Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti moliya (kechgi)- yo’nalishi


Download 476.28 Kb.
bet6/11
Sana17.12.2022
Hajmi476.28 Kb.
#1026398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOLIYAVIY INFRATUZILMA VA MOLIYAVIY BOZORNI TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY YO\'LLARI

1.2 Buxgalteriya hisobi tizimlari
Moliyaviy ma’lumotdan samarali foydalanish uchun u ma’lum bir standart shaklida taqdim etilgan bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi predmet yoki fan buxgalteriya hisobi deyiladi. Buxgalteriya hisobi tizimlari umumiy moliyaviy tizim infratuzilma-sining eng muhim qismi hisoblanadi. Ma’lumki, dastlab buxgalteriya hisobi tizimlari moliyaviy bitimlar tuzish jarayonlari evolyutsiyasi bilan birga parallel ravishda rivojlangan. Arxeologlar eramizdan avvalgi 2000 yillarga tegishli qadimgi Vavilonda tuzilgan moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha murakkab va batafsil hisobotlarni topishgan. Hozirgi kungacha buxgalteriya hisobi tizimining rivojlanishida asosiy “sakrash” bo‘lgan ikki tomonlama yozish uslubidagi buxgalteriya hisobiga o‘tish – Italiyada – Uyg‘onish davrida sodir bo‘ldi. Mazkur uslubning yuzaga kelishida savdo va bank ishlari sohasidagi murakkab moliyaviy operatsiyalarni kuzatib borishga bo‘lgan talab rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi.
Buxgalteriya hisobi - bu, kundalik va umumiy ma'lumotlar olish maqsadida ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo'jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir.~Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to'liq, ishonarli, o'z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalterlya hisobining boshqa axborotlari bilan ta'minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobining bir nechta funksiyalari mavjud.
Rejalashtirish funksiyasi. Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad (foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish, shuningdek, qo'yilgan maqsadga erishish yo'lIarini izlash.
Nazorat funksiyasi. Ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko'rsatkichlarning haqiqatda bajariJishi va biznes-rejalarda mo'ljallanganini kuzatish, ya'ni xatti-harakatlar mo'ljallangan rejaga qanchalik muvofiqligini belgilash.
Axborot funksiyasi. Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to'liq va ishonchIi axborot bilan ta'minlashni bildiradi. Bu funksiya qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun korxona 6 rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan sarnara1i axborot tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi. Tahlil (baholasb) Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxsbilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqish, mavjud rezervlar hajmini belgilash, uskunalar, mehnat va xomashyo resurslaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz ta'minlashni yo'lga qo'yish.
Hisob funksiyasi. Korxona xo'jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o'zaro bog'langan ifodasidir.
Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo'yiladigan talablar tubdan o'zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqarorligini oshirishga imkon beradigan yo'llami ko'rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya'ni moliyaviy menejment bilan shug'ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me'yoriyhuquqiy hujjatlami bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me'yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali tizimini ko'zda tutadi.
Birinchi daraja - qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonun.
Ikkinchi daraja - asosiy qoidalar majmui, ya'ni buxgalteriya andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog'liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin.
Uchinchi daraja - turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va um.uman mamlakat bo'yicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha xilma-xil uslubiy ko'rsatmalar, tavsiyalar.
To'rtinchi daraja - hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o'zgartirish keyingi vaqtda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o'rtasida munosib muomala tili bo'lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalami chuqur o'rganish va ulami mamlakatimiz arnaliyotida keng qo'llanish zarurligi sabab bo'layotir. Shu boisdan harn buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanilmoqda. Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini arnalga kiritish zarurati. asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalami bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O'zbekiston Respyblikasida hisobning o'ziga xos xususiyatlarini qo'llashdan iborat.
Hisob yuritish siyosati deganda, xo'jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo'llaniladigan usullar majmui tushuniladi. Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nornli I-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy 13 bo'lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlaming moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo'nalishi bo'yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlarini qo'llash lozim. Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta'sir etadi:
• mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;
• faoliyat turi yoki tarmoq bo'ysinuvi;
• ishlab chiqarish ko'larni hamda ishchi xodimlar soni;
• soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);
• bozor munosabatlariga o'tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;
• moliya-xo'jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;
• boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;
• korxonani ma'lumotlar bilan ta'minlashning samarali tizimi mavjudligi;
•buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining tashabbuskorligi; .
• moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo'yicha moddiy javobgarlik tizirni.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma'muriy hujjat e'lon qilingan yildan keyingi yilning l-yanvaridan boshlab qo'llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo'jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e'lon qilgunga qadar, o'zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o'zgartirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 13-apreldagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘Zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘RQ-404-son qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” qonuni yangi tahrida qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot taqdim etadi.
Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi.
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagi huquqlarga ega:

  • buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;

  • buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;

  • buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.

Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • buxgalteriya balansi;

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

  • pul oqimlari haqidagi hisobot;

  • xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;

  • izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.

Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.

Download 476.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling