Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi. Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy
baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir.
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq
qilishi mumkin.
Tushunarlilik. Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilarga tushunarli
bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik. Moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida
ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy va xo‘jalik faoliyatiga baho
berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.
Jiddiylik. Agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘gri taqdim etish axborotdan
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etsa, u
jiddiy hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati
(jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |