Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
buxgalteriya hisobi nazariyasi (1)
Memorial - order shakli. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli hozirgi vaqtda kam foydalanib asosan, kichik korxonalarda va davlat muassasalarida qo‘llaniladi. «Memorial» so‘zining ma’nosi «xotira yoki esdalik» demakdir. Memorial - order shakli asosida yuritiladigan buxgalteriya hisobi shaklida hujjatlar qayta ishlanishi va hisob registirlarida aks ettirilishi ketma ketligi keltirilgan. Ushbu buxgalteriya hisob shaklini o‘ziga xos xususiyati shundaki, xo‘jalik jarayonlarning yozish uchun sintetik va analitik hisob uchun maxsus jamg‘arma aylanma qaydnomalardan foydalanadi. Buxgalteriyaga topshirilgan dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilgach, sintetik va analitik hisob maxsus aylanma qaydnomalari to‘ldiriladi: bunday jamg‘arma aylanma qaydnomalari asosiy vositalar , asosiy vositalarning; pul mablag‘lari va qo‘yilmalar, ishlab chiqarish zahiralari va tayyor mahsulot; ishlab chiqarish xarajatlari, mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashish, mehnat haqi yuzasidan hisob kitoblar, byudjet bilan, ijtimoiy sug‘urta tashkilotlari bilan hisob kitoblar, mahsulot(ish, xizmat) sotish va boshqa schetlar uchun tashkil etiladi. YUqorida keltirilgan qaydnomalar va sintetik hisob registrlari asosida memorial orderlar tuziladi. Memorial - orderda yozilgan ma’lumotlar xar oyda « bosh kitob jurnaliga» tarqatiladi. o‘z navbatida «bosh kitob» jurnali asosida oborot va qoldiq summalar aniqlanadi, shundan so‘ng, schetlardagi qoldiq summalari tegishli tartibda hisobot boshqa shakllarida yoziladi. « bosh kitob»
dagi schetlar debet oborotlari yig‘indisi, ular kredit oborotlari yig‘indisi bilan shuningdek , «order bo‘yicha summalar» qatori jami bilan teng bo‘lmogi zarur. Memorial -order buxgalteriya hisob shaklini qo‘yidagi afzalliklari mavjud: 1.
hisob jarayonlarini qat’iy ketma-ketligi 2.
Registrlar andozaviy shakllaridan foydalanishni imkoniyati mavjudligi. 3.
hisob texnikasini oddiyligi va tushunarligi 4.
Buxgalteriya xodimlari malakasiga ko‘ra, hisob ishlarini taqsimlash imkoniyatini mavjudligi. Memorial-order shakli yuqoridagi afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga, ba’zi bir kamchiliklarga egadir: 1. hisob ishlarini ko‘p mehnatliligi; 2. Analitik va sintetik hisobni alohida yuritilishi, ya’ni hisobni alohida yuritilishi natijasida sintetik hisobdan analitik hisobni orqada qolishi vujudga keladi; 3.
Turli hisob registirlarda bitta xo‘jalik jarayonini qayta, qayta yozilishi. Quyida memorial-order shaklida ishlatiladigan hisob registrlarini keltirib o‘tamiz:
Memorial - order 1 «Kassa» 2005 yil oktyabr oyiga. N Jaraen sodir bo‘lgan vaqt
Jaraen mazmuni Korrespondent schet
Summa
Debet Kredit
1 02.10.05 hisobdor shaxsdan ishlatilmay qolgan xizmat qilgan safari summalari qabul qilindi. 5010
4220 10 000
2 04.10.05 Xodimni korxonaga etkizgan zarar summalari qabul qilindi. 5010 4730
12 000 3 17.10.05 Mehnat haqi berish uchun hisoblashish schetidan pul olindi. 5010 5110
780 000 4 18.10.05 Tovarlarni naqd
pulga sotishdan tushumlar qabul qilindi. 5010
9020 540000
5 20.10.05 Inventarizatsiya natijasida aniqlangan pul mablag‘i kirim qilindi. 5010
9390 1000
schet debeti oborot jami
1343 000 6 05.10.05 Boshqa pul mablag‘lari hisoblashish hisob schetiga qaytarild 5110
5010 25 000
7 17.10.05 Xodimlarga mehnat haqi berildi 6710 5010
730 000 8 18.10.05 Tovarlarni sotishdan olingan saldo tushumi inkassatorga berildi 5710 5010
540 000
9 20.10.05 Olinmagan ish
xaklari bankka
qaytarildi. 5110
5010 50 000
schet kredit oborot jami 1343 000
Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling