Xarajatlarni guruhlash tamoyillari.
“Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi Nizomda barcha xarajatlar quyidagicha guruhlangan:
1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar (bunday xarajatlarga
ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan xarajatlar kiradi):
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
d) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatlariga
ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olingan foydada
hisobga olinadigan davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar (bunday xarajatlarga ishlab
chiqarishda bevosita qatnashmaydigan xarajatlar kiradi):
a) sotish xarajatlari;
b) ma’muriy-boshqarish xarajatlari;
d) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda va zararlarni
hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliya- viy faoliyati
bo‘yicha xarajatlari:
a) foizlar bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari;
d) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;
e) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |