Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/111
Sana09.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#268126
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi (1)

4. Hujjatlarning aylanishi. 

Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos bo‘luvchi 

hujjatlar  bir  necha  ma’sul  shaxslarda,  bo‘limlarda,  korxonalarda  xarakatda  bo‘ladi  va  o‘z 

mo‘ljali bo‘yicha xizmat qilib bo‘lganidan so‘ng, belgilangan tartibda arxivga topshiriladi, ya’ni 

hujjat aylanishi sodir bo‘ladi. Demak, hujjat aylanishi-birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta 

ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilguncha xarakatidir. 

 

Buxgalteriyaga  kelib  tushgan  hujjatlar  majburiy  tekshiruvdan  o‘tishi  kerak.  Hujjatni 



tekshirishda qo‘yidagilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi: 

 

SHakl  nuktai  nazaridan  (hujjat  to‘g‘ri  to‘ldirilganligi,  hamma  rekvizitlar  mavjudligi, 



to‘liqligi). 

 

Mazmun  tuktai  nazaridan  (hujjatlashtirilayotgan  jarayon  qonuniyligi,  iqtisodiy 



mazmunga ega ekanligi alohida ko‘rsatkichlar mantiqiy bog‘liqligi, arifmetik xatolar yo‘qligi). 

 

Iktisodiy  mantiqsiz,  qonunga  xilof  hujjat  jarayonlari  aks  ettirilgan  hujjatlar 



rasmiylashtirishga  va  jarayonni  bajarilishiga  qabul  qilinmaydi.  Bunday  hujjatlar  tegishli  qaror 

qabul qilish uchun korxona boshqarma buxgalteriyalariga topshirilishi shart. 

 

Kayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan hujjatni yana 



qayta ishlash oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob registriga yozilgan muddati, 

agar  qayta  ishlash  hisoblash  qurilmasi  orqali  amalga  oshirilsa,  ularni  qayta  ishlashga  javobgar 

nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi. 

 

Kassa  jarayonlariga  asos  bo‘luvchi  kassa  kirim  va  chiqim  orderlariga,  to‘lov 



vedomotslariga  jarayon  amalga  oshirilgan  zahoti  qo‘lda  e  shtampda  «olindi»  yoki  «to‘landi» 

degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilish shart. 

 

Buxgalteriya  hisobida  hujjatlar  xarakati,  ya’ni  tashkil  etish  yoki  boshqa  korxonalar, 



tashkilotlar,  muassasalardan  hisobga,  qayta  ishlashga,  arxivga  uzatish  uchun  olinishi  ro‘yxat 

bilan tartibga solinadi. 

 

Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat aylanishi 



ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 

Eldon  S.  Hendrikson  Michael  F.  Van  Breda.  Accounting  theory  asarida  quyidagi  fikrlarni 

bildirishgan: 


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling