Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti moliya (kechgi)- yo’nalishi


II bob Moliya bozorining tarbitibga solishning zamonaviy yo’llari


Download 476.28 Kb.
bet7/11
Sana17.12.2022
Hajmi476.28 Kb.
#1026398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOLIYAVIY INFRATUZILMA VA MOLIYAVIY BOZORNI TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY YO\'LLARI

II bob Moliya bozorining tarbitibga solishning zamonaviy yo’llari
Xalqaro kapital harakati sifatida mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy resurslar oqimi milliy investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi nomutanosiblik oqibatida kelib chiqadi. xalqaro kapitallar harakati – ayni vaqtda nisbiy ortiqcha bo’lgan pul yoki tovar moddiy mablag’larni mamlakat chegarasidan chetga joylashtirilishidir. Bu iboraning sinonimi kapital eksporti yoki kapitalni chiqarishdir.
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro kapitallar harakatida o’ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilar namoyon bo’ladi:
- jahonda kapitalning notekis joylashishi. bunda kapital resursi kapitalga boy mamlakatdan kapitalga muhtoj mamlakatga qarab oqib boradi;
- ko’p mamlakatlarda jamg’arma va investitsiyaning nomutanosibligi. Buning natijasida investitsiya uchun ortiqcha mablag’lar yoki defitsit sodir bo’ladi. Oqibatda mos ravishda kapitalning sof eksporti yoki importi vujudga keladi;
- mamlakatlarning investitsion muhitidagi, shuningdek kapital qo’yilmalar uchun sharoitlardagi farqlanishlar;
- kapital egasining kapitaldan foydalanish samaradorligidagi farqlar va uning boshqa chet eldagi kapitalni egallashga qaratilgan harakatlari hamda kapitaldan samarasiz foydalanayotgan joydan o’rin olishga harakat qilishi;
- iqtisodiy resurs sifatida odatda kapitalni yuqori darajada safarbar etilishi. Bu holat jahon iqtisodiyoti globallashuvi, erkinlashuvi, transmilliylashuvi va integratsiyalashuvi sharoitida yanada ko’proq kuchga ega bo’ladi.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital, xususiy kapital, qisqa, o’rta va uzoq muddatli, tadbirkorlik kapitali, ssuda kapitali, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar, portfel investitsiyalarni keltirib o’tish mumkin. Ular o’rtasida o’zaro bog’liqlik va milliy iqtisodiyot uchun qanday shaklda qo’yish afzal ekanligini 1-rasmda ko’rishimiz mumkin.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital – davlatlararo tashkilotlar va hukumat qarorlari asosida davlat byudjeti mablag’larini chet eldan qabul qilish yoki chet elda joylashtirishdir.



Xususiy kapital - xususiy yuridik shaxslar (firma, korxona, tashkilot, banklar va boshqalar)ning mablag’larini ularning boshqaruv organlarining qarorlari asosida chet ellarda joylashtirishdir.
Jahon kapital eksportida xususiy kapital etakchi bo’lib, o’z navbatida davlat kapitali, xalqaro tashkilotlarning kapitali keyingi o’rinlarda turadi. Odatda davlat va xalqaro tashkilotlar chetga kapitalni ssuda shaklida, kredit va qarz ko’rinishida hamda moddiy yordam ko’rinishida chiqaradi. Rasmiy va xususiy kapital xalqaro kapitalning ikki xil: tadbirkorlik va ssuda kapitali shaklida namoyon bo’ladi.
Xalqaro tadbirkorlik kapitali tadbirkorlik foydasini olish uchun chet elda bevosita va bilvosita mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qo’yilgan mablag’lar hisoblanadi.
Xalqaro ssuda kapitali esa muddatlilik, qaytarishlilik, to’lovlilik shartlari asosida, foiz ko’rinishida daromad olishni ta’minlovchi, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga chiqarilgan kapitalga aytiladi. Xalqaro ssuda kapitali chet el valyutasidagi depozitlar yoki chet elga bank depozitlari va boshqa qo’yilmalar, shuningdek kredit va qarzlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Statistikada ssuda kapitali ko’rinishidagi investitsiyalarni “boshqa investitsiyalar” sifatida aks etadi.
Tashqi kreditlar va depozitlarning hajmi bo’yicha rivojlangan mamlakatlar etakchilik qilib kelmoqda. Oxirgi o’n yillikda ularning hajmi uch barobardan ko’proqqa oshgan. Bunday kapitalning ¾ qismi banklar orqali xalqaro harakatga keladi. Xalqaro ssuda kapital harakatining asosiy elementlaridan yana biri xalqaro sindikatlashgan kreditlar hisoblanib, ularng rivojlanishi tendentsiyasi xalqaro kredit va depozitlar bilan bir xil bo’lmoqda va jami xalqaro ssuda kapitali harakatidagi ulushi atigi 2%ni tashkil etmoqda.
Rasmiy kapitalni xalqaro miqyosda ssuda kapitali tarzida tashkillashtirishning mamlakat iqtisodiyoti uchun afzallik taraflari kattadir. Ssuda kapitalining afzalligi foyda me’yori va qaytarilishida iqtisodiy risk darajasi kamligidir.
Xalqaro xususiy kapitalning tadbirkorlik kapitali sifatida qo’yishning afzalligi uni yuqori darajada foyda olishni ta’minlashida va foyda olish maqsadida tadbirkorlik kapitali mablag’lari elastikligi yuqoriligida namoyon bo’ladi. Tadbirkorlik kapitali investorga o’z mulkidan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar va portfel investitsiyalar shaklida foyda olishni ta’minlaydi. Tadbirkorlik kapitali o’z navbatida to’rt xil: to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, o’rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo’yilmalar shaklida namoyon bo’ladi.
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar – mamlakatga uzoq muddatli iqtisodiy foydani ko’zlab qo’yilgan kapital bo’lib, u investorga kapital joylashtirilgan ob’ekt ustidan nazorat olib borishni ta’minlaydi. Bu odatda korxonaning 10 foizdan kam bo’lmagan aktsiyasi yoki ulushiga ega bo’lishni talab etadi.
Xalqaro portfel investitsiyalar – chet el qimmatli qog’ozlari (qarz majburiyatini va ulush munosabatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar va boshqalar)ga qo’yilgan kapital bo’lib, u investorga kapital joylashtirilgan ob’ekt ustidan real nazorat olib borish huquqini bermaydi. Odatda amaliyotda bunday investitsiyalar aktsiya, obligatsiya, veksel va boshqa qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlarning kichik paketi, shuningdek ba’zan portfel investitsiyalardan alohida shakl kasb etuvchi qimmatli qog’ozlarning hosilalari ko’rinishida bo’lishi mumkin.
O’rta va uzoq muddatli xalqaro kapital qo’yilmalar – 1 yildan ko’p muddatga, qisqa muddatlilari esa 1 yilgacha bo’lgan kapital qo’yilmalarga aytiladi.
Xalqaro portfel investitsiyalar qisqa muddatli yuqori foyda olishni maqsad qiladi. Bunda investorning qimmatli qog’ozlar portfeli shakllantiriladi va investor uni boshqarish ya’ni portfelning foydasini maksimallashtirish hamda ushbu portfelning risk darajasini kamaytirish orqali o’ziga maksimal foydani ta’minlaydi.


Download 476.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling