Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "iqtisodiyot va menejment" kafedrasi iqtisodiyot (tarmoqlari va sohalari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi
Download 192.76 Kb.
|
ekologik ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- "EKOLOGIYA XAVFSIZLIGI" MAVZUSIDAGI KURS ISHI Ilmiy rahbar: _____________ Termiz - 2022 yil MAVZU: EKOLOGIYA XAVFSIZLIGI
- Asosiy qism................................................................................................7
- ..................................................................................................32-36
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI "IQTISODIYOT VA MENEJMENT" KAFEDRASI IQTISODIYOT (TARMOQLARI VA SOHALARI BO'YICHA) TA'LIM YO'NALISHI 4-BOSQICH (KECHKI) TALABASI IBRAGIMOV SARVARNING "EKOLOGIYA XAVFSIZLIGI" MAVZUSIDAGI KURS ISHI Ilmiy rahbar: _____________ Termiz - 2022 yil MAVZU: EKOLOGIYA XAVFSIZLIGI Reja: Kirish........................................................................................................3-6 Asosiy qism................................................................................................7 1.Ekologiya xavfsiz tushunchasi............................................................7-12 2.Ekologiya va iqtisod...........................................................................13-20 3.Ekologik muammolar-global muammo sifatida.................................21-31 4.Global ekologik va global iqtisodiyot xavfsizligi asosiy omil sifatida..................................................................................................32-36 Xulosa va takliflar.................................................................................37-39 Foydalangan adabiyotlar ro'yxati.........................................................40-42 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat o’ziga-o’zi hukm tayyorlaydi. Inson har tomonlama barcha resurslardan foydalanishni oshirib bormoqda. Fan-texnika taraqqiyoti beqiyos rivojlandi. Buning natijasida atrof, tabiiy muhit halokatli ravishda tez ifloslanib, buzilmoqda. Ekologik muammolar davlat chegaralarini hamda boshqa to’siqlarni bilmaydi. Ular global hususiyatlar kasb etadi. Ekologik o’zgarishlarning salbiy xususiyatlarini hisobga olgan holda mamlakatimizda ekologik muammolarni ijobiy hal qilishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, sog’lom avlodni tarbiyalab o’stirish uchun alohida ahamiyat berilmoqda. Yosh avlodning va umuman tabiatning jonli qismining sog’lom o’sishi tabiatning jonsiz qismini tashkil qilgan yer, suv va havoning tozaligiga bog’liqdir. Shu sababli Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov ekologik muhitni sog’lomlashtirishga va Orol dengizi muammosiga alohida e’tibor bermoqdalar. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko’p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi. O’zbekiston Konstitutsiyasida fuqorolar tabiatni muxofaza qilishlari, uning boyliklarini qo’riqlashlari shart ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Тabiatni muhofaza qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Qonuni tasdiqlandi. Olim, mutaxassis va siyosiy arboblarni ekologiya va sog’lomlashtirish muammolariga jalb etish, shuningdek, xalqning ekologik bilimini oshirish maqsadida Хalqaro EKOSAN Jamg’armasi tashkil etildi. Respublikamizda keyingi besh yil ichida tabiatni muxofazalash, Orol dengizi, ekologik ta’lim va tarbiya muammolariga bag’ishlangan xalqaro va respublika ilmiy-uslubiy kengashlari bo’lib o’tdi; natijada ekologik nazorat kuchaytirilib, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish usullariga o’tish hisobiga chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatilmoqda. Тabiiy muhitni muxofazalash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori uni shikastlab, qayta tiklashga ketadigan xarajatlarga nisbatan kamdir. Shuning uchun xavfli holatlarni oldindan bilish, tegishli choralarni ko’rish, ekologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo’lmas darajada o’zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan tahminlarga ko’ra, oldini olib bo’lmas darajasida xavf tug’dirmoqda. Ammo uning tarqalishini kamaytirish, texnogen va ijtimoiy-madaniy oqibatlar shiddatini to’xtatish zarur. Buning uchun turli soxa mutaxassislari o’zlarining ekologik bilimlarini oshirib, rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhitga zarar yetkazmaslik choralarini ko’rishlari kerak. Ekologiyaning salbiy o’zgarishlari oqibatlarining asosiy sabablaridan biri yer,suv, mineral xom ashyolardan foydalanish prinsiplarini buzilishidir. Aynan shu prinsip xalq xo’jaligining kam samarali-ekstensiv yo’ldan borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyaning keng joriy qilinishiga to’sqinlik qildi, shuningdek, atrof muhitga zarar yetkazgan holda rejani bajarish kabi g’ayri ekologik yondoshuvni keltirib chiqardi. Markaziy Osiyo qishloq xo’jaligini ekstensiv rivojlantirish,yer va suvdan tartibsiz foydalanish natijasida Orol dengizi quriy boshladi. Unga yaqin joylashgan yerlarning ekologik sistemasi, hayvonot va o’simliklar dunyosi chuqur inqirozga uchradi. Mintaqaning yuz ming gektarlab yerlari jizg’anak bo’lib, sho’rlanib uning bir qismini kasallik qo’zg’atuvchi zararkunandalar va kasallangan o’simliklar egallagan. Orolning qurigan qismidagi yerlardan tuzlar uchib ular shamol kuchi so’na boshlagan hududlarda yig’ilib, yomg’ir suvining minerallashuvini, yerlarning sho’rlanishini oshirishga, tog’dagi muzliklarning erishini tezlatishga sabab bo’lmoqda. O’zbekiston Fanlar akademiyasi ma’lumotlariga qaraganda Orol dengizidan ko’tarilgan tuzlar respublikaning janubi –sharqiy tog’laridagi doimiy muzliklarga tushmoqda va ularning erish jarayonini tezlatmoqda. Cho’llanish va yerlarni ishdan chiqish jarayoniga ta’sir etmoqda. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar Orol basseynida yashovchi aholi uchun, uning yashashi, iqtisodi uchun juda yuqori darajada har tomonlama xavfni vujudga keltirmoqda. Chunki kuchli sho’rlangan yerlarda qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi hattoki 100 foizgacha kamayishi fanda aniqlangan. Ko’rsatilgan ma’lumotlar hammasi umumiy holda global falokatlarni kelib chiqishiga sabablar tayyorlanayotgandek ko’rinadi. Ushbu qo’llanma 860000 ―Hayotiy faoliyat xavfsizligi‖ bakalavriyat yo’nalishi talabalarini o’qitishga mo’ljallangan bo’lib undan soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin. Qo’llanmaning 3, 4, 16-mavzularini yozishda katta o’qituvchi S.Asilova ishtirok etdi. Shuning uchun qo’llanma to’g’risidagi fikr va mulohazalarni samimiyat bilan qabul qilamiz. Download 192.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling