri 31,1 gramm og‘irlikdagi 999 sifatdagi kumushdan 1000 donadan tayyorlangan.Tangalarda Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muso al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur, Amir Temur, Alisher Navoiy siymolari tasvirlangan. «O‘zbekiston mustaqilligiga 10 yil» seriyasidagi kumush tangalar (2001):Bu tangalarning ham barchasi kumushdan tayyorlangan va ramziy 100 so‘mlik qiymatga ega. Har biri 31,1 gramm og‘irlikdagi 999 sifatdagi kumushdan 1000 donadan tayyorlangan.Tangalarda Toshkentdagi Alisher Navoiy haykali, Toshkentdagi Amir Temur haykali, Toshkent kuranti, Samarqanddagi Registon maydoni, Oq saroy, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi muzeyi, Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi monument, Toshkent tennis korti fonidagi tennischi, Milliy kurash tushayotgan polvonlar, futbol maydoni fonidagi futbolchi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi fonida mash'ala ushlagan sportchi tasvirlangan. Bundan tashqari, turli yillarda biror seriya bilan umumlashti rilmagan, 10, 50, 100 so‘mlik kumush tangalar cheklangan muomalaga chiqarilgan.Tilla qoplangan kumush tangalar 1996 yilda — 50 so‘mlik Mustaqillikning 5 yilligiga atab, 100 so‘mlik pul Amir Temurning 660 yilligiga atab chiqarilgan. Albatta, ular keng muomalaga chiqmagan va numizmatlar kolleksiyasidan o‘rin olgan.999 sifatdagi, 31,1 gramm sof oltindan 1997 yilda ishlab chiqarilgan cheklangan seriyadagi 100 so‘mlik tanga Amir Temurga atalgan. Download 94.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling