Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi
Mamlakatimizning sub’ektlarida buxgalteriya xisobi 1996 yil 30 - avgustida
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
buxgalteriya hisobi nazariyasi (1)
Mamlakatimizning sub’ektlarida buxgalteriya xisobi 1996 yil 30 - avgustida
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiklangan "Buxgalteriya xisobi tugrisida"gi O‘zbekiston Respublikasining konuniga asoslanib tashkil etiladi. Bu Konunga kura Respublikamizning sub’ektlarida buxgalteriya xisobi va xisobotini tartibga solish, buxgalteriya xisobining standartlarini ishlab chikish va tasdiklash Respublika Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Buxgalteriya xisobini yuritish tartibi esa me’yoriy xujjatlarda keltirilgan tegishli koidalariga asoslanadi. SHu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun buxgalteriya xisobini soddalashtirib yuritish standarti xam, buxgalteriya xisobining milliy standartlari bilan belgilanadi. Buxgalteriya xisobini yuritishning ushbu koidalari bu boradagi jaxon standartlariga moslangan bulib, rivojlangan bozor iktisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarning sub’ektlarida yuritilayotgan buxgalteriya xisobi va xisoboti uchun zarur bulgan eng asosiy tamoyillari konsepsiyalari ni mamlakatimizning sub’ektlarida joriy etishga karatilgan. Umuman olganda, rivojlangan mamlakatlarda xozirgi paytda buxgalteriya xisobining 20 dan ortik tamoyillari mavjud. Ma’lumki, rejali-ma’muriy iktisodiyot sharoitida buxgalteriya xisobining asosiy vazifasi yukorida turuvchi vazirliklar, idoralar, statistika va solik organlari kabi davlat boshkaruv organlari uchun axborotlarni yigish va ishlashdan iborat edi. Korxona faoliyati tugrisidagi eng muxim masalalar, jumladan, rejalashtirish, narx-navolarni belgilash, mol sotib olish va ularni iste’molchilarga etkazib berish, korxona xodimlarining belgilash va boshka shu kabi masalalar yukorida turuvchi davlat organlari tomonidan xal kilinar edi. Korxonalar davlat mulkchiligini boshkarishning aloxida bir boskichi sifatida karalar, buxgalteriya xisobi esa mulkning but saklanishi tugrisidagi axborot bilan ta’minlar edi. Davlat yagona mulk egasi va korxonaning investori bulib xisoblanar edi. Bunday sharoitda korxonaning xisoboti davlat topshiriklarini bajarish, davlat byudjetiga kilinadigan ajratmalarning tugriligini tekshirish va statistika axborotlarni yigish vositasi bulib xizmat kilar edi. SHuning uchun buxgalteriya xisobi va xisoboti oldiga kuyiladigan asosiy vazifalar kuyidagilardan iborat edi:
-kat’iy birxillik (unifikatsiyalanganlik); -ishlab chikarish topshiriklarining bajarilishini aks ettiradigan kursatkichlarga muljal kilish; - solik solish bazasini va byudjetga boshka ajratmalarni xisoblash ; Sub’ektlarning faoliyati bozor iktisodiyotida oldingiga karaganda ancha fark kiladi. Bu farklar kuyidagilar bilan boglik: 1) Bozor iktisodiyoti sharoitida mulkchilikning tarkibi uzgarib, davlat mulkchiligi jamiyatdagi mulkchilikning fakat bir turiga aylanadi, sub’ekt faoliyatidan manfaatdor bulgan kuplab yangi mulkchilik yuzaga keladi, chunki ular bu sub’ektga uz mablaglarini kuyadilar. 2) Sub’ektlar rakobatchilikda engib chikish va samarali moliyaviy natijalar beradigan karorlarni kabul kilishga xarakat kiladilar va shu maksadda bozor kon’yukturasini urganadilar, uz faoliyatini mustakil rejalashtiradilar, mol etkazib beruvchi va xaridorlarni topadilar, narx- navolarni mustakil belgilaydilar va xokazo. 3) Byudjetdan moliyalash va davlat kreditlarini olishdan tashkari endilikda sub’ektlar fakat xaridorlar va tovarlarni sotish bozorlari uchun rakobatchilik kurashida katnashibgina kolmay, undan tashkari, tijorat banklarining kredit resurslari xamda potensial investorlarning shunday mablaglari uchun rakobatchilik kurashini olib boradilar. SHuning uchun sub’ektda birinchidan boshkaruv karorlarini chikarish va ularning natijalarini baxolash uchun uz vaktida va tulik bulgan axborotni olish extiyoji tugiladi. Ikkinchi tomondan, sub’ektlar tegishli axborotni shu sub’ektlarga uz mablaglarini kuygan mavjud investorlar va bulgusi investorlarga xam topshirishi kerak buladi. SHu bilan birga bozor iktisodiyoti sharoitida solik ajratmalarining tugriligi xakida xam xisobot berish saklanib koladi. SHunday kilib, buxgalteriya xisobi bozor iktisodiyotiga utish munosabati bilan xisobchilik va statistika funksiyalarini bajaruvchi vositasidan sub’ektlarning faoliyati tugrisidagi axborotni yigish, ishlash va topshirish kuroliga aylanadi. Bu axborotdan manfaatdor tomonlar uz ixtiyoridagi vaktincha ortikcha mablaglarni samaralirok investitsiya kilish tugrisidagi asoslangan karorlar kabul kilish uchun foydalanadilar. Bozor iktisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya xisobini biznes tili deb atashadi. Uni urganish xar kanday tilni urganishga juda uxshab ketadi va buxgalteriya xisobida ishlatiladigan kupchilik suzlar xayotda kullaniladigan xuddi shunday suzlarga karaganda boshkacha ma’noga ega bulganligi sababli uni urganish biroz kiyinrok tuyuladi. Xar kanday til xam buxgalteriya xisobidek, jamiyatning uzgarib borayotgan extiyojiga javoban rivojlanib va uzgarib boradi. Buxgalteriya xisobida kullanib kelinayotgan koidalar xam yoki ularning bir kismi jamiyatning uzgarib borayotgan extiyojlarga karab uzgartirilishi mumkin. Bunday huquqiy va me’yoriy hujjatlarning yaratilishi hamda ishlab chiqilishi respublikamizda hisob siyosatini olib borish uchun asos bo‘ladi. Respublikamizda hisob siyosatini olib borishdan asosiy maqsad jahon amaliyoti va bozor munosabatlari talablariga mos keluvchi hamda xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobi tizimining rivojlantirish konsepsiyasini yaratishdir. YAratilgan konsepsiya davlatda buxgalteriya hisobi tizimini qayta qurish uchun asos hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodiyotining hozirgi holatida ushbu konsepsiyani yaratish quyidagi ishlar bajarish bilan bevosita bog‘liqdir: — mulkchilik shaklidan qat’iy nazar iqtisodiyotimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda amaldagi buxgalteriya hisobi huquqiy va me’yoriy hujjatlariga bir xil kuchda amal qilishini ta’minlash; — amaldagi huquqiy va me’yoriy hujjatlarni hudu- diy, mahalliy sharoitlar, an’anaviy va tarixiy tajriba hamda zamonaviy usul va xalqaro standartlar asosida sekin-asta takomillashtirib borish; — buxgalteriya hisobi xizmati tannarxini pasayti- rish bilan uning ma’lumotlari sifatini yaxshilash asosida ichki va tashqi foydalanuvchilarning manfaatlarini esdan chiqarmagan holda hisob ishlarini tashkil qilish; — mulkdor yoki korxona rahbari talablari va davlatda umumqabul qilingan tartib-qoidalar asosida korxona xususiyatlariga mos keluvchi hisobning usul va uslubiyotini yaratish; — korxona hisob siyosatini yuritish va undan kelib chiqqan holda usullarni qo‘llashda erkinlik berish; — me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqishda fanning rivojlanish tarixi, an’anaviy, zamonaviy xalqaro usullari hamda uslubiyotidan foydalangan holda uning mazmuni hamda mantig‘iga alohida e’tibor berish; — buxgalteriya hisobi hamda uning turlariga taal- luqli bo‘lgan xo‘jalik jarayonlarini yoritish va asoslashda nazariy, ilmiy asoslangan so‘z hamda atamalardan foydalanish, ya’ni o‘zboshimchalik bilan asossiz so‘z hamda atamalarni qo‘llashga chek qo‘yish; —fan-texnika yutuqlari, xorijiy tajribalar, tarixiy, milliy va hududiy urf-odatlar asosida mutaxas- sislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratish. Keltirilgan ishlarni bajarish bilan buxgalteriya hisobining uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini yaratish hamda bozor munosabatlari sharoitida raqobat- bardosh tizim sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun zamin yaratiladi. Markazlashgan buxgalteriya hisobida barcha boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlar xo‘jalikning bo‘linmalarida tuzilib, markaziy buxgalteriyaga topshiriladi va u erda bu hujjatlarni ishlash, xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik schyotlarida aks ettirish, choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzish amalga oshiriladi. Markazlashmagan buxgalteriya hisobi yuritilganda dastlabki va yig‘ma natijalarni ishlash, sintetik va analitik hisobni yuritish hamda balans va hisobotlarni tuzish xo‘jalikning bo‘linmalarida amalga oshiriladi.
Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling